Ma’ruza-17. (2soat). PAST KUCHLANISHLI APPARATLAR




Download 110,96 Kb.
bet18/19
Sana22.02.2024
Hajmi110,96 Kb.
#160491
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fan-fayllar.org

Ma’ruza-17. (2soat).

PAST KUCHLANISHLI APPARATLAR.

Reja:
17.1. Past kuchlanishli apparatlar. Rubilniklar, avtomatlar, magnitli ishga tushirgichlar, kontaktorlar va saqlagichlarni ko‘rsatmalari, turlari va tuzilishlari.


17.2. Past kuchlanishli apparatlarni tanlash va tekshirish.
Tayanch so‘z va iboralar
Past kuchlanishli apparatlar, rubilniklar, avtomatlar, magnitli ishga tushirgichlar, kontaktorlar va saqlagichlarni ko‘rsatmalari, turlari va tuzilishlari, tanlash va tekshirish.
17.1. Past kuchlanishli apparatlar. Rubilniklar, avtomatlar, magnitli ishga tushirgichlar, kontaktorlar va saqlagichlarni ko‘rsatmalari, turlari va tuzilishlari.
Ikki (ulangan, uzilgan) holatga qo‘lda harakatlantiriladigan noavtomatik o‘chirgich rubilnik deb ataladi (17.1–rasm, a). Ikkita turli zanjirlarga navbati bilan ulash uchun xizmat qiladigan rubilnik qayta ulagich deb yuritiladi.
Rubilnik va qayta ulagichlar 500 V gacha bo‘lgan nominal kuchlanishga bir, ikki va uch qutbli qilib ishlab chiqariladi. Yoy so‘ndiruvchi qurilmasi bo‘lmagan rubilniklar toksiz zanjirlarni uzish va ochiq uzilishlar hosil qilishga mo‘ljallangan. Yoy so‘ndiruvchi qurilmali rubilniklar Inom gacha bo‘lgan tokni uzish imkoniga ega.
R va P (uch qutbli) yoki RO, PO (bir qutbli) tipdagi markaziy dastagi rubilnik va qayta ulagichlar 100–600 A toklar uchun ishlab chiqariladi. Rubilnikning hamma detallari izolyatsion plitaga o‘rnatiladi. O‘tkazgichlar oldi yoki orqa tomonidan ulanishi mumkin. Bunday rubilnik va qayta ulagichlar bilan tokni uzishga ruxsat etilmaydi, chunki hosil bo‘ladigan yoy qisqa tutashuvga olib kelishi yoki ishlayotgan xodimni kuydirishi mumkin.
Richag bilan harakatlantiriladigan rubilnik va qayta ulagichlar (17.1–rasm, b) ikki tomondan xizmat ko‘rsatiladigan shchitlarda keng qo‘llaniladi. Bunday rubilniklar yoy so‘ndiruvchi panjarali kamera 4 ga ega.

17.1–rasm. Rubilniklar:


a–markaziy dastakli (R tipdagi); b – richag yuritmali (RPS tipdagi); 1–pichoq; 2–qo‘zg‘almas kontaktlarning sharnirli stoykalari; 3–kontakt stoyka; 4–yoy so‘ndiruvchi kamera.
17.2–rasm. Kulachokli qayta ulagich PKUZ.
Paketli va kulachokli qayta ulagichlar bir vaqtning o‘zida
bir necha elektr zanjirlarida murakkab qayta ulashlar uchun, masalan, boshqarish, o‘lchash va shunga o‘xshash zanjirlarda xizmat qiladi. 19.2–rasmda 10 A ga va o‘zgaruvchan tokning 500 V ga hamda
o‘zgarmas tokning 220 V ga mo‘ljallangan kulachokli qayta ulagichi
ko‘rsatilgan. Dastakni 45° ga burib zanjirlar qayta ulanadi.
Nol holatiga o‘zi qaytadigan bir yoki bir necha holatlarni ushlab
turadigan konstruksiyalar mavjud. Bunday qayta ulagichdagi kontaktlar soni 2 dan 32 gacha bo‘lishi mumkin.
17.2. Past kuchlanishli apparatlarni tanlash va tekshirish.


Rubilniklar quyidagilarga qarab tanlanadi:
Tizilmaning kuchlanishi bo‘yicha ;
yuklama toki bo‘yicha , ;
konstruktiv tuzilishiga qarab;
elektrodinamik mustahkamligi bo‘yicha ;
termik mustahkamligi bo‘yicha ;
Nominal tok I nom porron chegara tok i dav.tash , termik mustahkamlik vaqti va toki tt,It bildirgichlarda keltiriladi. I norm bilan Imax ni aniqlash yuqoridagi boblarda ko‘rib o‘tilgan.
Kontaktorlar bu uzokdan ta’sir etadigan jihozlar bo‘lib, normal ish rejimidagi elektr zanjirlarni ko‘p ulash va uzish uchun xizmat qiladi. Kontaktorlar 3–4000 A tokka o‘zgarmas tokli kuchlanishning 220, 440, 650, 750 V va o‘zgaruvchan tokli kuchlanishning 380, 500 va 660 V ga mo‘ljallab ishlab chiqariladi va soatiga 600–1500 marta ulash imkonini beradi. Kontaktorlarning ayrim maxsus seriyalari soatiga 14000 martagacha ulash imkoniyatini beradi.
Saqlagichlarning turlari va tuzilishi
Elektr zanjirda qisqa tutashuv yoki o‘ta yuklanish bo‘lsa uni avtomatik ravishda bir marta uzish uchun xizmat qiladigan jihoz saqlagich, deb ataladi. Zanjirni saqlagich vositasida uzish eruvchan qo‘ymaning erishi orqali amalga oshadi, bu eruvchan qo‘yma o‘zidan muhofazalanmagan zanjirning toki o‘tganda qizib eriydi. Zanjir uzilgandan so‘ng eruvchan qo‘yma qo‘lda almashtirilishi lozim.
Konstruksiyasining soddaligi va arzonligi sababli eruvchan saqlagichlar sanoat elektr tizilmalarida, elektr stansiyalari va podstansiyalarida, turmushda keng qo‘llaniladi. Saqlagichlar turli konstruksiyalarga ega bo‘lishi mumkin va milliamperdan minglab amperlargacha toklarga mo‘ljallanadi. Hamma saqlagichlarda asosiy elementlar bo‘lib: korpus, eruvchan qo‘yma, kontakt qism, yoy so‘ndiruvchi qurilma yoki yoy so‘ndiruvchi muhit hisoblanadi.

17.3–rasm. Saqlagichning vaqt tokli tavsifi


Saqlagichlar eruvchan qo‘ymaning nominal toki bilan, ya’ni eruvchan qo‘yma uzoq ishlashi uchun hisoblangan tok bilan tavsiflanadi. Saqlagichning birgina korpusiga turli nominal toklarga mo‘ljallangan eruvchan qo‘ymalar o‘rnatilishi mumkin, shuning uchun ayni saqlagich saqlagichning nominal toki bilan tavsiflanib, u mana shu konstruksiyadagi saqlagich uchun mo‘ljallangan eruvchan qo‘ymalarning
nominal toklari ichida eng kattasiga teng. Normal rejimda yuklama toki ta’sirida eruvchan qo‘ymadan ajrayotgan issiqlik atrof–muhitga tarqaladi va saqlagichning hamma qismlarining harorati ruxsat etilgandan oshmaydi. O‘ta yuklanish va qisqa tutashuvlarda qo‘yma harorati ortib, uning erishiga olib keladi. Demak, tok qancha katta bo‘lsa, qo‘ymaning erish vaqti shuncha kichik bo‘ladi. Erish (ishlay boshlash) vaqtining tokka bog‘liqligi saqlagichning vaqt–tok tavsifi deb yuritiladi (17.3–rasm).
Eruvchan qo‘yma –saqlagichning asosiy elementi bo‘lib, mis, rux, qo‘rg‘oshin va kumushdan tayyorlanishi mumkin. Rux va qo‘rg‘oshinning erish harorati kichik (tegishlicha 419 va 3270S). Rux korroziyaga chidamli, shuning uchun eruvchan qo‘ymaning kesimi ishlatish vaqtida o‘zgarmaydi, tavsifistikasi doimiy qoladi. Biroq mustahkam oksid plyonka tufayli qo‘yma eriganda buzilmaydi, suyuq metall plyonka ichida saqlanadi. Bu esa Icheg ning keng chegaralarda o‘zgarishiga olib keladi. Rux va qo‘rg‘oshinning solishtirma qarshiligi katta, shuning uchun ulardan tayyorlangan eruvchan qo‘ymalar katta kesimga ega. Bunday qo‘ymalarni saqlagichlarda to‘ldirgichlarsiz ishlatish mumkin. Rux va qo‘rg‘oshindan qilingan qo‘ymali saqlagichlar o‘ta yuklanishdan katta tutib turish vaqtiga ega.
Qo‘yma erigandan so‘ng elektr yoy hosil bo‘lib, uni mumkin qadar tez o‘chirish lozim. Saqlagichlarda yoyni so‘ndirish uchun tor tirqish, gazlarning yuqori bosimi, puflash effektidan foydalaniladi. Hech qanday shikastlanish yoki deformatsiya sodir bo‘lmasdan saqlagich uzishi mumkin bo‘lgan eng katta tok uzishning chegara toki deb yuritiladi.
NAZORAT SAVOLLARI:

1. Saklagichning kuyish bog‘lanishini tushuntiring
2. Rubilnikning ishlash tavsifini ayting.
3.Kontaktorni asosiy vazifasini ayting?
4. Saqlagichli sxemada qaysi talablar asosiy xisoblanadi?
5. Saqlagichni asosiy kamchiliklari nimalardan iborat?


Download 110,96 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 110,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza-17. (2soat). PAST KUCHLANISHLI APPARATLAR

Download 110,96 Kb.