• Ajratgichlarga qoyiladagan talablar
  • Ajratgichlarni tanlash
  • Ajratkich va bo’lgichlar ajratkichlar




    Download 416,02 Kb.
    bet1/2
    Sana07.10.2024
    Hajmi416,02 Kb.
    #273973
      1   2
    Bog'liq
    AJRATKICH


    AJRATKICH VA BO’LGICHLAR

    Ajratkichlar. Taqsimlash qurilmalarida ajratkich (raz’edinitel’)lardan yuklama uzgich yordamida uzib qo`yilgandan so`ng qurilma shinalari va bino jixozlarning ayrim qurilmalarini tok manbaidan ajratib qo`yishda foydalaniladi.
    Ajratgichlar bu elektr zanjirini toksiz yoki kichikroq tok bilan uzishga mo`ljallangan va sxemalarda «ko`rinadigan oraliq» hosil qilish uchun xizmat qiladigan kommutatsion jixozdir.
    Taqsimlash qurilmalarining elektr zanjirlarida o`rnatilgan ajratkichlar elektr uskunalarini butun qurilmani ishini to`xtatmasdan remont qilishga imkon beradi.
    Ajratgichlar bilan yuklama toklarini uzib bo`lmaydi, chunki ularda yoy so`ndiruvchi qurilmalar yo`q va yuklama toklarini yanglish uzish turg`un qisqa tutashuv hosil bo`lishiga olib keladi. Bundan tashqari, ko`pgina taqsimlash qurilmalarda ajratkichlardan yuklamani uzmasdan operativ qayta ulashlar, masalan, zanjirlarni taqsimlash qurilmasining bitta bosh shina tizimidan ikkinchisiga o`tkazish uchun ham foydalaniladi. Ajratkichlar bilan elektr yoyi hosil bo`lish ehtimoli bo`lgan tok zanjiri uzilmasligi kerak.
    Biroq sxemalarni soddalashtirish maqsadida ajratgichlar bilan quyidagi operasiyalarni bajarishga ruxsat etiladi: -transformator neytrallarini va yerga ulovchi reaktorlarni uzish va ulash; -shinalar va barcha kuchlanish jihozlarining zaryad toklarini uzish; -yuklama toklarini 15 A gacha 10 kV va undan past kuchlanishlarda uch qutbli ajratgichlar yordamida uzish va ulash.
    Ajratgichlar bilan uziladigan tokning qiymati uning konstruksiyasiga, qutblar orasidagi masofaga, qurilmalarning nominal kuchlanishlariga bog`liqdir. Shuning uchun bunday ishlarni maxsus yo`riqnomalar orqali amalga oshiriladi.
    Ajratkich bilan yuklama toki uzish vaqtida uncha katta yoy hosil qilmaydigan zanjirlarnigina uzish mumkindir. Masalan, ajratkichlar yordamida kuchlanish o`lchov transformatorlari va yuklamasi bo`lmaganda kuch transformatorlarini uzish mumkin. Shu bilan birga 10 kV gacha mo`ljallangan qurilmalardagi kuch transformatorlarining quvvati 20000 kV*A, kuchlanishi 110 kV gacha mo`ljallangan qurilmalardagi kuch transformatorlarning quvvati esa 31500 kV*A dan oshmasligi kerak. 35 kV va undan ortiq kuchlanishli qurilmalarda transformatorlarni uzish uchun ajratkichlar gorizontal holatda qutblari orasidagi masofani bir oz uzaytirib o`rnatiladi.
    Ajratkichlar o`zining o`rnatiladigan joyiga ko`ra bino ichida va tashqarida o`rnatiladiganlarga; qutblar soniga qarab bir va uch qutbli; konstruksiyasi bo`yicha, ya’ni pichoqlarining joylashishi va harakat yo`nalishiga qarab,–vertikal buralma, gorizontal–buralma hamda tiqilgan (shtepselli), dumalovchi, pantografik va osma tipida ishlab chiqariladi.




    RLND-35/600 ajratgichi: 1-asos-sokol; 2-qo'zg'almas izolyatorlar; 3-burish izolyatori; 4-o'q; 5-mexanizm; 6-asosiy pichoq; 7,8-shox; 9-qayishqoq sim; 10- qisma; 11-yerga ulash pichog'i; 13-tortqi; 14,15-vallar

    Ajratgichlarga qo'yiladagan talablar: havoda «ko'rinadigan oraliq» hosil qilishi; qisqa tutashuv toklariga elektr dinamik va termik chidamlilikka ega bo'lishi; o'z holicha uzilishlarga yo'l qo'ymasligi; og'ir sharoitlarda (yomg'ir, qor, muzlama, shamol, Orol bo'yida tuz zarrachali chang bilan ifloslanish) ham uzish va ulash ishlarini aniq bajarishi.
    Ajratgichlarni tanlash. Ajratgichlar avvalo o'rnatish kuchlanishi Uust (napryajenie ustanovki) qiymatiga qarab tanlanadi. Ajratgichning nominal kuchlanishi Unom o'rnatish kuchlanishi Uust dan katta yoki unga teng bo'lishi kerak: Unom > Uust, hamda o'rnatish o'rni va konstruksiyasi e’tiborga olinadi. Ajratgichlar tok bo'yicha, xuddi shinalar kabi, quyidagi talabga qarab tanlanadi: Inom > Irab.max, bunda Inom -ajratgich nominal toki, katalog bo'yicha tanlanadi, va Irab.max - ta’mir yoki avriyadan keyingi tartibda yuklamaning maksimal toki.
    Tanlangan jixozlarning termik chidamligi quyidagi shartga muvofiq tekshiriladi:

    Download 416,02 Kb.
      1   2




    Download 416,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ajratkich va bo’lgichlar ajratkichlar

    Download 416,02 Kb.