|
Tabiiy yo‘nalishdagi fanlar mazmuniga oid bilimlar
|
bet | 5/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 10,96 Mb. | | #239370 |
Bog'liq xalqoro baxolash dasturlari Fizik sistemalar (fizika va kimyo)
Tirik sistemalar (biologiya)
Yer va fazo sistemalari (geografiya va astronomiya)
Yer qatlamlari-ning tuzilishi
Energiya
Yerdagi o‘zgarishlar
Yerning koinot-
dagi o‘rni
Yer tarixi
Koinot ko‘lami va uning tarixi
Moddalarning tuzilishi
- Organizmlarning tuzilishi
- Odamlar (salomatlik, oziq-ovqat, ovqat hazm qilish organlar sistemasi va b.)
- Populyatsiyalar (turlar, evolyutsiya, bioxilma-xillik, genetik o‘zgarishlar)
- Ekosistemalar (oziq zanjiri, modda va energiya almashinuvi)
- Biosfera (ekosistemalar-ning faoliyati, barqarorlik)
Moddalarning kimyoviy xossalari
Moddalarning fizik xossalari
Harakat va kuch, masofadan taʼsir ko‘rsatish
Energiya va uning transformatsiyasi
Energiya va materiyaning o‘zaro taʼsiri
bajarilganlik 23% (RTA)
Ekstremal kasblar
Topshiriq 4 / 5
O‘ng tomonda joylashgan matndan foydalanib, savolga javob yozing.
Odam chuqurlikdan yuqoriga ko‘tarilganda uning qonida kechadigan jarayonlar hamda gazlangan suv solingan idish endigina ochilganda kuzatish oson bo‘lgan jarayonlar o‘rtasidagi o‘xshashlik nimada?
Javob:
|
Kesson kasalligi g‘avvoslarning kasb kasalligi sanaladi. U quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga keladi.
Yer atmosferasi tarkibida 80 % ga yaqin azot bor. Azot qonda doimiy ravishda erigan holatda bo‘ladi, ammo hech qanday kimyoviy reaksiyalarga kirishmaydi. G‘avvos chuqurlikka tushayotganda unga ta’sir etayotgan yuqori gidrostatik bosim sharoitida u nafas olayotgan havoning bosimini oshirishga to‘g‘ri keladi. Buning natijasida g‘avvosning qonida odatdagi sharoitga nisbatan ko‘proq azot eriydi. Odam yuqoriga tez ko‘tarilganda va u nafas olayotgan gazlar aralashmasining bosimi tez pasaytirilganda, Kesson kasalligi yuzaga keladi. Bunda odam qonida gazlangan suv solingan idish endigina ochilgandagi kabi jarayonlar sodir bo‘ladi.
| |
|
|
| |