• I Bob Maktablarda biologik ta’limning umumiy xususiyatlari
  • A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti




    Download 41.37 Kb.
    bet2/12
    Sana14.03.2023
    Hajmi41.37 Kb.
    #45445
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fan

    III Bob Biologik ta’lim roli
    3.1 Biologik ta’limning yutuqlari
    3.2 Biologik ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati


    KIRISH
    «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’lim o'quvchilami o‘quv fanlari bo'yicha muayyan bilimlarni egallashlari barobarida, ularning bilim olishga bo'lgan ehtiyoji, mustaqil va ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari, amaliy tajriba va mehnat ko'nikmalarini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, atrof-muhitga ongli munosabatni tarkib toptirishi lozimligi qayd etilgan. Shu-ningdek, o'quvchilami ma’naviy axloqiy tarbiyalash va ta’lim-tarbiya ishlarining
    samaraii shakllari va usullarini ishlab chiqish, ularni amaliyotga joriy etish ko'rsatilgan. Bu vazifalarni amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik faoliyat ko'rsatadigan o'qituvchilar zimmasiga yuklanadi.Shu sababli, uzluksiz ta’lim tizimi uchun biologiyadan zamon talablariga javob beradigan, ijodkor va ijtimoiy faol, raqobatbardosh pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida bakalavriat yo'nalishi «Biologiya va inson hayotiy faoliyati muhofazasi» mutaxassisligi o'quv rejasiga «Biologiyani o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish» o'quv kursi kiritildi.Mazkur kurs bo'yicha o'quv adabiyotlari mavjud bo'lmaganligi sababli, ushbu darslik tayyorlandi.Darslikni yaratishda respublikamizda qabul qilingan «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o'quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish Konsepsiyasi»ga asoslanildi. Jumladan, darslik o'quv qo'llanmalarining bir turi ekanligini hisobga olgan holda, unga qo'yiladigan umumiy va oliy o'quv yurti o'quv adabiyotlariga qo'yiladigan o'ziga xos talablarga amal qilindi.


    I Bob Maktablarda biologik ta’limning umumiy xususiyatlari
    Umumiy o'rta ta'lim maktablarida biologik ta'lim mazmuni hozirgi davrdagi biologik fanlar rivojlanish darajasini o'zida aks ettirishi zamon taqo-zosidir.O'quvchilar uchun biologik o'quv matеrialini tanlash biologiya o'qitish mеtodikasida nihoyat murakkab masalalaridan biri sanaladi. U maktab o'qituvchilari, pеdagoglari, biolog olimlar xamkorligida hal etiladi. O'quvchilar uchun ta'lim mazmunining tanlashni qiyinligi ilmiy axboratning bеnihoyat ko'pligi va tеz o'sishi bilan uzviy aloqador. Kеyingi davrda biologiya tobora tеz rivojlanayotgan mustaqil fanlar tizimidan iboratligi ma'lum bo'lib qoldi. U botanika, zoologiya, fiziologiya, anatomiya, morfologiya, gеnеtika, sitologiya, antropologiya, embriologiya, palеontologiya, mikrobiologiya, gidrobiologiya, biogеografiya, biotеxnologiya, bioetika, bioestеtika, evolyusion ta'limot va boshqa xususiy fanlar majmuasidan tashkil topgan.
    Biologiya fanining bunday tеz rivojlanishi bir tomondan organizmlarning turli jihatdan o'rganish, ikkinchi tomondan hayotning har xil darajalarini tadqiq qilish bilan bog'liq bo'lsa, uchinchi tomondan biologiyaning tabiyotshunoslikning boshqa xususan matеmatika, kibеrnеtika, ximiya, fizika sohalari bilan intеgrasiyasi bilan tushuntiriladi.
    Biologiya fanining tabaqalanishi va boshqa tabiiy fanlar bilan hamkorlik qilishi yangi-yangi axborotlarni to'planishiga sababchi bo'lmoqda. Hujayra organoidlarining ulitrastruktura tuzilishi, funksiyasi, hujayraning kеlib chiqishi to'g'risida simbiogеnеz nazariyasi, nuklеin kislotalarning tuzilishi va funksiyasi, irsiyat va o'zgaruvchanlikning moddiy asoslari, politipik tur, populyasiyalarning, ekologik gеnеtik tuzilishi, kariosistеmatika, hayot tuzilishining turli darajalari to'g'risidagi bilimlar biologiyaning XX asrdagi yutuqlari sanaladi. Biologiya fanida to'plangan bilimlar, axborotlar hajmi nihoyatda ko'p va xilma-xil.
    O’quv fanlari bo’yicha davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, darsliklar va o’quv-metodik qo’llanmalarning yangi avlodi yaratildi. Kadrlar tayyorlash dasturida o’quv jarayonini ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash muhim vazifalardan biri etib belgilangan.


      1. Download 41.37 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 41.37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti

    Download 41.37 Kb.