|
LEONARDO DA VINCHI O‘z davridan ilg‘orlab ketgan inson
|
bet | 9/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 10,96 Mb. | | #239370 |
Bog'liq xalqoro baxolash dasturlariLEONARDO DA VINCHI O‘z davridan ilg‘orlab ketgan inson
Ko‘pchilik odamlar Leonardo da Vinchi ismini eshitsa, uning mashhur surati «Mona Liza»ni yodga oladilar. Bu surat Parijdagi badiiy san’at muzeyida saqlanadi. Har yili millionlab sayyohlar uni ko‘rish uchun keladilar. Biroq Leonardo nafaqat rassom, balki iste’dodli ixtirochi, muhandis, arxitektor va haykaltarosh ham bo‘lgan. U ko‘plab yangi va g‘aroyib g‘oyalarga boy edi.
Leonardo da Vinchi 1452-yilda Italiyaning Vinchi shahri yaqinida joylashgan otasining shahar tashqarisidagi uyida tug‘ilgan. Uning bolaligi tabiat qo‘ynida o‘tgan. U o‘zining atrofidagi hayvonlar va hasharotlarni doim kuzatar edi.
Keyinchalik Leonardo otasi bilan Florensiya shahriga ko‘chib keladi. U yerda Verrokkiyo ismli taniqli rassom va haykaltarosh qo‘lida hunar o‘rganib, ishlay boshlaydi.
U Verrokkiyoning qo‘lida ishlagan vaqtida o‘z zamonasidagi texnikalar haqida juda ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi.
U yana har xil bo‘yoqlarni aralashtirib, kerakli ranglar olishni va haykallar yaratish uchun metaldan foydalanishni o‘rganib oladi. Leonardo doimo bilimga chanqoqlikni his etar edi. U o‘z atrofidagi olamni o‘rganar va ko‘rganlarini chizib borar edi. U qo‘liga tushgan barcha kitoblarni o‘qir, boshqa odamlarning g‘oyalarini tinglar va ulardan bilib olgan yangi narsalarni yozib borardi. Ayrim qo‘lyozmalari plakatlardek katta, boshqalari esa belbog‘ida olib yurishga qulay bo‘lishi uchun kichkina bo‘lgan. U yozganlarining ko‘pi yo‘qolib ketgan, lekin ayrimlari XIX asr boshida chop etilgan bo‘lib, ularni hozirgi kunda ham ko‘rish mumkin. Ularda rasmlar va husnixat bilan yozilgan yozuvlar bor.
LEONARDO DA VINCHI O‘z davridan ilg‘orlab ketgan inson
Leonardoning qo‘lyozmalarida ixtirolarining tasvirlari bor. Shuningdek, bu qo‘lyozmalar uning nimalarga va ular qanday qilib ishlashiga bo‘lgan katta qiziqishini ham ko‘rsatadi. Uni mashinalar qiziqtirar edi, ammo shu bilan birgalikda, unga tirik mavjudotlarning qanday harakatlanishi, ularning tuzilishi ham qiziq edi. U oqayotgan suv, daraxtdagi barglar, uchayotgan qushlar va inson tanasini o‘rganar va tasvirlar edi. Atrof-muhitni kuzatish jarayonida har doim biror yangilikni o‘zi uchun bilib olar edi. Leonardo barcha bilimlarini va boshqalardan eshitgan g‘oyalarni doim rivojlantirib, takomillashtirib borgan. Natijada uning qo‘lyozmalaridagi aksariyat tasvirlarda mutlaqo yangi g‘oyalar aks etadi. Ayrimlari kelajak tasvirlariga o‘xshaydi. Masalan, uning “Uchar mashina” chizmasi osmonda havo sharlari va samolyotlar paydo bo‘lishidan ancha oldin chizilgan.
|
| |