I BOB.  SMM — IJTIMOIY MEDIA MARKETING




Download 44.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/76
Sana31.05.2022
Hajmi44.99 Mb.
#22508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
8-informatika
WRITING TASK 1. LESSON 1, 8-variant. O`nlik va yuzlik konsentrida arifmetik amallarni o rg, dasturiy yakuni C, habibullo, Инглиз тили Шоназар
I BOB. 
SMM — IJTIMOIY MEDIA MARKETING
Ulkan axborot: matn, grafika, audio, video va boshqa turdagi reklama xabarlarini uzatish 
imkoniyati.
Keng auditoriyaga samarali ta’sir ko‘rsatish.
Maqsadli auditoriya bilan real vaqtda muloqotni tashkil etish.
So‘rovnoma, statistika va forumlar asosida maqsadli auditoriyaning fikr-mulohazalarini 
o‘rganish.
Doimiy xaridor va hamkorlar bilan aloqada bo‘lish va ularning talablariga javob berish. 
Mablag‘ning kam sarflanishi.
SMMNING AFZALLIKLARI
Ko‘p vaqt sarflanishi.
Ko‘p mehnat talab etilishi.
Foydalanuvchilar bilan doimo aloqada bo‘lish va ularning qiziqishlarini ushlab turish.
Mojaroli yoki salbiy vaziyat yuzaga kelsa, obro‘ga putur yetishi. 
Norasmiy va ochiq muloqot.
SMMNING KAMCHILIKLARI
Ijtimoiy media marketing orqali mahsulotni tanitish va reklamani keng yoyish uchun brenddan 
foydalaniladi. Brend nima?
Brend
— raqobatchilardan farqlanish maqsadida aniq sotuvchi yoki sotuvchilar guruhi 
tomonidan tovar va xizmatlarini belgilash uchun qo‘llaniladigan so‘z, ifoda, belgi, ramz, 
dizaynerlik ishi yoki ularning kombinatsiyasidir (Amerika Marketing Assosiatsiyasi — 
American Marketing Assosiations).
DIQQAT
BREND MARKETINGDAGI MUHIM TUSHUNCHADIR. BREND 
BO‘LMASANGIZ, MAVJUD EMASSIZ. U HOLDA SIZ KIMSIZ?
SIZ — ODDIY TOVARSIZ. 
Filip Kotler, Xalqaro marketing professori


7
1-
dars
. SMM (SOCIAL MEDIA MARKETING —
IJTIMOIY MEDIA MARKETING) HAQIDA
Ijtimoiy media marketingning asosiy vazifalari:
— mahsulot brendini yaratish va uni tanitish;
— brendni mashhur qilish va unga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
— kompaniyalar saytiga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish;
— yangi mijozlarni jalb qilish va mahsulot sotishni ko‘paytirish;
— doimiy mijozlar sonini oshirish;
— mijozlar ko‘magi va ochiqlik hisobiga kompaniya imijini oshirish;
— taniqli kompaniyalarning brendini tan olish;
— o‘z-o‘zini reklama qilish (PR); 
— mijoz va foydalanuvchilarda mahsulot hamda xizmat yuzasidan paydo bo‘lgan savollarga 
tezkorlik bilan javob berish.
AMALIY TOPSHIRIQ
1. Ijtimoiy media nima?
2. Ijtimoiy media marketing deganda nimani tushunasiz?
3. Brend nima?
4. Qanday o‘zbek brendlarini bilasiz?
5. Maqsadli auditoriya deganda nimani tushunasiz?
6. Ijtimoiy media marketingning qanday afzalliklari bor?
7. Ijtimoiy media marketingning qanday kamchiliklari bor?
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
AMALIY ISH
1. Ijtimoiy medialar orqali qanday mahsulotlar brendini yaratish va tanitish mumkin? 
Ularning nomlarini yozing.
2. Ijtimoiy medialar orqali qanday xizmat turlarini keng targ‘ib qilish va tanitish 
mumkin? Ularning nomlarini yozing.
3. Brendlarning qanday turlarini bilasiz? Ularning nomlarini yozing.


8

Download 44.99 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Download 44.99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB.  SMM — IJTIMOIY MEDIA MARKETING

Download 44.99 Mb.
Pdf ko'rish