Dars turi: Yangi materialni o‟rganish
Dars jihozi: mavzuga oid koʻrgazmalar, slaydlar , oʻquv darslik, video rolliklar
Darsda qo‟lanadigan metodlar: suhbatlashish, savol-javob, “Soʻz top”, “Muammoliy vaziyat” va boshqa taʼlimiy oʻyinlar
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism:
Salomlashish, navbatchi axboroti.
O‟quvchilarni darsga tayyorlash.
“Do‟stona kelishuv”
Intizom
O‟zaro hurmat
Faollik
Ahillik
Aniqlik
Oʻng qoʻl qoidasi
O’tgan mavzuni mustahkamlash
Oʻtilgan mavzu Modda nima mavzusi boʻyicha savol javoblar oʻtkazildi.
1 Modda nima?
2.Moddaning qanday turlari bor?
3. Moddalar tabiatda necha xil holatda uchraydi?
4. Suvni tabiatda necha xil holatda uchratish mumkin
3.Yangi mavzu bayoni.
A tmosfera soʻzining maʼnosi “atmos” havo, “sfera “ shar degan maʼnoni anglatadi.Atmosfera- bu Yerning havo qobigʻi. Gaz qatlamidan iborat bu qobiq sayyoramizni oʻra turadi va quyosh nurlanishidan, haddan tashqari issiq ketishdan va sovub ketishdan saqlaydi.Agar atmosfera boʻlmaganda kun davomida Yer sirtidagi harorat keskin oʻzgarib: Yerning quyoshli tomonida, ya’ni kunduzi harorat + 100C° gacha koʻtarilgan, kechqurun esa -100C° gacha sovib ketgan boʻlardi. Bunga yaqqol dalil sifatida Yerning tabiiy yoʻldoshi boʻlgan oyni misol qilish mumkin. Oy – hayot uchun yaroqsiz, oyga doimiy ravishda quyoshdan xavfli nurlar kelib turadi. Oy quyosh ta’sirida qanchalik tez issisa, quyosh yoʻq boʻlganda shunday tez soviydi. Bundan tashqari oyga koinotdan turli xil toshlar kelib uriladi, buni oy sirtidagi chuqurliklarda bilish mumkin.
Atmosfera bir necha qatlamlardan iborat.Yer yuzasiga eng yaqin qatlam juda zich va eng issiq. Butun atmosferaning katta qismini xuddi shu qatlamda joylashgan. Unda shamol va bulutlar hosil boʻladi. Ayni shu qatlamda hayot mavjud.
K eyingi qatlam taxminan 20 km balandlikda boshlanadi. Ob- havoni kuzatuvchi zondlar ushbu balandlikka koʻtariladi. Parvoz vaqtida kamroq yoqilgʻi sarflash uchun samolyotlar ham shu balandlikda uchadi.Bundan yuqori qatlamda kichik kosmik toshlar- meteorit lar yoki. Yerga tushayotgan jismlar yonib ketadi.Eng oxirgi qatlamda esa sun’ iy yoʻldoshlar yoki kosmik raketalar uchadi.
Atmosferadagi asosiy modda – bu havo. U barcha boʻshliqlarni egallaydi va barcha yoriqlarga kirib boradi. Havo hatto tuproqning yuqori qatlamlarida ham mavjud boʻlib, tuproqda yashovchi tirik mavjudodlar bu havodan nafas oladi. Havo shaffof boʻlgani sababli ham U kaza koʻrinmaydi,lekin havoni his qilish mumkin. Agar oldingizda bir varaq qogʻozni silkitsangiz havo harakatlanadi va siz yengil shabadani sezasiz.
Havo bir necha gazlar aralashmasidan iborat. Uning asosiy qismini( butun atmosfera hajmining 4/5 qismini) azot gazi egallaydi.Ikkinchi oʻrinda esa nafas olishimiz uchun zarur boʻlgan kislorod gazi turadi.Karbonat angdrid,geliy,suv bugʻlari, neon va shu kabi gazlar havoda oz miqdorda boʻladi.
Meteorologiya- bu atmosferani oʻrganadigan fan. Bu fan atmosfera holati va uning iqlim hamda inson salomatligiga taʼsirini oʻrganadi. Meteorologlar havo harorati va namligi, shamol tezligi va yoʻnalishini hamda atmosfera tarkibini oʻlchaydilar. Olimlar kuzatishlar olib borishda meteostansiyalar( ob – havo stansiyalari) , meteozondlar( havo sharlari) va kosmik sun’ iy yoʻldoshlaridan f oydalanadilar.
Meteozondlar- bu ulkan va mustahkam sharlar boʻlib, ular meteorolog olimlarga atmosferani kuzatishlariga yordam beradi. Bunday sharha uskuna va datchiklar oʻrnatiladi . Meteozondlar yerdan juda baland, 30- 40 km masofagacha koʻtarilishi mumkin. Ulardagi datchiklar haroratni, havo namligini va bosimini shamol tezligi va yoʻnalishini oʻlchaydi, hamda bu ma’ lumotlarni r adiosignallar orqali Yerga uzatadi.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi oʻtilgan mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollar, tarqatmalar tarqatiladi.
|