• «Organizm biologik sistema»
  • O’quv rejasi
  • O’quv qo’llanma
  • Biologik ta’lim standartining tarkibiy qismi




    Download 41.37 Kb.
    bet8/12
    Sana14.03.2023
    Hajmi41.37 Kb.
    #45445
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fan

    2.2 Biologik ta’lim standartining tarkibiy qismi
    Biologiya ta’lim standarti biologiya ta’limining maqsad va vazifalarini yoritishdan boshlanadi. Biologiya ta’limining bosh maqsadi o’quvchi shaxsini tarbiyalashdan iborat. Biologik ta’lim standartida biologiya ta’limining asosiy vazifalari atroflama yoritib berilgan. Hozirga davrda hayotning tuzilish darajalari molekula, hujayra, organizm, populyatsiya tur, biogeotsenoz, biosfera. ko’rinishda bo’lishligi e’tirof qilinadi. Hayot tuzilishini ana shu darajalari orasida organizm darajasi markaziy o’rinda turadi. Bir tomondan u hayot tuzilishining quyi darajalari bo’lmish: molekula, hujayra darajasini o’zida mujassamlashtirsa, ikkinchi tomondan organizmning o’zi hayot tuzilishining yuqori darajasi bo’lmish populyatsiya tur, biogeotsenoz, biosfera darajalar tarkibiga kirishini e’tiborga olib biologiya ta’lim standartining ta’lim yo’nalishlarida birinchi qilib «Organizm biologik sistema» olingan.
    Davlat ta’lim standartni ishlab chiqishdagi asosiy pritsiplaridan biri «davlat ta’lim standartini davlat, jamiyat, talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi» dir. Ma’lumki, keyingi yillarda jamiyat a’zolarida ekologik bilimlarning yetishmasligi oqibatida suv, tuproq, havoni ifloslanishi, o’simlik, hayvon turlarini kamayishi ro’y bermoqda. Ekologik muvozanatni buzilishi hatto odamlar hayotiga ham xavf tug’dirmokda. Bunday sharoitda yoshlarni ekologik bilimlar bilan qurollantirish, tabiiy resurslarga oqilona yondoshish, o’simlik, hayvon turlarini asrash, tuproq sho’rlanishi, eroziyasiyaga qarshi kurashish, suv, havo, tuproq tozalaligini saqlash tadbirlari bilan tanishtirish nihoyatda dolzarb sanaladi. Shuni e’tiborga olib biologiya ta’lim standartida ta’lim mazmunining ikkinchi yo’nalishi sifatida «ekologik sistemalar» olingan.
    Keyingi yillarda dinga erkinlik berilishi munosabati bilan ayrim shaxslar dunyoviy bilimlarining jamiyat rivojlanishidagi rolini inkor etib, yoshlarga faqat diniy bilim berish tarafdori bo’lmoqdalar. Ular organiq olamdagi tarixiy jarayonni, o’simliklar, hayvonlar, odamlar million yillar mobaynida o’zgarganligini tan olmayapdilar. Shuning uchun jamiyatning hozirgi rivojlanishida yoshlarga diniy odob axloq normalarini singdirish bilan organiq olamning tarixi rivojlanishi to’g’risidagi bilimlarni berish, ularda tabiat va jamiyat taraqqiyotini to’g’ri tushunishga imkon yaratadi. Shu sababli ham, biologiya ta’lim standartidagi o’quvchilarga beriladigan bilimlar majmuasinining uchinchi yo’nalishi «Organiq olam evolyutsisi» deb nomlangan. Yuqorida qayd qilingan uch ta’lim yo’nalishi bo’yicha biologiya ta’lim standartida o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan majburiy minimal bilimlar majmuasi keltirilgan. Biologiya ta’lim standartida bilimning minimal talablarini o’quvchilar qanday o’zlashtirganligini aniqlash maqsadida har bir o’quv fanida test topshiriqlar berilgan.
    O’quv dasturi haqida tushuncha.
    Dastur - o’quv faoliyatini amalga oshirish rejasi va ushbu faoliyatining mazmunini ifodalovchi me’yoriy xujjat.Umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiyadan tuzilgan DTSda qayd etilgan maksimal talablar asosida o’quv dasturi tayyorlanadi. O’quv dasturida o’quv fani bo’yicha o’rganiladigan bob va mavzular o’quvchi-larning yoshlik va psixologik xususiyatlari, mavzular o’rtasidagi uzviylik va izchillik asosida mantiqiy bir tizimga keltirilgan holda beriladi. O’quv dasturida o’rganiladigan boblar ularni o’rganish uchun ajratilgan soatlar ko’rsatiladi, mazkur boblar tarkibiga kiradigan mavzularning qisqacha mazmuni yoritiladi. Biologiya-dan tuzilgan o’quv dasturi mazkur o’quv fanining mazmunini belgilab beradigan va bajarilishi majburiy bo’lgan me’yoriy hujjat sanaladi.
    O’quv rejasi – har bir yo’nalish uchun alohida tuzilib, vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.Unda o’quv jarayonining rejasi, har bir o’quv predmetini o’rganish uchun ajratilgan umumiy vaqt miqdori va boshqa faoliyatlarni o’z ichiga oladi.
    O’quv dasturi - Maktablarda o’qitilgan har bir o’quv fanining mazmuni o’quvchilar bilishi lozim bo’lgan bilimlar, o’zlashtirishi kerak bo’lgan o’quv ko’nikmalar, malakalar yig’indisini ifoda qiluvchi hujjat o’quv dasturi hisoblanadi. Unda o’quv fanini o’qitishdan maqsad, vazifalar, o’quvchilar o’zlashtirish kerak bo’lgan bilimlar, ko’nikmalar kompleksi o’z ifodasini topadi.
    Darslik - muayyan fanga doir bilim asoslarini ma’lum tartibda bayon etadigan va yuqori ma’naviy-g’oyaviy, ilmiy-uslubiy saviyada yozilgan o’quvchi-lar va talabalar uchun mo’ljallangan o’quv adabiyotining asosiy va yetakchi turi.
    O’quv qo’llanma – darslikni qisman to’ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo’yicha tuzilgan va fan asoslarini chuqur o’zlashtirilishini ta’minlovchi, ayrim bob va bo’limlarini keng yoritishga yoki amaliy mashq va mashg’ulotlar yechimi-ga mo’ljallangan pedagogik o’quv nashri.
    Biologiya o’quv dasturining tuzilishi.Biologiya kursining o’quv dasturini boshida uqtirish xati berilgan. Unda biologiya kursining qanday fan ekanligi, u qanday o’quv fanlardan tashkil topganligi ana shu o’quv fanlar mazmunidagi o’zgarishlar qisqacha bayon etilgan. Xususan botanika 5-6 sinflarda, zoologiya 7 sinfda odam va uning salomatligi 8-sinfda, umumiy biologiya o’quv fani 9 sinfda o’qitilishi qayd qilingan.
    Biologiya kursining o’qitishga oid metodik ko’rsatmalarda «darsda va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda dalillar, xodisalar bilan cheklanmay, asosiy g’oyalar, tushunchalarning o’quvchilar tomonidan puxta va ongli o’zlashtirilishiga e’tiborni qaratish lozimligi qayd qilingan. Biologiya o’qitishda asosiy g’oyalar bo’lib «Organik olam evolyutsiyasi», «Tirik tabiat tuzilishining turli darajalari», «Organ tuzilishi bilan funksiyasining o’zaro bog’liqligi», «Biologik sistemalarning tabiiy muhit bilan bog’liqligi, o’z o’zini boshqarishi», «Nazariya bilan amaliyot-ning o’zaro bog’liqligi» hisoblanadi. Asosiy tushunchalar qatori o’quv dasturiga «Evolyutsion», «Sitologik», «Ekologik» tushunchalar kiritilgan.
    O’quv dasturidan ko’zlangan yana bir maqsad ta’lim bilan tarbiyaning uyg’unligini amalga oshirishdan iborat. Biologiya o’qitishda o’qitiladigan mavzular mazmuni bilan uzviy bog’liq holda, o’quvchilarning axloqiy, vatanparvarlik, estetik, ekologik, gigiyenik, iqtisodiy va jinsiy tarbiyasiga ahamiyat berish lozimligi ta’kidlangan.
    O’quv dasturining metodik tavsiyalarida yana biologiyaning muammoli mavzularini o’qitishda xur fikrlik an’analariga rioya qilish lozimligi, har bir dunyoqarashining o’ziga xos ijobiy tomonlari, kamchiliklari o’quvchilar ongiga yetkazilishi kerakligi aytib o’tilgan.


    Download 41.37 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 41.37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biologik ta’lim standartining tarkibiy qismi

    Download 41.37 Kb.