• Tayanch so’zlar
  • . Pedagogik texnologiya
  • 2. Pedagogik texnologiya
  • 3. Pedagogik texnologiya
  • 3-маъруза тазасы




    Download 82.73 Kb.
    Sana24.10.2023
    Hajmi82.73 Kb.
    #90893
    Bog'liq
    3-маъруза тазасы
    Рецензия руководителя выпускной работы1, biologiya tavsiya, Умумтаълим учун қўлланма, 3-sinf.3-chorak.Matematika. TEST (2) (2), Nobank kredit-moliya institutlari, TEST SHIFU, Lesen Teil 2, maketing2, a (6), 58, 56654, a (9), a (11), asasas

    3-MA’RUZA
    TA’LIM METODIKASI VA ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR


    Reja:

    1. Pedagogik texnologiya tushunchasi, maqsadi, vazifalari va o‘ziga xos jihatlari.

    2. Zamonaviy Pedagogik texnologiyalar



    Tayanch so’zlar: interfaol, interfaollik, interfaol ta’lim interfaol ta’limga xos belgilar, interfaol ta’lim tamoyillari, interfaol ta’lim texnologiyalari (TT), interfaol metodlar, strategiya, grafik organayzer.


    Pedagogik texnologiya tushunchasi, maqsadi, vazifalari va o‘ziga xos jihatlari. Pedagogik texnologiyalarni klassifikatsiyasi. “Pedagogik texnologiya” tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjudligiga qaramay, bugungi kunda mutaxassislar orasida ulardan quyidagi uchtasi e’tiborga eng sazovor ta’riflar deb hisoblanib bormoqda:
    1. Pedagogik texnologiyatexnik resurslar, inson omili va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda o‘z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodi. Ushbu ta’rif 1998 yilda YuNYeSKO tomonidan berilgan. Unda ta’limtarbiyaga xos jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda yangi paydo bo‘lgan axborot texnologiyalarining kuchli ta’sirini hisobga olish lozimligiga e’tibor qaratilgan.
    2. Pedagogik texnologiya – ta’lim oluvchi shaxsiga yo‘naltirilgan, demokratik hamda o‘qish natijalarining takrorlanuvchanligini kafolatlaydigan ta’lim jarayonini loyihalash, amalga oshirish va baholashning tizimiy metodidir. Ushbu ta’rif 2008 yilda bir guruh o‘zbek pedagog olimlari tomonidan ijodiy hamkorlikda ishlab chiqilgan, unda O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga xos pedagogik ruhni ifodalashga harakat qilingan.
    3. Pedagogik texnologiya – o‘qish, ta’lim va tarbiyaga oid ijtimoiy talablar, sharoit va ilg‘or psixologik ta’limotlar asosida samarali pedagogik strategiyalarni loyihalash va amalga oshirish haqidagi konsepsiya. Shunga o‘xshash ta’rif 1995 yilda pedagog olim V.P. Bespalko tomonidan berilgan. Lekin keyingi yillarda o‘quv fani sifatida katta muddatlarda va yirik 199 auditoriyalarda o‘qitib kelinishi natijasida “Pedagogik texnologiya” ning shakllangan mazmuni ta’sirida keskin o‘zgarib, u shu ko‘rinishga keldi. Oxirgi paytda pedagogik texnologiya bo‘yicha olimlar o‘z fikrlarini bayon etishda ko‘proq oxirgi ta’rifga tayanmoqdalar. Ushbu ta’rif bo‘yicha pedagogik texnologiya konsepsiyasining: – o‘rganish ob’ekti bo‘lib ta’lim, tarbiya va o‘qishga oid ij-timoiy talablar va sharoit; – predmeti bo‘lib pedagogik strategiya (pedagogik jarayon, pe-dagogik tizim, pedagogik vaziyat); – vositalari bo‘lib pedagogik ta’sir (uning so‘z, tovush, matn, harakatsiz va harakatdagi tasvir, namoyish etish kabi shakllari); – metodi bo‘lib pedagogik modellashtirish; – yaratadigan intellektual mahsuloti bo‘lib pedagogik loyiha xizmat qiladi.
    Masalan, “Pedagogik texnologiya” iborasiga berilgan ta’rifda ishlatilgan so‘zlarga nazar tashlaylik: “pedagogika”, “texnologiya”, “o‘qish”, “ta’lim”, “tarbiya”, “ijtimoiy talab” “ijtimoiy sharoit”, “psixologik ta’limotlar”, “samarali”, “pedagogik strategiya”, “loyihalash”, “konsepsiya”. Yuqoridagi so‘zlar “Pedagogik texnologiya” konsepsiyasi tomonidan quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: Pedagogika – insonni shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan muntazam faoliyat to‘g‘risidagi hamda ta’lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli va uslublari haqidagi bilimlar, g‘oyalar va ta’limotlar majmui.
    Texnologiya – shunday bir jarayonki, unda ob’ekt ketma-ket ta’sirlar asosida xom ashyo holatidan mahsulot holatiga o‘zgarib o‘tadi.
    O‘qish – alohida shaxs tomonidan amalga oshiriladigan fa-oliyat bo‘lib, bunda shaxs o‘zida milliy qadriyatlarni, fan-texnika sohasidagi yutuqlar hamda tajribalarni o‘rganadi, mustaqil fikr yuritadi va ulardan hayotda foydalanishning ko‘nikma va malakala-rini shakllantiradi.
    Ta’lim – tajribalar almashinish jarayoni bo‘lib, rejali asosda amalga oshiriladigan “o‘qituvchi-o‘quvchi” muloqoti. Ta’lim natijasida shaxs ma’lumotga ega bo‘ladi, tarbiya topadi va rivoj-lanadi. Ma’lumot egallash tizimida ta’lim va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi juda muhim juftlik hisoblanadi.
    Tarbiya – jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ra-vishda shaxsda ma’anaviy ongning tarkib topib va rivojlanib bo-rishi jarayoni. Shaxs tarbiyasi ikkita kuch ta’sirida tarkib topib boradi: o‘zini o‘zi tarbiyalash va tarbiyaviy munosabatlar ta’sirida tarbiya topish.

    Download 82.73 Kb.




    Download 82.73 Kb.