Ajratkich va bo’lgichlar ajratkichlar




Download 416,02 Kb.
bet2/2
Sana07.10.2024
Hajmi416,02 Kb.
#273973
1   2
Bog'liq
AJRATKICH

Bi^IТТ (3.3)
Formulada: Bi - hisobiy issiqlik impulsi, (kA)2*s; tok IT -termik chidamlikning chegaraviy toki, kA, katalogdan olinadi; T - chegaraviy tokni ruxsat etilgan o'tish vaqti katalogdan olinadi.
Ichki ajratkichlar. Bino ichida o'rnatiladigan uch qutbli va bir qutbli ajratkichlarda bir-birini orasiga kiruvchi kontaktlar bo'ladi. Bu kontaktlarning pichoqlari izolyatorlar o'qi tekisligida vertikal harakatlanadi. Bino ichida o'rnatiladigan uch qutbli ajratkichlar RV (raz’edinitel’ vnutrenniy) harflari bilan, bir qutbli ajratkichlar esa RVO (raz’edinitel’ vnutrenniy odnopolyusniy) harflari bilan belgilanadi. RV va RVO ajratkichlari 6 kV va 10 kV kuchlanishga hamda 400A, 600A, 1000 A nominal tokka mo'ljallab ishlab chiqariladi.
RV markali uch qutbli ajratkich asosi to'rt burchakli va profilli po'latdan payvandlab yasalgan.
Ajratkich quyidagi qismlardan tuzilgan: 1-rama, 2-tirgak, 3-ishga soluvchi richag, 4-val, 5-po'lat plastinalar, 6-yerga ulash bolti, 7-pichoq, 8-prujina, 9- chinni tortqi, 10-qo'zg'almas kontakt ustunchasi, 11-izolyator. Ramaga 6 ta chinni tayanch izolyatorlar 11 mahkamlangan. Har qaysi tayanch izolyatorda qo'zg'almas kontakt ustunchasi 10 vazifasini bajaruvchi mis burchakli mahkamlangan.
Bir-biridan ma’lum masofada o'zaro parallel qilib joylashtirilgan ikkita mis plastinkadan iborat pichoqlar 7 ajratkichning qo'zg'aluvchan kontaktlari bo'lib, pichoq plastinalari kontakt ustunchalariga tegib, ularning yon qirralari bilan chiziqli birlashish hosil qiladi. Bunda bosim kuchi prujina 8 lar yordamida hosil qilinadi. Rama bo'ylab val 4 o'tadi. Valning tashqi uchiga ishga soluvchi richag 3 shtif yordamida mahkamlangan.

RV-10/600 uch qutbli ajratkich: : 1-rama; 2-tirgak; 3-ishga soluvchi richag; 4-val; 5-po'lat plastinalar; 6-yerga ulash bolti; 7-pichoq; 8-prujina; 9-chinni tortqi; 10-qo'zg'almas kontakt ustunchasi; 11-izolyator.

Bo'lgichlar. Kuch transformatorlarini yuklamasi bo'lmagan vaqtda, shikastlangan transformatorni elektr ta’minlash shinasidan tok bo'lmagan vaqtda, mavjud transformatorning elektr ta’minlash zanjiridan uzgich yordamida uzilgan vaqtda avtomatik ravishda uzib ayirish uchun mo'ljallangan uch qutbli jixoz bo'lgich (otdelitel’) deb ataladi. Bo'lgichlar 35, 110 va 220 kV nominal kuchlanishlarga mo'ljallab chiqariladi.
OD-35, OD-110, OD-220 bo'lgichlari mos bo'lgan RLND ajratkichlari bazasida quriladi. Bo'lgichlar ajratkichlardan kontaktlarni tez ajratilishini ta’minlovchi uzish prujinalarining bo'lishi bilan tafovutlanadilar.
Bo'lgichni montaj qilish vaqtida uning uchta qutbi birlashtirilib, uch qutbli ajratgich hosil qilinadi. Jixoz avtomatik qurilmasi bo'lgan, SHPO avtomatik yuritma, ya’ni bo'lgichning metall shkafdagi yuritmasi, bilan boshqariladi. Bo'lgich ulanganda uning uzish prujinalari buralgan bo'lib, prujinani bunday holatda yuritma ushlab turadi. Yuritmaga o'rnatilgan rele, uzish elektromagnitining ishga tushishi bilanoq, yuritmaning uzish prujinalari ta’sirida ayriladi. Bo'lgichni ulash va uning uzish prujinalarini burash olinadigan dasta yordamida, qo'l bilan bajariladi.
Download 416,02 Kb.
1   2




Download 416,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ajratkich va bo’lgichlar ajratkichlar

Download 416,02 Kb.