Ma’ruza-11. (2soat). YUQORI KUCHLANISHLI KOMMUTATSION APPARATLAR




Download 110,96 Kb.
bet12/19
Sana22.02.2024
Hajmi110,96 Kb.
#160491
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fan-fayllar.org

Ma’ruza-11. (2soat).

YUQORI KUCHLANISHLI KOMMUTATSION APPARATLAR.

Reja:
11.1. Elektr yoyni hosil bo‘lishi va yonish shartlari. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklarning elektr yoyini hosil bo‘lishi. Ionizatsiya faktorlari.


11.2. O‘zgaruvchan tokning yoyini so‘ndirish. O‘zgaruvchan tokning yoyini so‘ndirish usullari.
Tayanch so‘z va iboralar
Elektr yoyi , yoyni hosil bo‘lishi ,yonish shartlari, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklarning elektr yoyini hosil bo‘lishi, ionizatsiya faktorlari, o‘zgaruvchan tokning yoyini so‘ndirish., yoyni so‘ndirish usullari.
11.1. Elektr yoyni hosil bo‘lishi va yonish shartlari. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklarning elektr yoyini hosil bo‘lishi. Ionizatsiya faktorlari.
Katta kuchlanishli zanjirlar uzilganda kontaktlar orasida tok mavjud bo‘lgan hollarda elektr yoyi hosil bo‘ladi. Elektr yoyi yuqori haroratga va o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ionlashgan gazlardan tashkil topgan bo‘ladi. Kontaktlar ajralish momentida ular orasida potensiallarning katta farqi hosil bo‘ladi va katta kuchlanganlikka ega bo‘lgan elektr maydoni hosil bo‘ladi (N=U/L). Bu maydon kontaktlararo bo‘shliqdagi erkin elektronlarga ta’sir qilib ularni kinetik energiya olib katoddan anodga qarab harakatlanishiga majbur qiladi. Yoyning hosil bo‘lishi va turg‘un yonishi kontaktlar orasidagi ionlashish hodisasiga bog‘liq. Kommutatsiya jihozlarida quyidagi ionlashish faktorlari mavjud:
1. Zarbaviy ionlashish.
2. Avtoelektron emissiya.
3. Termik yoki issiqlik ionlashishi.
4. Termo–elektron emissiya.
Zarbaviy ionlashishda katoddan anodga harakatlanayotgan erkin elektronlar yetarli kinetik energiyaga ega bo‘lsa, gazning neytral molekulalari bilan to‘qnashib uning elektronini urib chiqaradi. Natijada musbat ion hosil bo‘ladi va ular ham zarbaviy ionlashishda ishtirok etadi.
Avtoelektron emissiya kontaktlar ajralishining dastlabki momentida yuz beradi. Kontaktlar orasidagi masofa hali kichik bo‘lgan paytda elektr maydonining kuchlanganligi yuqori bo‘ladi va katod yuzasidan erkin elektronlarning uchib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bu faktorlar sababli elektr yoyi hosil bo‘ladi. Yoy yuqori haroratga ega bo‘lganligi tufayli termik yoki issiqlik ionlashishi sodir bo‘ladi. Haroratning ko‘tarilishi natijasida zaryadlangan zarrachalarning issiqlik harakati ko‘payadi va yetarli haroratda neytral molekulalar zaryadlangan zarrachalarga bo‘linib ketadi.
Termoelektron emissiya hodisasida haroratning ortishi bilan katod materialidagi elektronlarning issiqlik harakati ortib boradi va yetarli energiyaga ega bo‘lgan paytda ular kontaktlararo bo‘shliqqa uchib chiqadi.
Yoyning yonish jarayonida ionlashish hodisasi bilan birga aksionlashish yoki rekombinatsiya, ya’ni zaryadlangan zarrachalarning birlashish hodisasi ham ro‘y beradi. Yoy hosil bo‘lgan dastlabki paytda ionlashish ko‘proq bo‘ladi, so‘nishga yaqin paytda aksionlashish hodisasi ko‘proq bo‘ladi.
11.2. O‘zgaruvchan tokning yoyini so‘ndirish. O‘zgaruvchan tokning yoyini so‘ndirish usullari.
1000 Vgacha bo‘lgan kommutatsiya jihozlarida yoyni quyidagicha so‘ndirish usullari keng qo‘llaniladi:
1. Kontaktlarni tezlik bilan ajratish orqali yoyning uzunligini oshirish.
Bunda yoy ustuni qanchalik uzun bo‘lsa uni yonib turishi uchun shuncha ko‘p kuchlanish kerak bo‘ladi. Agar manba kuchlanishi yetarli bo‘lmasa yoy so‘nadi.
2. Yoyni qator kichik qismlarga bo‘lish.

Agar hosil bo‘lgan yoyni metall plastinkalardan yig‘ilgan yoy so‘ndiruvchi panjaraga tortilsa u kichik yoylarga bo‘linib ketadi. Har bir yoy o‘zining katod va anod kuchlanishiga ega bo‘ladi. Agar bu kuchlanishlar yig‘indisi tarmoq kuchlani–shidan kam bo‘lsa yoy so‘nadi.


3. Yoyni tor tirqishlarda so‘ndirish.

Agar yoy yoyga chidamli material hosil qilgan tor tirqishda yonsa, sovuq yuzaga tegish orqali intensiv sovush va zaryadlangan zarrachalarni atrof muhitga diffuziyasi sodir bo‘ladi. Bu esa aksionlashish hodisasini tezlashuviga va yoyning so‘nishiga olib keladi.


4. Yoyni magnit maydonda harakatlantirish.
Elektr yoyiga tokli o‘tkazgich sifatida qarash mumkin. Agar yoy magnit maydonda bo‘lsa unga kuch ta’sir etadi. Yoy o‘qiga perpendikulyar yo‘naltirilgan magnit maydoni hosil qilinsa yoy ilgarillanma harakatga erishib yoy so‘ndirish kamerasi tirqishiga tortilib cho‘ziladi va so‘nadi.
3–va 4–usullar 1000 Vdan yuqori kuchlanishlarda ham qo‘llaniladi.

Download 110,96 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Download 110,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza-11. (2soat). YUQORI KUCHLANISHLI KOMMUTATSION APPARATLAR

Download 110,96 Kb.