A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fanidan ma’ruzalar kursi farg‘ona – 2022 y




Download 110,96 Kb.
bet15/19
Sana22.02.2024
Hajmi110,96 Kb.
#160491
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fan-fayllar.org

Uzish vaqti t0,v –uzishga berilgan komanda vaqtidan boshlab to hamma qutblarda yoy so‘nguncha bo‘lgan vaqt.
Ulash vaqti t v,v –ulashga berilgan komanda vaqtidan boshlab to zanjirda tok paydo bo‘lguncha ketgan vaqt.
7. Nominal uzish tokidagi tiklanuvchi kuchlanish parametrlari
tiklanuvchi kuchlanish tezligi, normalangan egri chiziq, amplitudadan oshib ketuvchi hamda tiklanuvchi kuchlanish koeffitsienti.
12.2. Moyli bakli o‘chirgichlar va kam moyli (tuvakchali) o‘chirgichlar.
Moyli bakli o‘chirgichlardagi moy yoyni so‘ndirish va tok o‘tkazuvchi qismlarni izolyatsiyalash uchun xizmat qiladi.
Kam moyli (tuvakchali) o‘chirgich hamma kuchlanishdagi yopiq va ochiq taqsimlash qurilmalarida keng qo‘llaniladi. Xona ichiga o‘rnatish uchun o‘chirgichlarning kontaktlari po‘lat bochkada (tuvakchada) joylashadi, o‘chirgichlarning «tuvakchali» nomi ham shu yerdan kelib chiqqan. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli kam moyli o‘chirgichlar chinni korpusga ega, 6–10 kV li osma tipdagi o‘chirgichlar keng tarqalgan. Bu o‘chirgichlarda uchala qutblar uchun korpus chinni izolyatorlarda umumiy ramaga mahkamlanadi. Har bir qutbda kontaktlarning bitta uzilishi va yoy so‘ndiruvchi kamera nazarda tutilgan.
Katta nominal toklarda bir juft kontaktlar (ular ish va yoy so‘ndiruvchi vazifasini bajaradi) bilan kifoyalanish qiyin, shuning uchun o‘chirgichning tashqarisiga ishchi kontaktlari, metall bak ichiga esa yoy so‘ndiruvchi kontaktlar o‘rnatiladi. Uziladigan tok katta bo‘lganda har bir qutbga ikkitadan yoy so‘ndiruvchi uzilish bo‘ladi . Shu sxema asosida MGG va MG seriyadagi 20 kV va undan kichik kuchlanishli o‘chirgichlar ishlab chiqariladi. Tashqi massiv ishchi kontaktlari 4 o‘chirgichni katta nominal toklarga hisoblash imkonini beradi (9500 A gacha). 35 kV va undan yuqori kuchlanishlardagi o‘chirgichlarning korpusi chinnidan tayyorlanadi, VMK seriyasi–kam moyli kolonkali o‘chirgich). 35, 110 kV li o‘chirgichlarda har qutbga bitta uzilish bo‘lib katta kuchlanishlarda ikki va undan ortiq uzilish bo‘ladi.
1 5.1. Yuqori kuchlanishli uzatgichlar va qisqa tutashtirgichlar. Uzgichlar va qisqa tutashtirgichlarning ko‘rsatmalari, turlari va tuzilishlari.
Qisqa tutashtirgichlar ta’minlovchi liniyaning releli himoyasi ta’sirida sun’iy q. t. hosil qilingandan so‘ng shikastlangan transformatorni uzish uchun podstansiyalarning soddalashtirilgan sxemalarida qo‘llaniladi.

35 kV li tizilmalarda qisqa tutashtirgichning ikki qutbli qo‘llanilib, ular ishga tushganda sun’iy ravishda ikki fazali q. t. hosil bo‘ladi. Neytrali yerga tutashtirilgan tizilma (110 kV va undan yuqori) qisqa tutashtirgichning bir qutbi qo‘llaniladi (15.1–rasm). KZ–35 tipli qisqa tutashtirgichning konstruksiyasi 15.2–rasmda ko‘rsatilgan. Qisqa tutashtirgichlar yuritmasi, kuchlanish ostida bo‘lgan qo‘zg‘almas kontaktga yerga tutashtirilgan pichoqning ulanishini ta’minlaydigan prujinaga ega. Yuritmaning ishlashi uchun rele muhofazasidan impuls beriladi. Uzish qo‘lda bajariladi. Qisqa tutashtirgichni ulashda yoy hosil bo‘lishini va jihozning buzilishining oldini olish uchun, pichoqning katta tezlikda harakatlanishini ta’minlash kerak. Hozirgi konstruksiyalarda qisqa tutashtirgichni ulash vaqti 0,4–0,5 s ni tashkil etadi. Ulashni tezlatish uchun pichoqqa harakatning poroxli zaryadning portlash kuchini beradigan konstruksiyali qisqa tutashtirgichlar ham mavjud.


15.2. Uzgich va qisqa tutashtirgichlarning tanlanishi, ularning yuritmalari.
Uzgich tashqi ko‘rinishi jihatidan ajratkichdan farq qilmaydi, lekin unda uzish uchun prujinali yuritmasi bor. Uzgichni ulash qo‘lda bajariladi. Uzgichlar, ajratkichlar singari, bir yoki ikki tomondan yerga tutashtiruvchi pichoqlarga ega bo‘lishi mumkin. Mavjud OD konstruksiyalarning kamchiligi bo‘lib, ularni uzish vaqtining juda kattaligi hisoblanadi (0,5–1 s).
Uzgichlar toksizlangan zanjirni yoki transformatorning magnitlovchi tokini uzishi mumkin, biroq qisqa tutashtirgichning ishga tushishidan hosil bo‘lgan q. t. tokini uzgichlar uzishi mumkin emas, shu sababli OD va KZ boshqarish sxemalarida blokirovka mavjud bo‘lib, u qisqa tutashtirgich zanjiri (15.2–rasm) ga o‘rnatilgan tok transformatori TT orqali tok o‘tganda uzgichni uzishiga imkon bermaydi.
15.1–rasm. Uzgich va qisqa tutashtirgichlarning ulanish sxemalari:

a–110 kV va undan yuqori tizilmalarda; b–35 kV li tizilmalarda.


Ochiq konstruksiyali uzgich va qisqa tutashtirgichlar ob–havo sharoitlarida (sovuq, yaxlash) yetarli darajada ishonchli ishlamaydi. Ekspluatatsiya vaqtida ishlamay qolgan hollari ham kuzatiladi. Bu konstruksiyalar o‘rniga elegaz bilan to‘ldirilgan, yopiq kamerada joylashgan kontakt tizimli uzgich va qisqa tutashtirgichlar ishlab chiqarilgan.
Qo‘zg‘aluvchi kontakt yerga tutashtiruvchi shina bilan egiluvchan bog‘lamalar orqali biriktirilgan. Kontakt kameraning bo‘shlig‘i ortiqcha 0,3 MPa bosimli elegaz (SG‘6) bilan to‘ldirilgan. Yuqorida aytilganidek, elegaz yuqori elektr mustahkamlikka ega. Atmosfera bosimida uning mustahkamligi havonikiga qaraganda 2–3 marta yuqori, 0,3 MPa bosimda esa elegazning mustahkamligi toza transformator moyining mustaqkamligi bilan teng. Elegaz yonmaydi, yonishga ko‘maklashmaydi, shuning uchun elegazli jihozlar portlash bilan yong‘inga xavfli emas. Kamera ichidagi bosim atmosfera bosimigacha kamayganda kontaktlar orasidagi bo‘shliq shikastlanmasdan eng katta ish kuchlanishni ushlab turishi mumkin. Kameraning germetikligi chinni korpuslar va metall flaneslar orasiga qo‘yilgan rezina halqali qistirmalar (rasmda ko‘rsatilmagan) va qo‘zg‘aluvchan tortqi o‘tadigan joydagi gidravlik zatvor bilan ta’minlanadi. Pastki kontakt silindr bilan ekranlangan sterjendan iborat. Qo‘zg‘almas kontakt rozetka ko‘rinishida tayyorlangan. Kontaktning lamellari yonishdan ekran bilan muhofazalangan.
220 kV li KE–220 qisqa tutashtirgichidagi ikkita kontakt kamera ham shu konstruksiyaga ega.
Elegaz bilan to‘ldirilgan yopiq ishlangan uzgich kuch transformatorlarining magnitlovchi toklarini hamda liniyalarning zaryad toklarini ulash va uzish uchun xizmat qiladi. Uzgich OE–110 avtomatik ulash va uzishni ta’minlaydi.
Uchta qutblar umumiy asos 9 da o‘rnatilgan. Tok o‘tkazuvchi simlar kontakt chiqqichlarga yuqori va o‘rta flaneslarda ulanadi. Qontakt kameraning ichida rozetka ko‘rinishidagi qo‘zg‘almas kontakt va ekranli ichi bo‘sh qo‘zg‘aluvchan kontakt mavjud. Ulash PPO yuritma prujinalarining kuchi hisobiga bajariladi. Kontaktlardagi bosim siqilgan prujina 4 va prujinalanadigan rozetkasimon kontakt hisobiga hosil qilinadi. Uzish uzgich asosida joylashgan uzuvchi prujinalar hisobiga avtomatik ravishda sodir bo‘ladi.
110 kV li uzgichning kontakt kamerasi juda yuqori kuchlanishli jihozlar uchun modul hisoblanadi. Masalan, 220 kV li uzgichda ikkita kamera bo‘lishi kerak.
Yopiq ishlangan qisqa tutashtirgich va uzgichlarning afzalligi bo‘lib, aniq ishlashi hamda ulash (KE) va uzish (OE) vaqtining kichikligi hisoblanadi.
NAZORAT SAVOLLARI:

1.O‘chirgich deb qanday jixozga aytiladi?
2.Kam moyli o‘chirgichdagi moyning asosiy vazifasiga nima kiradi?
3.Ko‘p moyli o‘chirgichdagi moyning asosiy vazifasiga nima kiradi?
4.Moyli o‘chirgichlarning afzallik tomonlarini ko‘rsating.
5.Moyli o‘chirgichlarning afzallik tomonlarini ko‘rsating.
6.Uzgich deb nimaga aytiladi?
7.Uzgichning kamchiliklarini ayting.
8.Uzgich ajratkich bilan qanday farqlanadi?
9.Qisqa tutashtirgichning asosiy vazifasini ayting.

Download 110,96 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 110,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fanidan ma’ruzalar kursi farg‘ona – 2022 y

Download 110,96 Kb.