• Tekshirdi:___________ Qabul qildi:__________ Anilinni sovutish uchun “truba ichida truba “ issiqlik almashinish qurulmasini hisoblash va loyihalash
  • III. HISOB QISM 3.1. Texnologik hisob 3.2. Shtutser diametrik hisobi IV. ASOSIY USKUNANING TUZILISHI VA ISH PRINSIPI MEHNATNI MUHOFAZA QILISH
  • A-guruh iii-bosqich talabasi Musurmonova Marjonaning Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar fanidan Kurs loyihasi Bajardi




    Download 1,07 Mb.
    bet1/9
    Sana06.06.2024
    Hajmi1,07 Mb.
    #260819
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    marjona





    Termiz muhandislik-texnologiya instituti
    Sanoat texnologiyalari fakulteti
    Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (sohalar va tarmoqlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi EKO-21A-guruh III-bosqich talabasi Musurmonova Marjonaning
    Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar fanidan
    Kurs loyihasi

    Bajardi: Musurmonova M.


    Tekshirdi:___________
    Qabul qildi:__________


    Anilinni sovutish uchun “truba ichida truba “ issiqlik almashinish qurulmasini hisoblash va loyihalash

    REJA:


    KIRISH

    1. ASOSIY QISM

    1.Anilinning fizik-kimyoviy xossalari va olinishi
    II. TEXNOLOGIK QISM
    2.1. Qobiq trubali issiqlik almashinish quvurlari turlari va tuzilishi
    2.2. TPG turdagi quvurli issiqlik almashtirgich
    2.3. Asosiy uskunaning tuzilishi va ish prinsipi
    III. HISOB QISM
    3.1. Texnologik hisob
    3.2. Shtutser diametrik hisobi
    IV. ASOSIY USKUNANING TUZILISHI VA ISH PRINSIPI
    MEHNATNI MUHOFAZA QILISH
    XULOSA
    FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
    Kirish
    Hozirgi kunda butun dunyoda jumladan O’zbekistonda ham global, regional va mahalliy ekologik muammolar vujudga kelganligini alohida ta’kidlab o’tish zarurdir. Jumladan, global iqlim o’zgarishi, cho’llanish, Orol dengizi muammosi va boshqalarni sanab o’tishimiz mumkin. Mavjud ekologik muammolarning yechimini topish, bartaraf etish yo’llarni ishlab chiqish uchun ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ekologik tendentsiyalarni kuzatib borish va shu asosda ijobiy xulosalar chiqarish talab etiladi. Ekolgik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi alohida e’tiborga molik vazifa bo’lib, hozirgi vaqtda mamlakatimiz tabiiy boyliklarini saqlab qolish va ularni kelajak avlodga yetkazish muhim masalalardan biridir. Tabiat bilan inson o’zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo’ladi, bu munosabatlar odamlarning ekologik madaniyatiga bog’liqdir. Tabiat qonuniyatlarini buzish, o’nglab bo’lmas ekologik falokatga olib kelishi muqarrardir. Misol tariqasida Sobiq Ittifoq davridagi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, eng avvalo tayyor mahsulot emas, balki, qishloq xo’jalik xom-ashyosini ko’paytirish manfaatlarini ko’zlagan ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga zid tadbirlar, oxir-oqibatda, Orol dengizi va Orolbo’yi ekologik inqiroziga olib kelganligini ko’rishimiz mumkin.
    Bugungi kunda global iqlim o’zgarishi eng dolzarb ekologik muammolardan biridir. Iqlim o’zgarishining oldini olishga qarshi jahon mamlakatlari birgalikda kurashishlari muhimdir. Bu borada 2015 yil 12 dekabrda Parijda Birlashgan Millatlar Tashkilotiniing iqlim o’zgarishlari bo’yicha doiraviy konventsiyasiga bag’ishlangan konferentsiyaning 21-sessiyasida “Parij Bitimi” qabul qilindi va 2016 yil 4 noyabrda kuchga kirdi.Iqtisodiyot rivojlanishi ko’p hollarda tabiiy resurslarga bog’liq. Turli resurslarning mavjudligi xalq xo’jaligi tarmoqlarini muttasil rivojlantirib borishga imkon beradi. Bu borada ekologik tabiiy resurslarning ham o’z o’rni bor. Dunyo bo’yicha yalpi ichki mahsulotning 35 foizidan ortig’ini ekologik soha resurslari yetkazib beradi va aholi soni ortib
    borishi bilan bu raqam yana ortib boradi.Bugungi kunda mustaqil o’zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo’lib, kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetika, kimyo, oziq –ovqat sanoati, transport majmuini yana
    da rivojlantirish ko’zda tutulgan. Bunday ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy –ekotizmlarning holatiga muayan darajada salbiy ta`sir ko’rsatadi.O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish borasidagi asosiy strategik maqsadlar quyidagilar hisoblanadi:
    Aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish, beosferaviy muvozanatni saqlash; O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligi va barqarorligini ko`zlagan holda tabiiy resurslardan foydalanish qayta tiklanadigan tabiiy resurslar ishlab chiqarish va iste`mol jarayonlarining muvoznatini saqlash tiklanmaydigan resurslarni ishlab chiqarish, chiqindilardan oqilona foydalanish; regional va lokal darajalarda tabiatni qayta tiklanish hususiyatini tiklash; tabiatning daslabki turlari va ularning genofondini landshaftlarning xilma –xiligini saqlash.Vujudga kelgan Orol dengizi muammosi bilan bog`liq halokatli ekologik –iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni yaxshilash, Orol dengizini saqlab qolish maqsadida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash. Orol bo’yi aholisini normal sanitar sharoitlar va ozuqa bilan ta`minlash uchun Markaziy osiyo davlatlari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yagona suv xo`jaligi siyosatini ishlab chiqish hamda har-bir Respublikaning Orol dengiziga quya oladigan suvi, ya`ni Orol bo’yidagi barcha tabiiyko’llarni saqlab qolish kabi ishlar rejalashtirilgan.Atmosfera havosini muhofaza qilishning asosiy yo’nalishi shahar va aholi yashaydigan punktlarda atmosfera havosining sifatini yaxshilash, keyinchalik sanitar-gigienik qoidalarga rioya qilish buning uchun Respublikamizning barcha hududlarida chiqindilarni kamaytirish, kam chiqindili texnilogiyalarni yaratish, chang to’plovchi va tozalovchi yangi qurilmalarni yaratish va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish eskirgan qurilmalarni yaxshilash bilan almashtirish va boshqalar. Orol dengizinimg qurishi iqlim o’zgarishiga ham sababchi bo’ldi. Qurg’oqchilik tufayli iqlimning keskin kontenentalligi ortib ketdi. Dengiz va
    quruqlik o’rtasidagi haroratning o’zgarishi, shamol tezligining ortishi, suvning to’lqinlanish hodisasini kuchaytirishiga olib keldi.Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchi bilan to’lib bormoqda. Orol bo’yining sanitar-epidemiologik ahvoli nihoyatda og’irlashmoqda. Agar zudlik bilan tabiatda vujudga kelayotgan muammolar hal qilinmasa insoniyat va butun mavjudodning hayoti xavf ostida qoladi. Biz tabiatga qarammiz, biz tabiatsiz yashay olmaymiz, shunday ekan biz barchamiz tabiatni asrab avaylashimiz, uning har-bir qarich yerini ko’z qorachig`iday asrashimiz, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishimiz, har-bir tomchi suvni tejab ishlatishimiz, tabiat haqida doimo g’amxo’rlik qilishimiz lozim.Tabiat va jamiyat bir butundir. Ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning keskinlashuvi ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi davlat siyosati darjasida qaraladi. Sohaga oid ko’plab qonun, qarorlar va kontseptsiya ishlab chiqilgan va davlat dasturi qabul qilingan.O’zbekiston ekologiyasini yaxshilash uchun, mamlakatimizdagi iqtisodiy ahvolni yaxshilash, ekologik tanazzulning oldini olish uchun xalqimiz orasida qadimda ma`lum
    bo’lgan ekologik madaniyatni tiklashimiz, tarixni yaxshilab o’rganishimiz hamda undan hozirgi sharoitda foydalanish imkoniyatlarini qidirib topishimiz kerak.
    Kimyo sanoati og’ir sanoatning xalq xo’jaligida fan-texnika taraqqiyotini ta'minlovchi tarmoqlaridan biridir. Kimyo industrial sanoat va qurilishni kerakli xossalariga ega bo’lgan yangi, samarador materiallar bilan ta'minlaydi, mineral o’gitlar ishlab chiqarish orqali qishloq xo’jaligini intensivlashtirishga yordam beradi, tibbiyotni dori-darmonlar bilan ta'minlashda yetakchi o’rin tutadi, axolini iste'mol buyumlariga bo’lgan extiyojini to’laroq qondirishga imkon beradi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 28 dekabr kuni kimyo sanoati korxonalarining bugungi moliyaviy-iqtisodiy holati va sohani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
    O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017 yil kimyo sanoati sohasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi.
    Davlat rahbarining joriy yil 23 avgustdagi qarori asosida 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, sanoat mahsulotlari hajmini 2,4 marta, eksportni 2,7 barobar oshirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini 42,5 foizga yetkazish hamda 43ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, 3,2 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan. Tarmoqning eksport-import faoliyatini tartibga solish, tashqi savdo jarayonlari shaffofligini ta'minlash, eng asosiysi, tashqi bozorlarda kimyo mahsulotlarini sotish hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish, raqobatbardosh va jozibadorligini yanada oshirishni ta'minlash maqsadida “O‘zkimyoimpeks” mas'uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.
    Albatta, amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar kimyo sanoatida ham ijobiy natijalar bermoqda. Lekin tarmoqda uzoq yillar davomida saqlanib kelgan tizimli muammolar hanuzgacha o‘z yechimini topgani yo‘q. Masalan, mineral o‘g‘it ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan.
    Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishga umuman e'tibor berilmagani yoki masalaga yuzaki yondashilgani ushbu sohadagi o‘zaro hisob-kitoblar tizimida nuqsonlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda, dedi Prezidentimiz.
    Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan mineral o‘g‘itlar bilan bog‘liq xarajatlar qoplanmayapti. Natijada kimyo korxonalarining ishlab chiqarishga sarflangan tabiiy gaz, elektr energiyasi, fosforit xomashyosi, oltingugurt kislotasi va boshqa turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish borasidagi imkoniyatlari cheklanib, kreditor qarzdorlik o‘sib ketmoqda.




    1. Download 1,07 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A-guruh iii-bosqich talabasi Musurmonova Marjonaning Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar fanidan Kurs loyihasi Bajardi

    Download 1,07 Mb.