|
Tabiiy fanidan bir soatlik dars ishlanmasi
|
bet | 1/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 494,34 Kb. | | #230750 |
Bog'liq 1 soatlik dars ishlanma Gʻofurjonova Komila
6- umumtaʼlim maktabi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi Gʻofurjonova Komilaning
TABIIY FANIDAN BIR SOATLIK
DARS ISHLANMASI
Sana: 16-yanvarl 2024 -yil
Fan: Tabiiy fan
Mavzu: Atmosfera
Ta’limiy maqsad: Oʻquvchilarga atmosfera va uning tuzilishi,vazifasi qatlamlari haqida maʼlumotlar berish
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga befarq boʻlmaslikga, tabiatni asrab-avaylashga oʻrgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Oʻquvchilarni tabiat haqidagi tasavvurlarini oshirish, dunyo qarashlarini yanada kengaytirish
Kommunikativ kompetensiya:
mustaqil fikrini ogʻzaki va yozma tarzda ifoda eta olish, darslikdan foydalanib, mavzu bo„yicha yozma matn tuza olish; darslik, o„quv atlasi ma’lumotlardan samarali foydalanish; muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish va guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :
kompyuter, televizor va boshqa manbalardan zarur
ma’lumotlarini izlab topa olish, ulardan samarali foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
fan toʻgaragida mustaqil oʻrganish orqali bilimini oshirib borish, sportning yoshiga mos turi bilan shugʻullanish, oʻzini tuta olish, toʻgʻri soʻz boʻlish, oʻzining xatosini tushunish, atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: farzandlik,oʻquvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o„quv qurollarini asrash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: Oʻzi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qoʻllay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur boʻlgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
|
| |