|
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 123/382 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 132,8 Mb. | | #103163 |
Bog'liq IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik6.08 Bron qilish tizimlari
Tasavvur qiling, teatrda konsert qoʻyilishi rejalashtirilgan.
Chiptani oldindan xarid qilishni xohlovchilar uchun mavjud
boʻlgan 1000 ta chipta sotilishi kerak. Konsert promouteri
(targ’ibotchisi) chiptalarni teatrda sotish oʻrniga, shu
hududdagi bir qancha turli doʻkonlarda sotuvga qoʻyishga
qaror qildi. Har bir doʻkonga oʻrindiqlar bloki taqsimlab
berilishi kerak, aks holda bitta oʻrindiq ikki marta sotilishi
mumkin. Promouter har bir doʻkonga sotish uchun 100 tadan
chipta berishga qaror qildi. Bitta chiptaning ikki marta sotilishi
muammosi endi sodir boʻlmaydi, chunki endi bitta doʻkondagi
muayyan oʻrindiqqa moʻljallangan chiptalar boshqa doʻkonda
yoʻq. Biroq endi boshqa bir muammo bor. Baʼzi doʻkonlar
chiptalarni sotib tugatishi hamda, boshqa doʻkonlar oʻzlariga
ajratilgan chiptalarning barchasini sota olmagan bir vaqtda,
kishilarni chiptasiz qaytarishga toʻgʻri kelishi mumkin, bu esa
konsert kechasida boʻsh oʻrindiqlar boʻlishini anglatadi. Agar
ommabop doʻkonlarda boshqa doʻkonlardagi xarid qilinmagan
chiptalarni sotishga ruxsat berish imkoniyati boʻlganida edi,
bunday holat sodir boʻlmas edi. Bu chiptalarni bir doʻkondan
ikkinchi doʻkonga jismonan olib borish orqali amalga oshirilishi
mumkin yoki ularni bir joyda qoldirish hamda alohida
doʻkonlarga kompyuter kommunikatsiyalari yordamida
chiptalarni olish imkonini berish orqali amalga oshirilishi
mumkin.
Teatr bron tizimlari
Teatr bron tizimlari turli joylardagi bron agentlariga tomoshalar
uchun mavjud oʻrindiqlar haqidagi maʼlumotlarni saqlovchi
markaziy kompyuter tizimi bilan aloqada boʻlish imkonini
beradi.
Mijoz agentlik yoki doʻkonga qoʻngʻiroq qilganida yoki
borganida:
• Mijoz oʻz talablarini, jumladan, tomosha yoki konsert nomi,
chiptalar kerak boʻlgan sana, chiptalar soni va turini aytadi.
• Soʻng agent kompyuter tizimiga ulanib, mos chiptalarni
qidiradi. Bu jarayon amalga oshirilayotgan paytda, bitta
chiptaning ikki marta sotilish xavfi mavjudligi sababli,
boshqa mijozlarga xizmat koʻrsatilishi mumkin emas. Bu
hech kim hech narsani oʻzgartira olmasligi uchun faylni
qulflash deyiladi. Ilgʻorroq tizimlar tizimning uzluksizligini
taʼminlash uchun faqatgina alohida oʻrindiqlarni qulflaydi.
Chiptalar kelishilganidan keyin:
|
| |