• 1.1-§. Ko‘zning optik sistemasi va uning ba‘zi xususiyatlari
  • I BOB. REFRAKSIYA HODISASI




    Download 0,76 Mb.
    bet3/11
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #241696
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Yusufova

    I BOB. REFRAKSIYA HODISASI
    Odam ko‘zi o‘ziga xos optik asbob bolib, u optikada alohida o‘rin tutadi. Bu, birinchidan, ko‘p optik asboblarning ko‘z sezishiga mo‘ljallangani, ikkinchidan, odamning (va hayvonning) ko‘zi evolyutsiya jarayonida taqsimlashgan biologik sistema sifatida, bionika doirasida optik sistemalarni loyihalash va yaxshilashga doir ba’zi g‘oyalarni vujudga keltirishi bilan tushuntiriladi.
    1.1-§. Ko‘zning optik sistemasi va uning ba‘zi xususiyatlari
    Ko‘z tibbiyotchilar uchun faqat funksional buzilish va kasallanish qobiliyatiga ega bo‘lgan a’zo hisoblanmay, balki ba’zi ko‘zga taalluqli bo‘lmagan boshqa kasalliklar to‘g‘risidagi axborot manbai hamdir
    Ko‘rish tizimiga tushgan yorug‘lik elektr impulsiga aylanadi va u ko‘rish nervlari orqali miyadagi markaziy nerv tizimiga beriladi. Fotoretseptorlar sezgirligi juda yuqori bo‘lib, unga tushgan kuchsiz yorug‘likni ham elektr impulsiga aylantirib beradi. Yorug‘lik ta'sirida retseptor hujayralarida ma'lum biokimyoviy reaksiyalarni hosil qildiradi va harakat potensiali yuzaga keladi.
    Ko‘z nafaqat elektromagnit to‘lqinni qabul qiladi, balki ularni farqlay oladi ham. Buyum tasvirini va rangini, qanday masofada joylashganini ham aniqlaydi. Tabiat bunga uzoq evolyusiya tufayli erishdi.
    Ba'zi umurtqali hayvonlar ham odam kabi ranglarni ajratadi. Masalan, otlar, qo‘ylar va cho‘chqalar faqat qizil va zangori ranglarni farqlaydi. Tunda ov qiluvchi hayvonlar, masalan, mushuklar, bo‘rilar rangni farqlamaydi. Hayvonlar ultrabinafsha va infraqizil nurlarni farqlay olmaydi. Bunga sabab quyoshdan yerga amalda 290 nmdan kichik to‘lqinlar yetib kelmaydi. Shu sababli hayvon va odamlarda bu to‘lqin uzunligini sezuvchi organlar rivojlanmagan. Lekin, bundan ancha katta to‘lqin uzunlikli ultrabinafsha nurlarni ham ko‘z sezmaydi. Bunga sabab yuqori energiyali ultrabinafsha nurlar ko‘zdagi yorug‘likka sezgir pigmentlarni buzishidadir.
    Shu sababli gavhar va shishasimon suyuqlik nafaqat ultrabinafsha nurlarni, balki to‘lqin uzunligi 400 nmga yaqin ba'zi nurlarni ham kuchli yutadi. Agar bu nurlar energiyasi katta bo‘lsa to‘r pardani kuydiradi.
    Infraqizil nurlarni oladigan bo‘lsak, uni hayvonlar tanasining o‘zi ham chiqaradi. 370C da maksimal nurlanish 9-10 mkm to‘lqin uzunlikka mos keladi. 1sm2 hayvon tanasi 50 mW quvvatli energiyani nurlaydi. Bu esa ko‘zga quyoshdan tushadigan energiyadan ancha kattadir.

    1.1.1-rasm. Ko’zning tuzilishi. 1-tashqi oqsil qobiq (sklera), 2-muguz parda, 3-konyunktiv, 4-qon tomirli qobiq, 5-rangdor parda, 6-qorachiq, 7-ko‘z gavhari, 8-ko‘zning oldingi kamerasi, 9-shishasimon jism, 10-ko‘ruv nervi, 11-to‘rparda (ratina), 12-ko‘zning ko‘r dog‘i, 13- sariq dog‘.
    Odam ko‘zining tuzilishi haqida qisqacha to‘xtab olamiz. Ko‘z kosasi asli ko‘zning o‘zi bo‘lib (1.1.1-rasm), u uncha to‘g‘ri bo‘lmagan shar shaklidadir; katta odamlarda uning old-orqa o‘lchovi o‘rtacha 24,3 mm, vertikal o`lchovi — 23,4 mm va gorizontal o‘lchovi — 23,6 mm. Ko‘zning devorlari konsentrik joylashgan uchta— tashqi, o‘rta va ichki qobiqlardan iborat. Tashqi oqsil qobiq — sklera 1 ko‘zning oldingi qismida shaffof qavariq muguz qobiq 2-muguz pardaga aylanadi. Muguz pardaning qalinligi o‘rtasida 0,6 mm ga yaqin, atrofida to 1 mm gacha bo‘ladi.
    Optik xossalari bo‘yicha muguz parda – ko‘zning eng kuchli sindiruvchi qismidir. U go‘yo ko‘zga yoruglik nurlari kiradigan derazadir. Muguz pardaning egrilik radiusi 7-8 mm, moddasinnig sindirish ko‘rsatkichi 1,38 ga teng. Muguz pardaning tashqi qoplami ko‘z qovoqlariga berkitilgan konyunktiv 3 ga o‘tadi. Skleraga qon tomirli qobiq 4 tutashgan bo‘lib, uning ichki sirti ko‘z ichida yoruglikning diffuzli sochilishiga to ‘sqinlik qiladigan xira-qora pigmentli hujayralar bilan qoplangan. Ko‘zning oldinig qismida tomirli qobiq 5-rangdor pardaga aylanadi. Bu pardada doiraviy teshik-qorachiq 6 mavjud. Ko‘z qorachig‘iga ko‘zning ichki tomonidan, bevosita ko‘z gavhari 7 — ikki tomonlama qavariq linzaga o‘xshash shaffof va elastik jism yondashadi. Ko‘z gavharining diametri 8-10 mm, oldingi sirti egriligining radiusi o‘rtacha 10 mm, orqa egriligining radiusi – 6 mm. Gavhar moddasining sindirish ko‘rsatkichi 1,4 dan biroz kattaroq.
    Muguz parda va gavhar orasida ko‘zning oldingi kamerasi 8 joylashgan bo‘lib, u suvsimon namlik bilan, ya’ni optik xossalari bo‘yicha suvga yaqin bo‘lgan suyuqlik bilan to‘lgan. Ko‘zning gavharidan tortib, to orqa devorigacha bo‘lgan butun ichki qismi shaffof, shishasimon jism (9) deb ataluvchi dirildoq massaga to‘la boladi. Shishasimon jismning sindirish ko‘rsatkichi suvniki kabidir.
    Ko‘zning yuqorida ko‘rib chiqilgan elementlari asosan uning yorug‘lik o‘tkazuvchi apparatiga tegishlidir. Ko‘ruv nervi 10 ko‘z kosasiga orqa devordan kirib tarmoqlangach , u ko‘zning eng ichki to‘rqatlamiga yoki ko‘zning yoruglikni qabul qiluvchi apparati (retseptori) bo‘lgan to‘rpardaga yoki ratina 11 ga o‘tadi. To‘r parda bir necha qatlamdan iborat bo‘lib, qatlamlarning qalinligi va yorug’likka sezgirligi bir xil emas, unda periferik uchlari turli shakllarga ega bo‘lgan yorug‘lik sezgir ko‘ruv hujayralari joylashgan . Ularning cho‘zinchoq uchlariga tayoqchalar, konussimon uchlariga kolbachalar deyiladi. Tayoqchalarning uzunligi 63-81 mkm, diametri 1,8 mkm ga yaqin, kolbachalar esa mos holda 35 mkm va 5-6 mkm bo’ladi. Kishi ko‘zining to‘r qatlamida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 million kolbacha joylashgan.
    Ko‘ruv nervi kirgan joyda yorug‘likni sezmaydigan ko‘zning ko‘r dog‘i 12 mavjud. To‘r pardaning o‘rtasida, chekkaga sal yaqin yerda, yorug’ikka eng sezgir bo’lgan sariq dog‘ 13 yotadi, uning markaziy qismi taxminan 0,4 mm diametrga ega.
    Kolbachalar va tayoqchalar to‘r parda ustida bir tekisda taqsimlangan. Kolbachalar to‘r pardaning asosan o‘rta qismida, sariq dog‘da joylashgan, sariq dog‘ning markazida faqat kolbachalar turadi, to‘r pardaning chetlarida esa – faqat tayoqchalar joylashgan.
    Dastlab ko‘zning yorugiik o‘tkazish apparatining xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
    Ko‘zni muguz parda, oldingi kamera suyuqligi va gavhar (to‘rt sindiruvchi sirt) dan iborat va oldidan havo, orqasidan esa shishasimon jism bilan chegaralanuvchi, markazlashgan optik sistema kabi tasavvur etish mumkin. Bosh optik o‘q OO (1.1.1-rasm) muguz pardaning, qorachiqning va gavharning geometrik markazlaridan o‘tadi. Bundan tashqari yana ko‘zning OO' ko‘ruv o‘qini ham mavjud ko‘ruv o‘qi eng yaxshi yorugiik sezilishi yo‘nalishini belgilaydi va gavhar bilan sariq dog‘ markazlaridan o‘tadi, bosh optik va ko‘ruv o‘qlari orasidagi burchak taxminan 50 ni tashkil etadi.
    1.1.2-rasmda biror o’rtacha normal ko’z uchun fokuslar, bosh nuqtalar, tekisliklar va tugun nuqtalar ko’rsatilgan (masofalar millimetrlarda berilgan).

    1.1.2-rasm. Ko’zning fokuslar, bosh nuqtalar, tekisliklar va tugun nuqtalari.
    Soddalashtirish maqsadida ko’pincha bu sistemani keltirilgan reduksiyalangan ko’z bilan, ya’ni buyumlar fazasi tomonidan sindirish ko’rsatkichi h = 1,336 ga teng suyuqlik bilan o‘ralgan linza bilan almashtiriladi. Keltirilgan ko‘z moddalarining birida yagona bosh tekislik muguz pardaning oldinig sirtidan 1,6 mm masofada turadi, tugun nuqtalar mos kelgan bo’lib, muguz parda sirtidan 7,2 mm masofada joylashgandir.
    Yorugiikning asosiy sinishi muguz pardaning tashqi chegarasida yuz beradi, butun muguz pardaning optik kuchi taxminan 40 dioptriyaga, gavharniki taxminan 20 dioptriyaga, butun ko‘zniki esa 60 dioptriyaga yaqin.
    (1.1-1)
    Turli uzoqlikdagi jismlar to‘rpardada bir xil ravshanlikdagi tasvir berishi kerak. Buni amalga oshirish uchun (1.1-1) formuladan ma’lum bo‘lishicha yo bosh tekislik bilan to‘r parda orasidagi masofa a₂ ni fotoapparatlarda qilinadiganga o‘xshash o‘zgartirish kerak, yoki gavhar egriligini, demak, f₁ va f₂ fokus masofalarini o‘zgartirish kerak. Odam ko‘zida ikkinchi hol amalga oshiriladi. Ko‘zning bunday har xil uzoqlikda joylashgan jismlami ravshan ko‘rishga moslasha olishiga – “keskinlikka to‘g‘rilanishiga“ — akkomodatsiya deyiladi.
    Jism cheksizlikda joylashgan bo'lsa, uning normal ko‘zdagi tasviri to‘r pardada bo'ladi. Bu vaqtda gavhar cheksizlikka akkomodatsiyalanadi va uning optik kuchi minimal bo‘ladi. Jism ko'zga yaqinlashadigan bo‘lsa, u holda gavharning egriligi kattallashadi, jism qancha yaqin bo'lsa, ko'zning optik kuchi shuncha katta bo‘ladi, uning o‘zgarishlari taxminan 60—0 dptr chegarasida bo‘ladi.
    Sog’lom katta odamda jism ko‘zga 25 sm masofagacha yaqinlashgan vaqtda akkomodatsiya kuchlanishsiz ro‘y beradi va qo‘ldagi buyumlarni ko‘rishga o'rganilib qolganligi sababli ko‘z hammadan ko‘p, ayniqsa shu masofaga akkomodatsiyalanadi, shuning uchun bu masofaga eng yaxshi ko‘rish masofasi deyiladi.
    Undan ham yaqin turgan buyumlarni ko‘rish uchun akkomodatsion apparatni zo‘riqtirishga to‘g‘ri keladi. To‘r pardada tasvirning ravshan ko'rinishini hali ta’minlay oladigan ko‘z bilan buyum ko‘zning yaqin nuqtasi (aniq ko'rishning yaqin nuqtasi) deyiladi. Yosh ulg‘aygan sari ko‘zning yaqin nuqtasigacha bo‘lgan masofa kattalashadi, demak, akkomodatsiya kamayadi.
    To‘r pardadagi tasvirning kattaligi faqat buyum kattaligiga bog‘liq bo‘lmay, uning ko‘zdan uzoqligiga ham, ya’ni jismning ko‘rinishi burchagiga ham bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra ko‘rish burchagi tushunchasi kiritiladi. Bu buyumning chetki nuqtalaridan chiqib mos tugun nuqtalaridan o‘tuvchi nurlar orasidagi burchakdir (1.1.3-rasm). Rasmdan ko‘rinishicha, birinchidan har xil KM va QP buyumlar bir xil ko‘rish burchagi  ga ega bo‘lishi mumkin, ikkinchidan, ko‘rish burchagi to‘r pardadagi tasvir kattaligini to‘la ravishda. aniqlay oladi

    1.1.3-rasm. Ko’zning to’r pardasida tasvirning hosil bo’lishi
    Ko'zning ajrata olish qobiliyatini tasvirlash uchun eng kichik ко‘rish burchagidan foydalaniladi, bu burchakda odam ko‘zi buyumning ikki nuqtasini hali ajrata olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu burchak taxminan 1'ga teng, bu eng yaxshi ko‘rish masofasida turg an nuqtalarning orasi 70 mkm ga teng bo‘lishiga mos keladi. Bu holda to‘r pardadagi tasvirning kattaligiga qarang 5 mkm ga teng, bu esa to‘r pardadagi kolbachalardan ikkitasining orasida bo‘lgan o‘rtacha masofaga teng. Shuning uchun, agar ikki nuqtaning tasviri to‘r pardada 5 mkm dan qisqaroq chiziqni egallaydigan bo‘lsa, u holda bunday nuqtalar ajralib ko‘rinmaydi, ya’ni ko‘z ularni ajrata olmaydi.
    Yorug‘lik difraksiyasi tufayli hosil bo‘luvchi chegaralanishlar hisobga olinganda ham eng kichik ko‘rish burchagining xuddi shunday qiymati olingan bo‘ladi. Tabiatdagi maqsadga muvofiqlik “hech narsa ortiqcha emasligi” kishini hayron qoldiradi, to’r pardaning yuza birligiga to’g’ri keluchi kolbachalar soni geometrik optikaning chegaraviy imkoniyatlariga javob beradi.
    Ko’zning ajrata olish qobiliyatini tibbiyotda ko'rish o'tkirligi bilan baholaydilar. Ko‘rish o‘tkirligining normasi deb bir qabul qilinadi, bu holda eng kichik ko'rish burchagi 1'ga teng bo‘ladi.
    Og’ish vaqtlarda eng kichik ko'rish burchagi minutdan qancha katta bo'lsa, ko‘zning ko'rish o'tkirligi normadan shuncha kam boiadi. Agar bemorning eng kichik ko'rish burchagi 4' ga teng bo’lsa, uning ko'zi 1:4 = 0,25 o'tkirlikka ega bo’ladi.
    Ayrim hollarda odam ko'zi 1' burchakka mos kelgandan ham maydaroq kattaliklarni ajrata oladi. Masalan, harakatlanuvchi jismlarning siljishi yoy bo'yicha 20" ga yetganda seziladi, ikki ingichka chiziqdan birining ikkinchisi ustiga tushmaganligini ular orasidagi burchak 12" bo‘lganidayoq bilinadi va hokazo. Fizik o’lchashlarda ko'pincha strelkasi shkalaning nolinchi darajasidan (shtrixidan) siljimasligi kerak bo’lgan asboblar (potensiometrlar, ko'priklar) ko'p ishlatilmoqda. Ko'zning kichik chiziqlarning siljishini seza olish qobiliyati tufayli bunday asoblar strelkasi bilan shtrixi orasidagi masofasi aniqlanadigan asboblarga ko'ra ancha aniqroq ko'rsatishlar bera oladi.

    Download 0,76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,76 Mb.