Ma’ruza-12. (2soat). YUQORI KUCHLANISHLI KOMMUTATSION APPARATLAR




Download 110,96 Kb.
bet14/19
Sana22.02.2024
Hajmi110,96 Kb.
#160491
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fan-fayllar.org

Ma’ruza-12. (2soat).

YUQORI KUCHLANISHLI KOMMUTATSION APPARATLAR.

Reja:
12.1. Yuqori kuchlanishli o‘chirgichlar. Yuqori kuchlanishli o‘chirgichlarning ko‘rsatmalari, turlari va parametrlari.


12.2. Moyli bakli o‘chirgichlar va kam moyli (tuvakchali) o‘chirgichlar.
12.3. Yuqori kuchlanishli uzatgichlar va qisqa tutashtirgichlar. Uzgichlar va qisqa tutashtirgichlarning ko‘rsatmalari, turlari va tuzilishlari.
12.3. Uzgich va qisqa tutashtirgichlarning tanlanishi, ularning yuritmalari.
Tayanch so‘z va iboralar

O‘chirgichlar, tiplari, konstruksiyalari yoy so‘ndirish kamerasi, so‘ndirish usullari, yuqori kuchlanishli o‘chirgichlarning ko‘rsatmalari, turlari , parametrlari, moyli bakli o‘chirgichlar va kam moyli (tuvakchali) o‘chirgichlar.
Yuqori kuchlanishli uzatgichlar va qisqa tutashtirgichlar, ko‘rsatmalari, turlari va tuzilishlari, tanlanishi, yuritmalari.
12.1. Yuqori kuchlanishni o‘chirgichlari. Yuqori kuchlanishli o‘chirgichlarning ko‘rsatmalari, turlari va parametrlari.

12.1–rasm. Nodavriy tashkil etuvchining normalangan nisbiy mikdori.


O‘chirgich elektr tizilmalarida asosiy kommutatsion jihoz hisoblanib, u istalgan rejimlarda: uzoq muddatli yuklamada, o‘ta yuklanishda, qisqa tutashuvda, salt ishlashda, asinxron ishlashda zanjirlarni ulash va uzish uchun xizmat qiladi. Qisqa tutashuv toklarini uzish va mavjud q. t. ga ulash eng og‘ir mas’uliyatli operatsiya hisoblanadi.
Yuqori kuchlanishli o‘chirgichlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
istalgan kattalikdagi toklarni ishonchli uzish (o‘nlarcha amperdan nominal uziladigan tokkacha); tez ta’sir etish, ya’ni uzish vaqtining eng kichik bo‘lishi;
avtomatik qayta ulash uchun yaroqliligi, ya’ni o‘chirgichlar uzilgan zahoti qayta tez ulash;
110 kV va undan yuqori o‘chirgichlar uchun faza (qutb) bo‘yicha boshqarish imkoniyati;
kontaktlarini qarash va reviziya qilish qulayligi, yong‘in va portlashga xavfsizligi;
transportirovka qilish va uni ishlatish qulayligi.
Yuqori kuchlanishli o‘chirgichlar uzoq vaqt nominal tok Inom ga va nominal kuchlanish Unom ga chidashi kerak.
O‘chirgichlar GOST 687–70 bo‘yicha quyidagi parametrlar bilan tavsiflanadi:
Nominal uzish toki. Iuz.nom–operatsiyalarning berilgan sikli va berilgan shartlarda tiklanayotgan kuchlanishning eng katta ish kuchlanishiga teng bo‘lgan kuchlanishida, o‘chirgichning uzish qobiliyatiga ega bo‘lgan paytidagi q. t. ning eng katta toki (ta’sir etuvchi qiymati). 3–bobda ko‘rsatilganidek, q. t. toki davriy va nodavriy tashkil etuvchilardan iborat. Uziluvchi nominal tok kontaktlarning ajrash momentidagi davriy tashkil etuvchisining ta’sir etayotgan qiymati bilan aniqlanadi.
Uzish tokidagi nodavriy tokning tashkil etuvchisining ruxsat etilgan nisbiy miqdori nom 12.1–rasmdagi egri chiziqdan aniqlanadi.

nom ning normalangan miqdori kontaktlarning ajrash momenti uchun quyidagicha aniqlanadi:

3. Ekspluatatsiyada o‘chirgich mavjud q. t. ga bir necha marta ulanib keyin uzishi mumkin, shu sababli o‘chirgichlar uchun aniq operatsiyalar sikli beriladi. Agar o‘chirgichlar avtomatik qayta ulash (AQU) uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda quyidagi sikllar ta’minlanishi kerak:
O –tb –VO –15 min –O –tb –VO
O –tb –VO –180 –VO
AQU siz o‘chirgichlar quyidagi siklga bardosh berishi lozim:
O –180 –VO –180 –VO
bunda O –uzish operatsiyasi; VO –ulash va tezda uzish operatsiyasi; 180 –sekundlardagi vaqt oralig‘i; tb –AQU li o‘chirgichlar uchun kafolatlangan minimal toksiz pauza vaqti (yoy so‘nishidan to keyingi ulashdagi tok kelguncha bo‘lgan vaqt). AQU li o‘chirgichlar uchun 0,4–1,2 s; TAQU li o‘chirgichlar uchun 0,25–0,4 s oralig‘ida bo‘lishi kerak.
Q, t. ning parron o‘tuvchi toklaridagi turg‘unlik –termik turg‘unlik toki It va parron o‘tuvchi tok chegarasi I p r, s –ta’sir etuvchi qiymati, Ipr,s –amplituda qiymati bilan tavsiflanadi, bu toklarga o‘chirgich ulangan holatda, keyingi ishlashiga xalaqit qiluvchi buzilishlarsiz, bardosh beradi.
5. Nominal ulash toki –q. t. toki bo‘lib, unda tegishli
yuritmaga ega bo‘lgan o‘chirgich kontaktlarni payvandlanmay va Unom da boshqa buzilishlarsiz hamda berilgan siklda ulash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bildirgichlarda shu tokning ta’sir etuvchi qiymati Iul,nom va amplituda qiymati I ul,nom berilgan bo‘ladi.
O‘chirgichlarni loyihalashda quyidagi shartlarga amal qilinadi:

6. Uzishning o‘z vaqti – uzishga berilgan komanda


vaqtidan boshlab to yoy so‘ndiruvchi kontaktlarning ajrashigacha bo‘lgan vaqt.

Download 110,96 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 110,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza-12. (2soat). YUQORI KUCHLANISHLI KOMMUTATSION APPARATLAR

Download 110,96 Kb.