• Bajardi: X.Yusufova Farg‘ona – 2024 MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………….. 3 I BOB. REFRAKSIYA HODISASI
  • II BOB. FIZIKADA OPTIK JARAYONLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR 2. 1. Optik (fizikaviy) jarayonlar ……………………...………..……………..23
  • KIRISH “ Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo’l” Sh. M. Mirziyoyev
  • Fizika texnika fakulteti




    Download 0,76 Mb.
    bet1/11
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #241696
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Yusufova



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


    FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI


    FIZIKA - TEXNIKA FAKULTETI

    Fizika yo‘nalishi 22.16-guruh talabasi


    Yusufova Xavasxonning
    Refraksiya hodisasi. Tabiatdagi optik hodisalar” mavzusidagi
    KURS ISHI


    Kurs ishi rahbari: D.Yusupova
    Bajardi: X.Yusufova


    Farg‘ona – 2024
    MUNDARIJA
    KIRISH………………………………………………………………………….. 3
    I BOB. REFRAKSIYA HODISASI
    1.1-§. Ko‘zning optik sistemasi va uning ba‘zi xususiyatlari…………………6
    1.2. Ko'z refraksiyasi turlari …………………………………………………13
    II BOB. FIZIKADA OPTIK JARAYONLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
    2. 1. Optik (fizikaviy) jarayonlar ……………………...………..……………..23
    2. 2. Atmosferada optik hodisalarning turlari va ular haqida ma’lumotlar..29
    XULOSA……………………………………………………………………...…34
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………….………..….35


    KIRISH
    Ta’lim va ma’rifat tinchlik va bunyodkorlik sari yo’l”
    Sh. M. Mirziyoyev
    Respublikamiz mustaqillikka erishgach xalq ta’limi tizimida tub o‘zgarishlar sodir bo’ldi: jamiyat taraqqiyotini yoshlaning hayot, ishlab chiqarish, milliy hamda umuminsoniy munosabatlarga sadoqati bilan o’lchash imkoniyatlari kengaydi; yoshlarning ta’lim-tarbiyasi bilan mashg‘ul ijtimoiy institutlar son va sifat jihatidan o‘sdi - litsey, kollej, magistratura, universitetlar ko‘paydi; zamonaviy o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qollanmalari yaratildi; Davlat ta’lim standart (DTS)lari tanlanib, pedagogik amaliyotga tatbiq etila boshlandi; o‘qituvchilarning bahs va mu- shohadalarida pedagogik texnologiyaga oid qarashlari munosib o‘rin egalladi.
    Hozirgi sharoitda pedagogik texnologiya g‘oyalarini oliy ta`lim muassasalariga amaliyotiga olib kirish davlat buyurtmasi hisoblanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sobiq Prezidenti I. A. Karimov shunday deb yozgan edi: «Yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni alohida nazorat ostiga olish zarur». Istiqbolga yo'nalgan bu zalvorli vazifani hal etish an’anaviy ta’lim tizimini yaxshi ma’noda taftish qilishni, ta’lim jarayoni qobig’ida yashirinib yotgan imkoniyatlami izlab topish va ishga tushirishni, XXI asr kasb-hunar kollejlarining tabiati va mohiyatiga, xalqimizning milliy mintalitetiga, o’quvchilarining real bilish imkoniyatlariga mos ta’lim tizimini asoslashni taqozo qiladi.
    O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shunday so`zlari bor: - “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan'' Rus olimi M. A. Danilov «ta’lim jarayoni logikasi», «ta’lim jarayonining harakatlantiruvchi kuchlari», «ta’lim jarayoni zvenolari» kabi qator atamalarni fanga olib kirgan edi. Uning yozishicha, «ta’lim jarayoni logikasi o‘quv predmeti mazmuni va uni o‘zlashtirish psixologiyasining o‘zaro qo‘shilib ketishidan iborat». Ta’lim jarayonida o‘quvchilar oldiga qo‘yiladigan topshiriq, muammo, mustaqil ish, intellektual va amaliy ishlar o‘zining murakkabligi, qiyinligi bilan o‘quvchilar ongida bilish ziddiyatlarini keltirib chiqaradi. Qiyinchiliklani sezish, ularni bartaraf etishga intilish o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, ijod qilish, tafakkur va xotiraga zo‘r berib aqliy va amaliy muammolarni yechishga yetaklaydi. Ta’lim jarayonidagi ziddiyatlar ta’lim rivojining harakatlantiruvchi kuchidir. Talim zvenosi - yaxlitlikning harakatdagi tarkibiy qismi va bu ta’lim jarayonining alohida olingan bo‘lagi bo‘lib, u o‘zida ta’limning spiralsimon harakatini aks ettiradi.

    Download 0,76 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,76 Mb.