• Umumiy o’rta ta’limning DTS
  • Oliy ta’limning DTS
  • Kasb-xunar ta’lim DTS
  • Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiyadan DTS
  • Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartini ishlab chiqish prinsiplari




    Download 41.37 Kb.
    bet7/12
    Sana14.03.2023
    Hajmi41.37 Kb.
    #45445
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fan

    2.1 Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartini ishlab chiqish prinsiplari
    Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda quyidagi prinsiplar asos qilib olingan:
    1.DTSning davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
    2. O’quv dasturlari mazmunining jamiyatimizda ro’y berayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog’liqligi;
    3. Umumiy o’rta ta’limning uzluksiz ta’limning boshqa turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
    4.Umumiy o’rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
    5. Ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitliligi;
    6. Umumiy o’rta ta’lim mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga tayanish;
    7 O’qituvchilarning pedagogik tafakkurida qaror topgan an’anaviy karashlar bilan «Ta’lim to’grisida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
    Umumiy o’rta ta’limning DTS o’quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
    DTS ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi.
    DTS o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, Nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
    Umumiy o’rta ta’limning DTS o’quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
    Oliy ta’limning DTS - kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga qo’yilgan talablar; ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zaruriy va yetarli ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo’yilgan malakaviy talablar; o’quv yuklamasining maksimal xajmi; ta’lmi muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baxolash tartiblari xamda yo’l-yo’riqlarini belgiladi.
    Kasb-xunar ta’lim DTS - yo’nalishlar bo’yicha kichik mutaxassislarni tayyorlashning zarur va yetarli mazmuni xamda maqsadlarini aniqlaydi, ta’lim oluvchilarning o’quv yuklamalari xajmi va standart sifatlari nazoratini belgilab beradi
    Biologik ta’lim umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonning ajralmas va uzviy bog’langan tarkibiy qismi sifatida mazkur ta’lim muassasasi oldiga qo’yilgan umumiy maqsadlarga muvofiq barkamol o’quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat qiladi.
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiyadan DTS o’quv fani bo’yi-cha o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydigan ko’nikma va malakalarning hajmini (BKM-bilim, ko’nikma va malaka) ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiya ta’limi mazmunining negizini belgilovchi ko’rsatkichlar hamda o’quvchilarning biologik tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan rasmiy hujjat bo’lib hisoblanadi.
    «Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar» umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiyadan beriladigan bilimlarning minimal darajasini, ya’ni ta’lim mazmunining negizini ifodalaydi. Mazqur ko’rsatkichlar umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun biologiya o’quv fani dasturi va darsliklarini yaratishda hamda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda mo’ljal vazifasini bajaradi.
    Biologiya ta’limi standartidagi «O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga ko’yiladigan minimal talablar» o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi shart bo’lgan ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Bunda o’quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash va ularning sifatini aniqlashga imkon beradi. Belgilangan ko’rsatkich va talablar biologiya ta’limining asosiy sifatlarini baholashda o’lchov bo’lib xizmat qiladi.
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiyadan davlat ta’lim standartida keltirilgan ko’rsatkich va talablar maktab biologiya ta’limi mazmunini to’liq qamrab oladi va o’zaro bog’lanuvchi uch yo’nalishga bo’linadi:
    1. Organizm - biologik sistema;
    2. Ekologik sistemalar;
    3. Organiq olam evolyutsiyasi;
    Ushbu ta’lim standartining «Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar» va «O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar» biologiya ta’limi mazmunining yuqorida keltirilgan har bir yo’nalish bo’yicha umumiy o’rta ta’lim uchun ko’rsatkich va talablar ifodalanadi.
    Biologik ta’limning dastlabki o’quv fani bo’lgan «Botanika»dan o’quvchi-larning bilim malakasiga bo’lgan asosiy talablar etib quyidagilar belgilangan.
    O’quvchilar:
    a) Gulli o’simliklar organlarining tuzilishini, o’simliklarning hujayra tuzilishini, o’simlik hujayrasining tarkibiy qismlarini, to’qimalarini:
    b) O’simliklarning hayotiy shakllari: daraxt, buta, chala buta, bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’tlarga bo’linishini:
    c) Kuzda va bahorda o’simliklar xayotida ro’y beradigan o’zgarishlarni;
    d) Ildiz va uning ichki va tashqi tuzilishini, suv va mineral moddalar shimilishi;
    e) Poya va kurtak. Ularning xillari;
    f) Gul va uning tuzilishi, xillari. To’pgullar.
    g) Meva va urug’lar, ularning xillari haqidagi bilimlarni;
    h) O’simlik organlarining asosiy hayotiy vazifalarini: organiq moddalarning hosil bo’lishi, nafas olish, suv bug’lantirish, moddalarning harakatlanishi;
    j) O’simliklarning tabiatdagi roli va inson hayotidagi, xalq xo’jaligidagi ahamiya-tini, o’simliklarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish tadbirlarini;
    k) o’simliklarning urug’dan va vegetativ organlaridan ko’payishini;
    l) o’simliklar hayotining jonli va jonsiz tabiat omillari bilan bog’liqligini, o’zaro birga yashashga moslashganligini;
    m) Tur, turkum, oila, sinf haqidagi ma’lumotlarni, gulli o’simliklar sinflari va oilalarining mahalliy sharoit uchun xos bo’lgan asosiy turlarini, mahalliy o’simliklarning kamyob va yo’qolib borayotgan turlarini;
    n) o’simliklar olamining tarixiy rivojlanishi jarayonida o’simliklar tuzilishining murakkablashib borish belgilarini bilishi kerak.



    Download 41.37 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 41.37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartini ishlab chiqish prinsiplari

    Download 41.37 Kb.