• D A S T U R I
  • A. R. Normirzayev Namangan muhandislik-qurilish instituti




    Download 0.66 Mb.
    bet1/122
    Sana25.03.2024
    Hajmi0.66 Mb.
    #176315
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
    Bog'liq
    ТЛ Дастур тугриланганлик 2024
    2-lab, Kukun texn.(inglizcha)-Maqola(TITLP) 2023, 1238169, Futbol-oyinini paydo bo`lishi tarixi va taktikasi, Futbol-oyinini-paydo-bolishi-va-qoidalari, Harakatli o`yinlar Mustaqil ish, Mustaqil ish, бетлик, VOLEYBOL Mustaqil ish, Akramov Abdurahmon Multimedia logik, Item4.7 Manual Elcometer 510 Adhesion Tester[01-09].en.ru, pedagokika 2 doc.pdf, IO\'M 3 Ubaydullayev S, robo mustaqilish1

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


    NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI






    TASDIQLAYMAN”
    Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori
    Sh.Ergashev
    ____” __________ 2024 y.



    5620100 - Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
    2023-2024 o’quv yilida bitiruvchi kurslar uchun YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYANI o’tkazish

    D A S T U R I




    DASTUR


    Namangan – 2024
    Ushbu dastur Namangan muhandislik-qurilish institutining “Transport logistikasi” kafedrasida ishlab chiqildi.
    Tuzuvchilar:

    1. A.R.Normirzayev – Namangan muhandislik-qurilish instituti


    “Transport logistikasi” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsenti

    2. M.To‘xtaboyev– Namangan muhandislik-qurilish instituti


    “Transport logistikasi” kafedrasi dotsenti, t.f.f.d., PhD.


    Taqrizchilar:

    1.A.Polvonov – Namangan muhandislik-qurilish instituti


    “TVM” kafedrasi dotsenti, t.f.n.

    Ushbu dastur Namangan muhandislik-qurilish instituti Ilmiy kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya etilgan (2024 yil «___» _________dagi ___ sonli bayonnomasi)




    Kirish

    Mazkur dastur «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son Farmoni “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” Qarori hamda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishlar asosida tayyorlangan.


    Dastur quyidagi qarorlar, yo‘nalishlar va masalalarni qamrab olgan:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 — 2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 2 dekabrdagi PQ-3422-son qarorini ijrosi, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 apreldagi 305-son qarori yuzasidan va avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalar, Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish qarorlari.
    Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi - fan va texnika sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib u xalqaro tajribalarga muvofiq avtomobil transportidan unumli foydalanishga, transportda logistik jarayonlarni tashkil etish va uni ta’minlashga yo‘naltirilgan inson faoliyati vositalari, usullari va yo‘llari majmuini qamrab oladi.
    Ta’lim yo‘nalishi
    bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

    • transport logistikasining asosiy tamoyillarini qo‘llash;

    • avtomobil transporti vositalari ishini tashkil etish va boshqarish;

    • yuk tashishda logistikaning zamonaviy xizmat turlaridan foydalanish;

    • avtomobil transporti ishiga tezkor rahbarlik qilish;

    • avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashishishlarini tashkil etish;

    • yuklarni ortish va tushirishishlarini tashkil etish;

    • tashish jarayonida foydalaniladigan transport va texnika vositalarini

    tanlash;

    • turli avtomobil transporti korxonalarining, logistik markazlarning, yuk terminallarining, konteyner maydonlarining ishini tashkil etish;

    • avtomobillarda yuk tashishning yagona texnologik jarayonlarini ishlab chiqish;

    • transport vositalari harakati grafigini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish;

    • tashiladigan yuklarning yaxshi saqlanishini ta’minlash;

    • tizimli yondashuv mexanizmlarini tatbiq etish.

    Mazkur dasturni tuzishda quyidagi fanlar materiallari asos qilib olingan:



    1. Logistika;

    2. Yo‘lovchilarni tashishning zamonaviy texnologiyalari;

    3. Transport vositalari tuzilishi va nazariyasi;

    4. Yuklarni tashishni tashkil etish.

    Talabgor ko‘rib chiqilayotgan jarayonlarga ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro dialektik bog‘liqligi va fizik mohiyatini to‘la anglab etishga qaratilgan bilimlar, qoidalar va ilmiy masalalar bo‘yicha savollarni chuqur o‘rganishni rejalashtirishi lozim.



    Download 0.66 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




    Download 0.66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A. R. Normirzayev Namangan muhandislik-qurilish instituti

    Download 0.66 Mb.