«Axborot texnologiyalari» kafedrasi dotsenti
Karimova Xabiba Xamdamovna
Matematik model va
modelashtirish.
3-
mavzu
Axborot texnologiyalari va
jarayonlarni
matematik
modellashtirish
Fan:
1.Ob’yekt va model tushunchasi
.
Ob’ekt
deganda har xil
xossa va xususiyatlarga ega
bo’lgan
tabiat elementi tushuniladi. Suv yoki gaz oqayotgan truba,
paxta
terish mashinasining shpendeli, elektr toki
o’tkazuvchisi, qurilishda
ishlatiladigan temir-beton plitalar
ob’ektga misol bo’la oladi.
Ob’ektni o’rganish o’ta murakkab jarayon bo’lib,
u bir necha xil
usullar yordamida amalga oshiriladi.
A
ob’ekt va V model o’rtasida quyidagicha munosabat mavjud:
A
V
Ya’ni, A ob’ekt o’rganiladi va unga mos model quriladi. Model
o’rganilib, uning kompyuterli modeli tuziladi
va uning natijalari
ob’ektga qo’llaniladi.
Ob’ekt
Model
.
2.Model turlari.
Modellar
materiallashgan
va
abstrakt
modellarga bo’linadi.
Materiallashgan
modellar ob’ektning asosiy geometrik, fizik va shu
kabi xususiyatlarini ifodalaydi. Materiallashgan modellarga
ob’ektlarning kichiklashgan
holatlari masalan, kanal yoki
stanokning maketi kiradi. Abstrakt modellar
esa inson fikrining
mahsuli bo’lib, unga qarashlar, tushunchalar, gipotezalar kiradi.
Modellar modellashtirish usuli bo’yicha so’zlashuv – ifodali model
(SIM) va matematik model (MM) ga bo’linadi.
SIM - bu ob’ektni ifodalovchi iboralar majmuidir. Unga instruktiv –
metodologik xujjatlar, texnik instruksiyalar kiradi.
SIM orqali
ob’ektning ichki xususiyatlarini to’liq aks ettirish imkoni bo’lmaydi.
MM - bu ob’ektning xossa va xususiyatlarini matematik formulalar
va mantiqiy ifodalar orqali tasvirlashdir.