Ma’ruza-8. (2soat). KUCHLANISH TRANSFORMATORLARI.
Reja:
8.1. Kuchlanish transformatori. Kuchlanish transformatorining asosiy parametrlari. Kuchlanish transformatorlarining aniqlik sinfi va unga qo‘yiladigan talablar. Kuchlanish transformatorlarini vektor diagrammasi.
8.2. Kuchlanish transformatorlarining ulash sxemalari. Tashqi va ichki o‘rnatiladigan kuchlanish transformatorlari.
Tayanch so‘z va iboralar
Kuchlanish transformatori, sosiy parametrlari, aniqlik sinfi, talablar, vektor diagrammasi, ulash sxemalari, tashqi va ichki o‘rnatiladigan kuchlanish transformatorlari.
8.1. Kuchlanish transformatori. Kuchlanish transformatorining asosiy parametrlari. Kuchlanish transformatorlarining aniqlik sinfi va unga qo‘yiladigan talablar. Kuchlanish transformatorlarini vektor diagrammasi.
O‘lchov transformatorlari katta kuchlanish va tok zanjirlariga nazorat–o‘lchov asboblari, rele himoyasi va avtomatika tizimlarini ulash uchun xizmat qiladi.
Ichkariga o‘ranatiladigan kuchlanish transformatorlari ning quyidagi konstruksiyalari keng qo‘llaniladi: NOS, NOSK, NTS, NTSK –6 kVgacha bo‘lgan kuchlanishlarda, NOM, ZNOM, NTMK, NTMI –18 kVgacha bo‘lgan kuchlanishlarda ishlatiladi.
Bu yerda N–kuchlanish transformatori; O–bir fazali; T–uch fazali; S–quruq; K–kompensatsiyalangan; M–moyli; Z–birlamchi cho‘lg‘ami yerga ulangan; I–qo‘shimcha cho‘lg‘amli ekanligini bildiradi.
Tashqariga o‘rnatiladigan NKF 500–bir fazali; moy to‘ldirilgan chinni kojux ichiga joylashtirilgan; K–kaskadli; F–chinni izolyatsiyali ekanligini bildiradi. Bundan tashqari, NDE –(750–1150 kV) –kuchlanishni sig‘imli bo‘lgichli; ZNOG–germetik ishlangan elegazli taqsimlash qurilmalarida o‘rnatish uchun, G–gaz izolyatsiyali konstruksiyalari mavjud.
Kuchlanish transformatorlari kuchlanish bo‘yicha burchak bo‘yicha xatolikka ( = f (Io)) ga ega bo‘ladi.
Bu xatoliklarni kamaytirish uchun kichik magnit qarshilikka ega bo‘lgan magnit o‘zaklar qo‘llaniladi, magnit o‘tkazgichdagi induksiya, magnit sochilishi kamaytirladi. Kuchlanish transformatori yuqori kuchlanishli standart mikdor 100 yoki 100/ V ga gacha kamaytirish, hamda o‘lchash zanjiri bilan rele muhofazasini yuqori kuchlanishli birlamchi zanjiridan ajratish uchun xizmat kiladi.
Xafvsizlikni ta’minlash maqsadida ikkilamchi cho‘lg‘amning chiqishlaridan biri yerga tutashtirilgan bo‘lishi kerak.
Talablar, vektorli diagrammasi .
Kuchlanish transformatorining nominal transformatsiya koeffitsenti quyidagicha farqlanadi.
va o‘ramlar sonining aloqadorligi koeffitsenti
Kuchlanish transformatorida o‘lchanadigan kuchlanish quyidagicha o‘lchanadi:
a) b) v)
8.1–rasm. Kuchlanish transformatorining vektor diagrammasi va tavsifistikalari: a–vektor diagrammasi; b–kuchlanish bo‘yicha xatoligi; v–burchakli xatoligi
Kuchlanish transformatorining almashtirish sxemasi tok transformatorining almashtirish sxemasi singari bir xil bo‘ladi. Kuchlanish transformatorining vektor diagrammasi va xatoliklari 8.1- rasmda keltirilgan.
Vektor diagrammasidan ko‘rinadiki, kuchlanish transformatori kuchlanish va burchak xatoligiga ega bo‘lib, kuchlanish bo‘yicha xatoligi quyidagicha ifodalanadi.
Kuchlanish bo‘yicha xatoligini kamaytirish uchun o‘ramlar soni moslashtiriladi(birlamchi cho‘lg‘am soni kamaytiriladi), bunda,
va
Kuchlanish transformatorining burchak xatoligi
cho‘lg‘amlarni moslashtirish uning xatoligiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Har ikki xatoligi kuchlanish transformatorining yuklamaning quvvat koeffitsenti, transformatorni magnitlovchi tokining qiymati va transformatorning nominal kuchlanish bilan birlamchi cho‘lg‘am kuchlanish orasidagi bog‘lashga bog‘liq.
Xatoligiga qarab kuchlanish transformatorining aniqlik sinfiga, ya’ni 0,2; 0,5; 1; 3 ga bo‘linadi.
Kuchlanish transformatorining ikkilamchi yuklamalarining qiymatiga ko‘ra turli aniqlik sinfida ishlaydi. Agar belgilangan aniqlik sinfida ko‘rsatilgan o‘ta nominal qiymatdan ortiqcha yuklansa, kuchlanish transformatori boshqa yomon aniqlik sinfida ishlaydi. Elektr qurilmalarda bir fazali (O), uch fazali (T) besh sterjenli, kaskadli kuchlanish transformatori qo‘llaniladi.
Kuchlanish transformatorlarining quvvatiga ko‘ra ulangan barcha rele va o‘lchov asboblari cho‘lg‘amlarining umumiy quvvatlari kuchlanish transformatorining nominal quvvatidan oshmasligi kerak, chunki xatolikning ortishiga olib keladi.
Kuchlanish transformatorlari cho‘lg‘amlarining ulanish sxemasiga ko‘ra uchta fazalararo kuchlanishni o‘lchash uchun ochiq uchburchak sxemasi [NTMI] asosida ulangan bir fazali mis cho‘lg‘amli transformatorlar [NOM, NOS, NOL] ishlatish mumkin.
Kuchlanish transformatorlarining cho‘lg‘amlari yulduz shaklida ulangan uch fazali, ikki cho‘lg‘amli transformator NTMK ishlatish mumkin.
Yerga nisbatan kuchlanishni o‘lchash uchun 0/0 sxema asosida ulangan uchta bir fazali transformatorlar, yoki uch fazali uch cho‘lg‘amli transformator NTMI (8.2–rasm, v) ishlatilishi mumkin.
урансформаторлар ёки уч фазали уч чўлғамли трансформатор НТМИ ҳам ишлатиш мумкин. Бу схемада охирги юлклида ўлғам ўлчарини улашди, очиқ учбурчуланган чўлғам ерга тишдаўрнатилади.
8..2–rasm.Kuchlanish transformatorlari cho‘lg‘amlarining ulanish sxemalari.
Oxirgi holda yulduz shaklida ulangan cho‘lg‘am o‘lchash asboblarini ulash uchun qo‘llaniladi, ochiq uchburchaklik asosida ulangan cho‘lg‘amga yerga tutashishdan saqlaydigan muhofazalovchi rele ulanadi. Xuddi shunday qilib uch fazali guruhga ZNOM tipidagi bir fazali uch cho‘lg‘amli transformatorlar va NKF kaskadli transformatorlar ulanadi.
Konstruksiyasi bo‘yicha uch fazali va bir fazali transformatorlar bo‘ladi. Uch fazali kuchlanish transformatori 18 kV gacha bo‘lgan kuchlanishli qurilmalarda bir fazali transformatorlar esa istalgan kuchlanishli qurilmalarda qo‘llaniladi.
8.2.Tashqi va ichkariga o‘rnatiladigan kuchlanish transformatorlari.
NKF–110 transformatori ikki sterjenli magnit o‘tkazgichga ega bo‘lib, uning har bir sterjenida Uf/2 ga hisoblangan VN cho‘lg‘am joylashgan. VN cho‘lg‘amining umumiy nuqtasi magnit o‘tkazgich bilan ulanganligi uchun yerga nisbatan Uf/2 potensial ostida bo‘ladi. VN cho‘lg‘am, shuningdek, magnit o‘tgazgichdan Uf/2 ga izolyatsiyalanadi. NN ning cho‘lg‘amlari (asosiy va qo‘shimcha) magnit o‘tkazgichning pastki sterjeniga o‘ralgan. VN cho‘lg‘amlar bo‘yicha yuklamani bir xil taqsimlash uchun aloqa cho‘lg‘ami P xizmat qiladi. Magnit o‘tkazgich hamda cho‘lg‘amdan tashkil topgan bunday blok chinni g‘ilofga joylashtirilib, ustidan moy quyiladi.
220 kV li kuchlanish transformatorlari (TN) ustma –ust joylashtirilgan ikkita blokdan iborat, ya’ni ikkita magnit o‘tkazgich bilan Uf/4 ga izolyatsiyalangan VN ning to‘rt pog‘ona kaskadli cho‘lg‘amiga ega. NKF–330 va NKF–500 kuchlanish transformatorlari tegishlicha uch va to‘rtta bloklarga, ya’ni VN cho‘lg‘amining olti va sakkizta pog‘onasiga ega.
Cho‘lg‘am kaskadlari qancha ko‘p bo‘lsa, ularning aktiv va reaktiv qarshiliklari shuncha ko‘p bo‘lib, xato ortib boradi va shu sababli NKF–330, NKF–500 transformatorlari faqat 1 va 3 aniqlik sinflarida ishlab chiqariladi.
8.3–rasm Sig‘imli kuchlanish transformatori sxemasi.
Bundan tashqari, kuchlanish qancha yuqori bo‘lsa, kuchlanish transformatorining konstruksiyasi shuncha murakkab va shuning uchun,500kV va undan yuqori kuchlanishli tizilmalarda yuqori chastotali bog‘lash kondensatorlari S1 ga quvvat ajratadigan kondensator S2 (8.3–rasm) yordamida ulangan sig‘imli quvvat ajratadigan transformator qurilmalar qo‘llaniladi. S2 dan olinayotgan kuchlanish (10–15 kV) ikkita ikkilamchi cho‘lg‘amga ega bo‘lgan transformator TNga uzatiladi. Bu transformator ham NKF yoki ZNOM transformator sxemasi asosida ulanadi. Transformator TN ning birlamchi cho‘lg‘amida va reaktor R ning cho‘lg‘amida o‘ramlar sonini pog‘onali rostlash ko‘zda tutilgan, bu hol reaktor induktivligini tanlash va U2 miqdoriga aniqlik kiritish uchun xizmat qiladi. Reaktor R va transformator TN umumiy bakka joylashtiriladi va moy bilan to‘ldiriladi. Transformatorning ishlash aniqligini oshirish uchun uning birlamchi cho‘lg‘am zanjiriga kuchlanish bo‘luvchining sig‘im qarshiligini kompensatsiyalovchi reaktor R ulangan. To‘siq 3 reaktor bilan kuchlanish transformatoriga yuqori chastotali toklarni o‘tkazmaydi.
Nazorat savollari:
1. Kuchlanish transformatorining konstruksiyalari qanday?
2. Nima uchun kuchlanish transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘ami yerga tutashtiriladi?
3. Sig‘imli kuchlanish transformatorining konstruksiyasini tushuntiring?
4. O‘lchov transformatorlarining ulanish sxemalarini izohlang?
5. Uch fazali kuchlanish transformatorlari qanday shartlar asosida qo‘llaniladi?
|