• 2.1. Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalar turlari va tuzilishi
  • A-guruh iii-bosqich talabasi Musurmonova Marjonaning Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar fanidan Kurs loyihasi Bajardi




    Download 1,07 Mb.
    bet5/9
    Sana07.06.2024
    Hajmi1,07 Mb.
    #261099
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    marjona1

    II. TEXNOLOGIK QISM
    Issiqlik almashinish qurilmalari xom-ashyo va tayyor mahsulotlarlirni isitish va sovutishda ishlatiladi. Neft kimyosi va neftni qayta ishlash korxonalarida issiqlik almashinish apparatlari umumiy qurilmalarning 50 % ini tashkil qiladi. Neftni qayta ishlash korxonalarida issiqlik almashinish uskunalariga umumiy metall sarfining 30 % i to’g`ri keladi. Issiqlik almashinish qurilmalari ishlash prinstipiga ko’ra rekuperativ, regenerativ, aralashtiruvchi turlarga bo’linadi. Rekuperativ (yoki sirtiy) issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik tashuvchilar devor bilan ajratilgan bo’lib, issiqlik shu devor orqali o’tkaziladi.
    Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida qattiq jismdan tashkil topgan bitta yuza navbat bilan turli issiqlik tashuvchi agentlar bilan kontaktda bo’ladi, natijada bu jism bir issiqlik tashuvchidan olgan issiqligini ikkinchisiga beradi.Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikki issiqlik tashuvchi agent bir-biri bilan o’zaro kontaktda bo’ladi. Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari o’z navbatida qobiq - trubali, "truba ichida truba" tipidagi, zmeevikli, plastinali, g`ilofli, spiralsimon, qovurg`ali va boshqa turlarga bo’linadi.
    Neft kimyosi va neftni qayta ishlash sanoatida asosan sanab o’tilgan birinchi besh turdagi sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari keng qo’llaniladi.
    2.1. Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalar turlari va tuzilishi
    Bu turdagi issiqlik almashinish qurilmalari qobiq ichida joylashgan trubalar to’plamidan tashkil topgan bo’lib, umumiy apparatlarning 80% ini shu turdagi qurilmalar tashkil qiladi. Bunda trubalar ikki tomondan truba to’riga qotirilgan bo’ladi, natijada trubalar tashqi sirti, qobiq va truba to’ri bilan chegaralangan trubalar orasidagi bo’shliq hamda issiqlik almashinish trubalarining ichki sirti va ikkita qopqoq bilan chegaralangan trubalar ichki bo’shlig`i yuzaga keladi. Ushbu qurilmalarda issiqlik trubalarning devori orqali uzatiladi. Truba orasidagi bo’shliqdan asosan yuzani ifloslantirmaydigan, cho’kma hosil qilmaydigan issiqlik
    tashuvchilar yuboriladi. Trubalar ichki bo’shlig`idan esa asosan isitilayotgan yoki sovitilayotgan suyuqlik yuboriladi.
    Issiqlik tashuvchilarning harakat tezligini oshirish yoki jarayonni intensivroq olib boorish maqsadida bu qurilmalarning ikkala bo’shlig`i ham ko’p hollarda bir necha yo’lli qilib tayyorlanadi. Bir yo’lli qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasi, qobiq 1, truba to’rlari 2, trubalar 3, qopqoq 4, issiqlik tashuvchilar kiradigan va chiqadigan patrubkalar 5, 6, bolt 7 va prokladka 8 dan iborat (1- rasm). Issiqlik tashuvchilarning tezligini oshirish maqsadida ko’p yo’lli isitkichlar ishlatiladi. Bu isitkichlarda suyuqlikning sarfi kam bo’lganda ularning trubalardagitezligi kichik bo’lib, natijada issiqlik almashinish koeffistienti ham kam bo’ladi. Ko’p yo’lli isitkichlarda trubalarni sekstiyalarga bo’lish uchun yoki muhitning harakat yo’lining soniga qarab, isitkichning qopqog`i bilan truba to’rining orasiga ko’ndalang to’siqlar o’rnatiladi. Bunda har bir sekstiyadagi trubalarning soni bir xil bo’lishi kerak. Ko’p yo’lli isitkichlarda bir yo’lli isitkichlarga nisbatan muhitlarning tezligi yo’llarning soniga qarab proporstional o’zgaradi. Sanoatda 4-6 yo’lli isitkichlar ishlatiladi, chunki yo’llarning soni ortib borishi bilan isitkichning gidravlik qarshiligi ortib, qurilmaning konstrukstiyasi murakkablashadi. Qobiq-trubali isitkichlarda qobiq bilan trubalar orasidagi temperaturalarning farqiga qarab truba va qobiqning uzayishi har xil bo’ladi. Shuning uchun qobiq trubali isitkichlar konstrukstiyasiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
    1)qo’zg`almas to’rli isitkichlar; 2) kompensatorli isitkichlar.
    Q o’zg`almas to’rli isitkichlarda issiqlik ta’sirida trubalar va qobiq har xil uzayadi, shu sababli bunday isitkichlar trubalar va 1- rasm. Bir yo’lli qobiq trubali isitkichlar:
    1 – qobiq; 2 – truba to’rlari; 3 – trubalar; 4 – qopqoq; 5,6 – issiqlik agentlari kiradigan
    va chiqadigan shtusterlar; 7 – bolt; 8 – qistirma.


    2 - rasm. Ko’p yo’lli qobiq trubali isitkichlar:
    1 – qobiq; 2 – truba to’rlari; 3 – trubalar; 4 – qopqoq; 5,6 – issiqlik agentlari kiradigan va chiqadigan shtusterlar; 7 – bolt; 8 – qistirma.
    qobiq o’rtasidagi temperaturalar farqi katta bo’lmaganda ( 50 0Cgacha) ishlatiladi.
    Trubalar to’r pardalarga razvalstovka, payvandlash, kavsharlash va salniklar yordamida biriktiriladi (3 - rasm).

    3 – rasm. Trubalarni truba to’rlariga biriktirish usullari.
    a – ikkita kanalga razvalstovka qilish; b – bitta kanalga razvalstovka qilish; v – payvandlash va razvalstovka qilish; g, d – payvandlash; e – tekis teshikga razvalstovka qilish va chetini buklash; j – kavsharlash; z – elimlash; i – salnik bilan zichlash.
    Kojux – trubali qurilmalarda trubalar to’r pardaga asosan 3 xil usul bilan joylashtiriladi (4 -rasm):
    a) to’g`ri oltiburchak qirralari bo’ylab;
    b) konstentrik aylanalar bo’ylab;
    v) kvadratning tomonlari bo’ylab.

    4 - rasm. Trubalarni truba to’r to’rlarida joylashtirish sxemasi.
    a – teng yonli uchburchak cho’qqilarida; b – kvadrat cho’qqilarida; v – aylana bo’ylab.

    Temperaturalar farqi 500 C dan katta bo’lganda trubalar va qobiqning har xil uzayishini kompensastiyalash maqsadida linzali kompensatorli (5- rasm, a) va U


    – simon trubali (5-rasm, b) va suzuvchan boshakli qobiq trubali isitkichlar ishlatiladi.
    Linzali kompensator isitish trubalari va qurilma devori o’rtasidagi bosim 6 105 н / м2 gacha bo’lganda ishlatiladi. U – simon qobiq trubali isitkichlarda issiqlik ta’sirida trubalarning uzayishidagi kompensastiyani truba qurilmalarining o’zi bajaradi. 5 – rasm. Temperatura yuqori bo’lganda qobiq va trubalarni uzaytirishni hisobga oluvchi qobiq-trubali isitkichlar:
    a) linza kompensatorli; b) U - simon trubali.

    5– rasmda suzuvchan kallakli qobiq trubali isitkich tasvirlangan. Unda truba to’rlaridan biri qobiqqa mahkamlanmagan bo’ladi, shuning uchun temperature deformastiyasi natijasida trubalar to’plami korpus ichida erkin qo’zg`ala oladi. Isitkich quyidagicha ishlaydi. Mahsulot oqimlaridan biri shtuster orqali


    Taqsimlash kamerasiga beriladi, so’ngra trubalar bo’shlig`i orqali o’tib, harakatlanadigan trubalar to’ri va uning qopqog`i hosil qiluvchi kameraga o’tadi. Kamerada o’z yo’nalishini o’zgartirib, qolgan trubalar orqali yana taqsimlash kamerasiga qaytadi. Bu kamera tekis to’siq yordamida ikki qismga bo’lingan. shunday to’siqlar yordamida isitkichni trubalar bo’shlig`i bo’yicha 2, 4 va undan ortiq oqimlarga ajratish mumkin.
    Ikkinchi mahsulot oqimi trubalar aro bo’shliqqa beriladi, trubalarni yuvib, undan chiqariladi. Bunday isitkichlarning aksari trubalararo bo’shliq bo’yicha bir yo’llidir. Suyuqlikning trubalararo yo’lini uzaytirish uchun, unda qalinligi 5 mm bo’lgan ko’ndalang to’siqlar o’rnatiladi. To’siqlar orasidagi masofa 0,2 m dan 50 dt gacha qabul qilinadi. Bu to’siqlar shuningdek, trubalar to’plami uchun tayanch vazifasini ham bajaradi. Qo’zg`aluvchan kallakli isitkich ajraluvchan bo’lib, trubalar to’plamini korpusdan oson chiqarib olish mumkin. Bu esa trubalarni tozalash, ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlashni osonlashtiradi.

    6-Rasm. Suzuvchi kallakli issiқlik almashinish qurilmasi. (bir yo’lli)
    1,2 – asos; 3 – suzuvchi kallak; 4 – harakatlanuvchi tayanch.

    Download 1,07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A-guruh iii-bosqich talabasi Musurmonova Marjonaning Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar fanidan Kurs loyihasi Bajardi

    Download 1,07 Mb.