• 6.09 Bank dasturlari Elektron pul oʻtkazmalari
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet125/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    Sayohat dasturlari
    Sayohat sohasi alohida mijozlar tomonidan internet yoki 
    sayohat agentlari yordamida biror narsani band qilish /
    buyurtma qilish imkonini beradi. Mijozlar uchun biror narsani 
    band qilish xuddi sayohat agentliklaridan foydalanishdek 
    oson, lekin koʻplab mijozlar taʼtil band qilishda sayohat
    agentliklaridan foydalanishda davom etmoqda.
    Sabablari quyidagilar:
    Baʼzi mijozlar internetga kirish imkoniyatiga ega emas.
    • Sayyohlik agentlari sayyohlik kompaniyasining 
    bankrotligiga qarshi sugʻurtalangan. Agar mijoz taʼtilni
    oʻzi buyurtma qilsa, pullarini qaytarib olishga qiynalishi
    mumkin yoki agar bu ular taʼtilda boʻlganda yuz bersa,
    qiyinchiliklarga uchrashi mumkin.
    • Jarayon kinoga chipta buyurtma qilishdan ancha 
    murakkabdir va AKT savodxonligi juda yaxshi boʻlmagan
    baʼzi kishilar uchun bu juda qiyin boʻlishi mumkin.
    Aviakompaniyalar odatda yoʻlovchilarni internet orqali chipta
    buyurtma qilishga undaydi. Internet orqali buyurtma qilish
    chiptalar narxini pasaytirish imkonini beradi. Buyurtma 
    muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan keyin yoʻlovchiga
    buyurtma raqami beriladi va u elektron pochta orqali 
    yuboriladi. Undan onlayn roʻyxatdan oʻtish uchun foydalanish
    mumkin, bu esa aeroportda vaqtni tejaydi.
    6.09 Bank dasturlari
    Elektron pul oʻtkazmalari
    Kompaniya uchun ish haqi vedomosti tuzish jarayonining bir 
    qismi quyidagidan iborat: xodim hafta davomida ishlab topgan
    summa hisoblanganidan keyin kompyuter pulni xodimning 
    bank hisob raqamiga oʻtkazilishini tashkillashtiradi. Bunda
    naqd pul bankka olib borilib, peshtaxta osha toʻlanmaydi.
    Mablagʻlarning bunday harakati
    elektron pul oʻtkazmalari 
    (EFT – electronic fund transfer) deb ataladi. Kompaniyaning 
    bankiga pulning kompaniya hisobidan yechilishi soʻralgan EFT
    xabari yuboriladi. Soʻng xodimning bankiga tegishli miqdordagi
    mablagʻ xodim hisob raqamiga qoʻshilishi kerakligi qayd
    etilgan AFT xabari yuboriladi. Maʼlumotlar oqimi 6.18-rasmda
    koʻrsatilgan.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish