• “KLASTER” METODI
  • Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities




    Download 304.51 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana28.10.2023
    Hajmi304.51 Kb.
    #90627
    1   2   3
    Bog'liq
    9 (24)
    Rezyume-, 1778772, jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar, Taqdimot -3, ‘l texnikumi “Temir yo\'l transportida intellektual axborot tizml, 1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchas-fayllar.org, Qunduz, uzbda temir yollar o\'rni
    Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities 
    Volume 3, February, 2022 
     
    56 
    https://periodica.com 
    vazifalarni hal etishda pedagogika qanday qilib ta’lim-tarbiya berish kerakligini aytsa, psixologiya nima 
    uchun aynan shunday qilish kerakligini aniqlaydi. Masalan, pedagogika maktabgacha yoshdagi bolalar 
    ta’limi va tarbiyasida o‘yin usullaridan va interfaol metodlaridan foydalanish kerakligini ta’kidlaydi. 
    Psixologiya esa buning sababi ushbu yosh davrida o‘yin yetakchi faoliyat ekanligini tushuntiradi. O’z 
    navbatida esa interfaol metodlarni qo’llashda o’yin orqali ham bilimlarni bola ruhiyatiga tez singdirishga 
    xizmat qiladi. 
    Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim yoshidagi bolalar uchun eng samarali interfaol metodlar mavjud.
    Interfaol metodlar: Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri. U orqali 
    ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmagan holda, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish demakdir. 
    Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni maktabgacha va boshlang'ich ta’lim o’quvchilariga yetkazib 
    berish, ularda ma’lum bir faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilishdir, shuningdek
    o`quvchilarning faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar 
    darajasini baholash har bir o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat o’z navbatida ta’lim jarayoniga 
    nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. 
    “KLASTER” METODI - Klaster (g‘uncha, bog‘lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning 
    muayyan shakli bo‘lib, u o‘quvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy 
    fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar 
    o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” 
    metodi aniq ob’ektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining 
    ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o‘quvchilar 
    tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini 
    ta’minlashga xizmat qiladi. 
    ` “Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi: 
    Nimaniki o‘ylagan bo‘lsangiz, shuni qog‘ozga yozing. Fikringizning sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni 
    shunchaki yozib boring. 
    Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to‘xtamang. Agar ma’lum muddat biror bir g‘oyani 
    o‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g‘oya 
    tug‘ulguncha davom ettiring. 
    Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang. 
    Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar 
    o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni, bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiling. G‘oyalar yig‘indisining sifati va 
    ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni cheklamang. 

    Download 304.51 Kb.
    1   2   3




    Download 304.51 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities

    Download 304.51 Kb.
    Pdf ko'rish