• Kriptotahlil
  • A. A. Ganiyev




    Download 0,8 Mb.
    bet22/45
    Sana22.05.2024
    Hajmi0,8 Mb.
    #250258
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
    Bog'liq
    Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari (1)

    Shifrlash jarayoni dastlabki axborotni qayta tiklash imkoni bilan matematik, mantiqiy, kombinatsion va boshqacha aylantirishlarni amalga
    oshirishni o‘z ichiga oladi. Buning natijasida shifrlangan axborot harflar, raqamlar, boshqa simvollar va ikkilik kodlarining xaotik to‘plamidan iborat bo‘ladi.
    Axborotni shifrlash uchun aylantirish algoritmi va kalitdan foydala- niladi. Odatda biror shifrlash usuli uchun algoritm o‘zgarmas bo‘ladi. Shifrlash algoritmi uchun dastlabki ma’lumotlar – bu shifrlanuvchi axborot va shifrlash kaliti hisoblanadi. Kalit boshqaruvchi axborotni o‘zida saq- laydi. Bunday axborot algoritmning muayyan qadamlarida qanday aylan- tirish tanlashnishini va shifrlashda ishlatiladigan operandlar kattaliklarini aniqlaydi. Operand – bu ustida amal bajarilayotgan dasturlash tilining konstantasi, o‘zgaruvchisi, funksiyasi, ifodasi va boshqa obyektidir.
    Axborotni kriptografik aylantirishning boshqacha usullaridan farqli ravishda stenografiya usullari saqlanuvchi yoki uzatiluvchi axborotning nafaqat ma’nosini, balki yopiq axborotning saqlanishi va uzatilishini ham yashirish imkonini beradi. Stenografiya usullari asosida yopiq axborotni ochiq fayllar orasida niqoblash (maskirovkalash) yotadi.
    Grafik va tovushli axborotlar raqamli ko‘rinishda ifodalanadi. Grafik obyektlarning eng kichik tasvir elementi bir bayt bilan kodlanishi mumkin. Tasvirning kichik razradli aniq baytlariga kriptografik aylantirish algorit- miga mos ravishda yashirish faylning bitlari joylashtiriladi. Agar aylan- tirish algoritmi va tasvir to‘g‘ri tanlansa, dastlabki tasvir hamda fonida yashiringan fayl joylashgan, hosil qilingan tasvir orasidagi farqni inson ko‘zi bilan ajratib bo‘lmaydi. Stenografiya vositalari yordamida matnlarni, tasvirlarni, raqamli imzolarni, shifrlangan xabarlarni niqoblash mumkin.
    Yashiringan fayl ham shifrlanishi mumkin. Agar begona shaxs yashirin faylni tasodifan topib olsa, u holda shifrlangan axborot tizim faoliyatidagi xatolik sifatida qabul qilinadi. Stenografiya va shifrlashdan umumiy holda foydalanish, konfidensial axborotni topish va uni ochish vazifasi murakkabligini ko‘p karra oshirib yuboradi.
    Axborotlarni kodlash jarayoni ma’lumot (so‘z, gap)ning dastlabki ma’nosini kodlar bilan almashtirishdan iborat. Bunda kodlar sifatida harflar, raqamlar, belgilar mosligidan foydalanish mumkin. Ma’lumotlarni kodlash va ularni qayta tiklashda maxsus jadvallar yoki lug‘atlardan foydalaniladi. Axborot tarmoqlarida ma’lumotni (yoki signalni) dasturiy- apparat vositalar yordamida kodlash uzatilayotgan axborotning ishonch- liligini oshirish uchun qo‘llaniladi.
    Aksariyat hollarda kodlash va shifrlashni bir-biri bilan almashtirib yuborishadi. Kodlangan axborotni qayta tiklash uchun almashtirish qoida- sini bilish yetarli. Biroq shifrlangan axborotni shirfdan ochish uchun esa shifrlash qoidasidan tashqari shifrlash kalitini ham bilish talab etiladi.
    Axborotni zichlash usulini kriptografik aylantirish usullariga ma’lum bir chetlanishlar bilan kiritish mumkin. Chunki, axborotni zichlashdan maqsad ma’lumotning hajmini qisqartirishdir. Zichlash vositalariga egalik qilish imkoniyati kengligi va ularni qayta tiklash osonligini inobatga olgan holda, bu usulga axborotni ishonchli kriptografik aylantirish vositasi sifatida qarab bo‘lmaydi. Hatto zichlash algoritmi maxfiy saqlangan holda ham ularni statistik usullar bilan nisbatan yengil ochish mumkin. Shuning uchun konfidensial axborotlarning zichlangan fayllari keyinchalik shifrla- nishi lozim. Ma’lumotlarni uzatish vaqtini kamaytirish uchun zichlash va shifrlash jarayonlarini birlashtirish maqsadga muvofiq.
    Kriptotahlil – bu kalitni bilmay turib, shuningdek, shifrlash algoritmi haqida ma’lumotlar yo‘q bo‘lgan holda yopiq axborotni shifrdan ochish jarayonidir.

    Download 0,8 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




    Download 0,8 Mb.