izomorf
va
gomomorf
modellarga bo’linadi. Model ob’ektga
izomorf
deyiladi, agar ular o’rtasida o’zaro bir qiymatli
moslik
o’rnatilsa.
Real
tizimlarning
murakkabligi
izomorf
modellarni
tuzish
imkonini bermaydi.
•
Ob’ektning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi
modellar
gomomorf
modellar deyiladi.
•
Matematik model qurish va uni yechish
jarayoni
matematik modellashtirish
deyiladi.
MM quyidagi sinflarga bo’linadi:
•
vaqt bo’yicha o’zgarmas modellar-
statik modellar
;
•
vaqt bo’yicha o’zgaruvchi modellar-
dinamik
modellar
;
•
ham fazoda, ham vaqt bo’yicha o’zgaruvchi
modellar-
tarqoq modellar
;
•
Statik modellarda tekshirilayotgan ob’ekt vaqtga
bog’liq bo’lmagan holda qaraladi, ya’ni masalaning
yechimi vaqtga umuman bog’liq emas. Bu holda
ob’ekt fazoviy koordinatalarga bog’liq ravishda
o’rganiladi.
•
Dinamik modelda esa aksincha, ob’ekt faqat vaqtga
bog’liq ravishda o’rganiladi.
•
Ob’ektni matematik ifodalashda
analitik, eksperimental
va
aralash
usullardan foydalaniladi.
Analitik usul
- fizika,
ximiya, biologiya kabi fanlar qonunlaridan foydalanadigan
masalalarning matematik ifodasini tuzishga mo’ljallangan.
Analitik usulda
matematik ifodalash uchun ob’ekt ustida
tajribalar o’tkazish shart emas. Tuzilgan matematik
ifodalarning murakkabligi analitik usulning kamchiligidir.
•
Eksperimental usulda
ob’ekt ustida tajribalar o’tkazish
kerak bo’ladi. Bu usulning yutug’i – ob’ekt xossalarini
qisman o’rganib chiqishdan iborat bo’lsa, kamchiligi –
ayrim ob’ektlar ustida uzoq vaqt, har xil sharoitlarda ko’p
sonli tajribalar o’tkazishning zarurligidir.
•
Aralash usulda
ob’ektni analitik ifodalash va eksperimental
tadqiqotlar birgalikda olib boriladi.
|