Matn yaratishning bosqichli tizimi moduli - oʼquvchida kommunikativ savodxonlikni taʼminlash va matn yaratish faoliyatini jadallashtirish vositasi




Download 61.93 Kb.
bet10/11
Sana19.05.2023
Hajmi61.93 Kb.
#61920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Anorboyeva Munisa
1, Dars mavzusi Yorug’lik interferensiyasi va difraksiyasi. Difra, Afinanıń basqarıw principi, 1 slayd, Patch, Business 7-JLang, 2, Jild-obloshka, Extracts, material gips test, Iqtisodiyot nazariyasi KURS ISHI usl. korsatma, 6BkuIZNI0tNGu0jFZjrK4kyXfsfqOjBasbAQMcKu (1), ishga qabul qilsh, topref.ru-113581.ru.uz
2.2Matn yaratishning bosqichli tizimi moduli - oʼquvchida kommunikativ savodxonlikni taʼminlash va matn yaratish faoliyatini jadallashtirish vositasi
Matn – nutqiy hodisa bo‘lib, u ikki va undan ortiq gapning mazmuniy birikishidir, O‘z tuzilishiga ko‘ra gap xat boshi (abzas), bo‘lim qism, boblardan tashkil topadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan yaratilgan matnlar asosan gap, xat boshi va qismdan iborat bo‘ladi. Bahor, dalalarda ish qizg‘in shaklidagi to‘rtgina so‘zning mazmunan birikishidan tortib, butun boshli hikoyalar, ertaklar, badiiy asarlar hammasi matn hisonlanadi. Matn narsa va hodisalarni tasvirlaydi, so‘zlovchining munosabatini aniqlaydi. 23 Boshlang‘ich sinfda tasvirlash, rivoyat va hikoyalash , muhokama qilish usullaridan ko‘proq foydalaniladi . Bu xislatlar o‘rtasida aniq chegara bo‘lmasa-da, ularning har qaysisi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Tasviriy matnda voqealarda ishtirok etadigan shaxslar bo‘lmaydi. Unda asosan, tabiat manzarasi, voqea-hodisalar, ish jarayonlari tasvirlanadi. Tasvirlash kuzatuvchanlik bilan bog‘liq shuning uchun ona tili darslarida bolalarni kuzatuvchanlikka o‘rgatish, narsa, voqea, hodisalardagi eng muhim belgi va xususiyatlarni ko‘ra bilishga odatlantirish zarur. Rivoyatlash va hikoyalash matnni tasviriy matndan, voqeaning izchillikda berilganligi,undagi ishtirok etuvchi shaxslarning borligi, diologik nutqdan foydalanish kabilar bilan ajralib turadi. Matnning bu turida dalillar va ularning tafsilotiga alohida o‘rin ajratiladi, voqealar hikoya tarzida tasvirlanadi. Ona tili mashg‘ulotlarida bunday matnlardan juda ko‘p foydalanishga to‘g‘ri keladi. Muhokama tarzidagi matnlar yaxshilik va yomonlik,mehnatsevarlik va ishyoqmaslik,halollik va tekinxo‘rlik, to‘g‘rilik va egrilik, do‘stlik va dushmanlik, sabr-qanoat va sabrsizlik kabi mavzularda bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, xalq maqollarini muhokama matnining mavzusi qilib tanlash maqsadga muvofiqdir. Badiiy uslubda yozilgan matnlarning o‘ziga xos xususiyati ularda tasviriylik va ta'sirchanlikning kuchliligidir. Ommabop matn ko‘proq matbuotga xos bo‘lib, u xabar,maqola kabilarda namoyon bo‘ladi. Ona tili mashg‘ulotlarida ommabop matnlar ustida ishlashda avvalo bu usulning til xususiyatlari ustida ishlashga to‘g‘ri keladi. Ilmiy matn ona tili mashg‘ulotlarida ilmiy matnlardan keng foydalaniladi. Ramziy matnlar ona tili darslarida salmoqli o‘rin tutadi. O‘quvchilarga mashqlar davomida bu matnlardan foydalanishda buyruqlar,e'lonlar,ariza,tarjimai hol,telegramma,xat yozish kabilar o‘rgatib boriladi. Matn mazmunini qisqartirib yoki kengaytirib bayon qilish ham o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirishga yordam beradi 3-4-sinflarda o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda tugallanmagan hikoyalar mashqi yaxshi samara beradi. O‘qituvchi 24 o‘quvchilarga qandaydir bir hikoyani boshlab beradi, ular esa uni davom ettirishlari kerak. Masalan, “Sehrli kitob:. "…Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim o‘tgan zamonlarda bir qishloqda chol yashar ekan. U o‘qishga juda qiziqar, o‘zi hikoya va ertaklar yozar ekan. Kunlarning birida u uyidagi bir kitobni o‘qimoqchi bo‘libdi. Lekin…"1 Maktabda fan asoslarini egallash, ko‘p jihatdan, ona tili ta’limining qo‘yilishiga bog‘liq. O‘quvchilar tilga oid bilimlarini, asosan, dars jarayonida o‘rganadilar. Ularga tildan beriladigan bilimlarni mustaqil ishlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.. Pedagogikada mustaqil ishlar muammosi juda uzoq tarixga ega. O‘quvchilarda mustaqillikni shakllantirish K.D.Ushinskiy pedagogik tizimining asosiy muammolaridan biri edi. U tarbiyachi o‘z shogirdlarining mustaqil ishlashiga ko‘proq imkoniyat yaratib bermog‘i, o‘quvchini tayyor xulosalar bilan qurollantirishdan ko‘ra, uning o‘ziga xulosalar izlashni o‘rgatmog‘i kerak, – deb ta’kidlagan edi: "Grammatik qonun-qoidani o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchining o‘zi kuzatishini va xulosalashini istardik, o‘quvchining umumiy taraqqiyotida grammatikaning asosiy ahamiyati ana shundan iborat". Ta’limda faollik va mustaqillik muammosi bir-birini to‘ldiradigan, o‘zaro uzviy bog‘lagan pedagogik kategoriyalar hisoblanadi. Darslarda o‘tkaziladigan mustaqil ishlar o‘quvchilarning faolligini oshirishning asosiy vositalaridan biri sanaladi. Kishi mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatish, mustaqil o‘rganish orqaligina fan asoslarini puxta egallaydi. Kitob ustida mustaqil ishlay olish malakalari, dastavval, boshlang‘ich sinflarda hosil qilinadi, bu malakalar yuqori sinflarda takomillashtiriladi. Darslarda tashkil etiladigan mustaqil ishlar o‘quvchilarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirishning etaklovchi omilidir. Umumiy ta’lim predmetlaridan biri sanalgan "Ona tili" o‘quvchilarda mustaqillikni taraqqiy ettirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega. 1 Ona tili didaktikasi. O.Rozikov, M.Mahmudov, B.Adizov, A.Hamrayev. Toshkent-2005 25 Boshlang‘ich sinflarda tashkil qilinadigan mustaqil ishlar hajmi va murakkabligi jihatidan uch guruhga bo‘linadi: tayyorlovchi; yarim mustaqil yoki oraliq; natijasi matnga teng mustaqil ishlar. Tayyorlovchi mustaqil ishlar birinchi sinfdan boshlanib dastlabki mustaqil ishlar o‘quvchilarni o‘quv qurollaridan foydalanish, o‘qish va yozish paytida partada o‘tirish, o‘quv qurollaridan foydalanishni o‘rgatila borib, bu ishlar asta-sekin murakkablashtirib boriladi. Yarim mustaqil yoki oraliq mustaqil ishlarda yetaklovchi savollar, darslik, bosma asosli tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollardan foydalaniladi. 3-sinfda "Gapda so‘zlarning bog‘lanishi mavzusi o‘tilganda quyidagicha mustaqil ish o‘tkaziladi. 1. Gapni so‘zlarga ajrating, har bir so‘zning so‘rog‘ini aniqlang. Qor yog‘di. 2. Nuqtalar o‘rniga tegishli so‘zni qo‘yib, gapni kengaytirib yozing. …qor yog‘di. (oppoq, qizil, ko‘m-ko‘k) Oppoq qor yog‘di, 3. Gapni bugun, qalin so‘zlari yordamida kengaytirib yozing. Bugun oppoq, qalin qor yog‘di. Natijasi matnga teng keladigan mustaqil ishlar. Grammatikadan o‘rganilgan bilimlarga bog‘langan holda ijodiy diktant, hikoya, ish qog‘ozlari, bayon, insho va boshqa ish turlaridan mustaqil ish sifatida foydalanish mumkin. Bu ishlar hajmning kattalagi, bajarish uchun ko‘p vaqt talab qilishi bilan boshqa mustaqil ishlardan farq qiladi. Ona tili darslarida o‘quvchilarga faqat grammatik qoidalarini yodlatish emas, balki, ko‘proq ularning og‘zaki va yozma nutqlarining ravon va erkin bo‘lishiga erishish maqsadida kichik - kichik matnlar yaratishga harakat qilinadi. Matn yaratish dastlab "Ona tili" darslarida keyinchalik esa ularga "O‘qish" darslarida har xil mavzudagi matnlarni o‘qish, yozma ravishda tayyorlash yo‘llari bilan mukammallashtirilib boriladi: Matn ustida ishlash boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishning eng ma’qul usullaridan biri hiosblanadi. Buning uchun ularning og‘zaki va yozma 26 nutqlarini baravar rivojlantirib borish kerak. Biror asar matn ustida ishlashda ham bu talablarni unutmaslik lozim. O‘quvchilarda ijodiy fikrlash va ijodiy matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid tashkiliy-metodik ishlarni asosan o‘tilgan darsni mustahkamlash jarayonida, shuningdek, uy vazifalari bajarishga yo‘llanma berish davrida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
So‘zlarni ongli o‘qish gaplarni ongli o‘qishni ta'minlaydi. O‘qishda bolalar gapdagi hamma so‘zlarning ma'nosini tushunmasligi mumkin. Alifbo davrida o‘quvchilarda yetarli o‘qish ko‘nikmasi bo‘lmagani uchun,ularning diqqati faqat bir so‘z ma'nosiga yoki kichik hajmli gap ma'nosiga tortiladi,matn mazmunini tushunishga hali qiynaladilar.Bunga erishish uchun o‘qituvchi har bir o‘qish mashg‘ulotida bolalar o‘qigan so‘z, gap, matn mazmunini tushunishda ifodali o‘qish katta rol o‘ynaydi. Odatda, bolalarning o‘qish ohangi so‘zlashuv ohangidan farq qilmaydi. O‘qishda jonlilik sezilmaydi: sun'iy ohang bilan o‘qiydilar. Bu hol so‘zsiz ifodalilikni buzadi. Bolalarni ifodali o‘qishga o‘rgatish juda murakkab ishdir. Buning uchun o‘quvchilar matnni bir marta o‘qib chiqadilar.Keyin o‘qituvchi matnning xarekteriga qarab o‘zi ifodali o‘qib beradi, har bir gapni qanday ohang bilan bog‘lash, gap tugaganda nuqta oldidan ovozni pasaytirish kerakligini tushuntiradi. O‘quvchilarning ifodali matn mazmunining to‘g‘ri va to‘liq tushunilishiga imkon beradi. Mazmunini to‘la tushunish uchun tanlab o‘qishning ham ahamiyati kattadir. Tanlab o‘qish avval ayrim so‘zlarni to‘g‘ri o‘qishni o‘rgatadi, so‘ng ayrim gap, so‘zlarni matn tarkibidan izlab topish, ma'lum so‘zni boshqa so‘zlardan ajrata olish uquvini hosil qiladi. Bu esa bolalardagi o‘qish ko‘nikmasini takomillashtiradi. Eng muhimi matnda fikr nima haqida borayotganligini aniqlab olish, matn mazmunini to‘liq tushunib yetish imkonini beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan matn ustida ishlash yozish va o‘qish ko‘nikmalarini egallab olganlaridan keyin boshlanadi. Ko‘proq boshlang‘ich sinfda dastlab gap, kichik matnlar, badiiy, ilmiy matnlar ustida ish olib boriladi. Masalan, badiiy matn ustida ishlashda quyidagi usullardan foydalanish mumkin. Bunda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olinadi. Dastlab kichik matnlar, keyinchalik esa kattaroq matnlar yuzasidan amaliy topshiriqlar bajariladi. 28 Hatto, 2-4-sinflarda badiiy asarlardan olingan parchalar yuzasidan ham vazifalar bajariladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini badiiy asarlar o‘qishga tayyorlashi ham mumkin. Buning uchun dastlab tayyorgarlik ishlari bajariladi. Keyinchalik badiiy matnga oid o‘quvchilarning tasavvurini boyitadigan ekskursiyalar tashkil qilinadi.
O‘quvchilarning nutq madaniyatini o‘stirish til va adabiy ta'limda muhim ahamiyatga ega. Chunki og‘zaki va yozma nutqni yaxshi egallagan o‘quvchi barcha fanlarni oson va to‘liq o‘zlashtiradi, unda bilim olishga va yangiliklarga intilish tobora kuchayadi. Hozirgi zamon pedagogikasida o‘quvchilar nutqini o‘stirishga muhim pedagogik muammo sifatida qaraladi. Zero, A.Zunnunovning adabiyot o‘qitish metodikasi” keltirilganidek o‘quvchilar nutqini o‘stirish bu – uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, nutq o‘stirish bilan bog‘liq bo‘lgan mashg‘ulotlar izchil, doimiy ravishda o‘tkazib borilmasa, ta'limning yaxshi, sifatli bo‘lishiga, o‘quvchilarning madaniy nutqini egallashlariga erishib bo‘lmaydi. Matn ustida ishlash orqali o‘quvchilar nutqini o‘stirish eng maqbul usullardan bo‘lib, bu jarayonda quyidagi ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi: • Bilim olish; • To‘g‘ri, ravon va ifodali o‘qish; • Ijodiy va mustaqil fikrlash; • Tahlil qilish va kerakli xulosa chiqarish; • Odob-axloqli bo‘lish; • Nutq madaniyatini egallash. O‘quvchilarni og‘zaki va yozma nutqlarini baravar rivojlantirishga harakat qilish lozim, chunki har ikkala nutq shakli bir-birining o‘sishi hamda takomillashib borishi uchun xizmat qiladi. Asar mati ustida ishlashda ham bu talablarga amal qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslari yuqori sinflardagi adabiyot darslarining tarkibiy qismi bo‘lib ulardagi asosiy ish turi matn ustida ishlashdir. Asar matni ustida ishlash orqali ham og‘zaki ham yozma nutq o‘stirishni o‘qish darslarida o‘rganiladigan matnlar misolida ko‘rsatish mumkin 1. Lug‘at ustida ishlash orqali nutq o‘stirish. 44 Bunda o‘quvchilar matnni o‘qib bo‘lgach, undagi notanish so‘zni aniqlaydilar va o‘qituvchi yordamida ularni tushunib oladilar.Masalan, 2-sinf "O‘qish kitobi"da (mualliflar Q.Abdullayeva, M.Yusupova, M.Mahmudova, S.Rahmonbekova) keltirilgan "Sumalak" (rivoyat ) matni ustida quyidagicha lug‘at ishi o‘tkazish mumkin: Urug‘lik – ekish uchun olib qo‘yilgan don. Ivitish – suvga solmoq Nish urmoq –o‘sa boshlamoq Qiymalash – mayda qilib to‘g‘rash Azonda – erta tongda Totib ko‘rmoq – yeb ko‘rmoq Lazzatli ne'mat – shirin ovqat Bardam bo‘lish – sog‘lom bo‘lish 2.Matn mazmunini qayta hikoya qilish orqali nutq o‘stirish. Mazkur turda o‘quvchilar matn mazmunini qisqartirib, kengaytirib, obrazlarni o‘zgartirib, o‘z fikrlarini bildirib qayta hikoya qiladilar. Qayta hikoyalashda, albatta, matndagi so‘zlardan foydalanish yaxshi samara beradi. "Sumalak" rivoyatini qayta hikoyalashda o‘quvchilar asosiy o‘rinlarni ajratishi, lug‘at ustida ishlash orqali o‘rgangan so‘zlarini ishlatishi lozim. Bunday qayta hikoyalash quyidagicha bo‘lishi mumkin. "Qadim zamonda bir dehqon bor ekan. U bahor kelgach, urug‘likka olib qo‘yilgan donini suvga solib qo‘yibdi. Ob havo yomon bo‘lib, ivitilgan bug‘doy nish urib o‘sa boshlabdi. Dehqonning bola chaqasi och ekan. Shuning bug‘doy uvol bo‘lmasin deb, kampiriga undan biror ovqat qilishini aytibdi. Kampir dehqon qiymalangan bug‘doyni qozonga solib qaynatibdi. Azonda uyqusi o‘chib, qozondan xabar olgani borsa, juda ajoyib hid dimog‘iga urilibdi. Qozondagi ovqatni tatib ko‘rsa, juda mazali emish. Kelasi yil ham dehqon bolalarining o‘sha taomda yegilari kelibdi. Shu tariqa sumalak pishirish odati paydo bo‘lgan ekan. Sumalak xalq orasida keng tarqalib, bahorning lazzatli ne'matiga aylanibdi. Sumalak har yili Navro‘z bayramida 45 tayyorlanadi. Bu ovqat odamlarning "sog‘ligini tiklashda va bardam bo‘lishga yordam beradi".

XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki bugungi dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o’z ta’sirini ko’rsatayotganligi ehtiyojidan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi texnika va tеxnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila olishi va yangilik yaratilish darajasida bilimli va mahoratli bo’lishi juda muhim. Buning uchun darsni tashkil etish jarayonida barcha o’quvchilarga tushunarli, oson, qiziq bo’lgan usullarni tanlashi va qo’llay olishi, ko’rgazmali qurollardan foydalanishi, yangi ishlab chiqarilayotgan tеxnik vositalarni tadbiq qilishi, ta'lim oluvchilarni ijodiy, mustaqil ishlashga undashi, pedagogik texnologoyalardan to’g’ri va unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
O’quv didaktik vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo’ljallangan guruh, maxsus soha va usullarga mos holda tanlash muhim o’rin tutadi. Va nihoyat amaliyot ukituvchisi o’quv va ko’rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga muvofik va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila oladigan bo’lishi lozim.
O’quv va didaktik materiallarni ishlatishda albatta ularning mavjudligi katta rol uynaydi. Amaliyot o’qituvchisi, shuningdek, KHTBYu o’qituvchisi o’z maxsus sohasi uchun qanday materiallar, qanday yangiliklar borligiga, shuningdek, qaysi maxsus sohalarda uning o’zi yangiliklar qilishi kerakligi yuzasidan umumiy tushunchaga ega bo’lishi lozim. Ko’pincha o’qituvchilar doska tasvirlari, flipchart tasvirlari va proyektor slaydlari kabi vizual vositalarni o’zlari ishlab chiqadilar.
Agar hyech qanday materiallar mavjud bo’lmasa o’quv kitoblari asosida materiallarni o’zi ishlab chiqishi kerak bo’ladi.
Bosqichlar:
1. Kurrikulumdagi maqsadlar tahlil qilinadi
2. Maqsadlar asosida kelib chiqadigan mavzularni bilim turlariga qarab tartibga solinadi, ular quyidagilar: dalillar, tushunchalar, tamoyillar va usullar
3. Bilim berish (nazariy dars) va ko’nikmalar hosil qilish (instruktaj va mashqlar)ni ajratish lozim bo’ladi. Bunda doimo „o’zlashtirilishi shart bo’lgan bilimlar“ va „o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan bilimlar“ darajalari inobatga olinsin.
4. Har bir mavzu uchun kamida bittadan ish varag’i va keyinchalik grafik va tasvirlar, shuningdek, qo’shimcha matnlar ishlab chiqiladi. Shu tarzda qadamba-qadam kurs papkasidagi materiallar ortib boradi.
5. Fotoapparat yordamida olingan ustaxonadagi ish jarayonlari tasvirlangan suratlar asosida rasmlar manbasini tuzish va ularni kurs papkasiga ilova qilish mumkin.


Download 61.93 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 61.93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matn yaratishning bosqichli tizimi moduli - oʼquvchida kommunikativ savodxonlikni taʼminlash va matn yaratish faoliyatini jadallashtirish vositasi

Download 61.93 Kb.