Matemetik modellashtirish bosqichlari




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.05.2024
Hajmi1,14 Mb.
#233886
1   2   3   4
Bog'liq
ltJrSMDBmrAItKhWRN0vRCBNmP6w4Wbknmkeumeb

3.Matemetik modellashtirish bosqichlari.
Har qanday ob’ektni matematik modellashtirish bir necha 
bosqichlarda olib boriladi. Bu bosqichlar quyidagilardan 
iborat: 
1. Ob’ektni o’rganish. 
2. Masalaning matematik modelini qurish. 
3. Masalaning yechish algoritmini tanlash yoki ishlab 
chiqish. 
4. Тanlangan yoki ishlab chiqilgan algoritm asosida 
kompyuter modelini(dasturini) tuzish. 
5. Ob’ektning berilgan birlamchi boshlang’ich qiymatlarini 
dasturga kiritish orqali sonli yoki grafik ko’rinishda 
natijalar olish hamda ularni tahlil qilish. 



Birinchi bosqichda qaralayotgan ob’ektning mexanik, 
biologik, geometrik va boshqa xususiyatlari hamda ular 
orasidagi bog’lanishlar batafsil o’rganiladi. Ob’ekt xossa 
va xususiyatlariga qaysi omillar yetarlicha ta’sir etishi va 
qaysi omillar esa kam ta’sir etishi aniqlanadi. Kam ta’sir 
etuvchi omillar modelda e’tiborga olinmaydi.

Ob’ektning matematik modelini tuzishda shu ob’ektning 
asosiy xossa va xususiyatlari matematik munosabatlar 
yordamida yozib chiqiladi. Boshqacha qilib aytganda, 
ob’ektni o’rganish jarayonida unga ta’sir etuvchi asosiy 
omillar 
matematik 
apparat(tenglama, 
tengsizlik, 
mantiqiy ifoda yoki ularning tizimlari) orqali 
ifodalanadi. 



Algoritm
– berilgan masalani yechishda 
bajarilishi lozim bo’lgan amallarning qat’iy 
ketma-ketligidir. Har bir masalaning yechish 
algoritmi bir necha minglab, hatto millionlab 
amallarni o’z ichiga oladi.

Dastur tuzish bosqichida tanlangan yoki ishlab 
chiqilgan algoritm biror algoritmik til orqali 
ifodalanadi. 
Masalani 
yechish 
uchun 
algoritmik 
til 
tanlanayotganda 
uning 
soddaligiga hamda imkoniyat darajasiga 
e’tibor berish kerak. 



Modellashtirishning 
oxirgi 
bosqichida, 
qaralayotgan ob’ektning boshlang’ich xossa va 
xususiyatlarini ifodalovchi birlamchi sonli 
qiymatlar tuzilgan dasturga kiritilib, natija 
olinadi hamda u atroflicha tahlil qilinib, xulosa 
chiqariladi. 


Download 1,14 Mb.
1   2   3   4




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish