|
Generatorlarning asosiy parametrlari. Sinxron generatorlarning birlamchi quvvatini oshirish yo‘llari
|
bet | 5/19 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 110,96 Kb. | | #160491 |
Bog'liq A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fan-fayllar.org2.1. Generatorlarning asosiy parametrlari. Sinxron generatorlarning birlamchi quvvatini oshirish yo‘llari.
Birlamchi motorning mexanik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi elektr qurilmasiga elektr generatori deb aytiladi. Zamonaviy elektr stansiyalarida elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun uch fazali sinxron generatorlardan foydalaniladi.
Sinxron generatorlar (SG) birlamchi motorlarining turiga qarab, turbo va gidrogeneratorlarga bo‘linadi.
Turbogeneratorlar (TG) bevosita bug‘ yoki gaz turbinalariga ulash uchun mo‘ljallangan, ular tez yuruvchan generatorlar deb ham aytiladi. Turbogeneratorlarning aylanish davrtezligini quyidagicha aniqlash mumkin:
(2–1)
bu yerda f–sanoat davr tezligi;
r–juft qutblar soni.
Shunday qilib, tarmoqning davrtezligi 50 Gs bo‘lgan bizning va G‘arbiy Yevropa davlatlarida turbogeneratorlarning eng yuqori aylanish davrtezligi 3000 ayl/min. ga teng.
Bug‘ va gaz turbinalari aylanish chastotasi katta (3000 va 1500 ayl/min) qilib chiqariladi, chunki shunda turbogeneratorlar eng yuqori texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Odatda, yoqilg‘ida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarida (IES larda)–agregatlarning aylanish chastotasi, odatda, 3000 ayl/min ni tashkil etadi, sinxron turbogeneratorlarda esa ikkita qutb bo‘ladi. AES da aylanish chastotasi 1500 va 3000 ayl/min bo‘lgan agregatlar ishlatiladi.
Turbogeneratorlar tezyurarligi sababli uning konstruksiyasining o‘ziga xos tomonlari bo‘ladi. Bu generatorlar vali gorizontal joylashadigan qilib tayyorlanadi. Turbogeneratorning katta mexanik va issiqlik yuklamalarida ishlovchi rotori magnit hamda mexanik xossalari yuqori bo‘lgan maxsus (xrom–nikelli yoki xrom–nikel–molibdenli) po‘latdan tayyorlangan yaxlit qoplamadan yasaladi.
Rotorniig qutbi aniq bo‘lmaydi. Aylanish chastotasi katta bo‘lganligi uchun, mexanik mustahkamlikni ta’minlash nuqtai nazaridan, rotorning diametri 3000 ayl/min uchun 1,1–1,2 m dan ortmaydi. Rotor bochkasining uzunligi ham ma’lum chegaraga ega bo‘lib, 6–6,5 m ga teng bo‘ladi. U val statik egilishining ruxsat etiladigan kattaligi va ma’qul titrash tavsifini hosil qilish shartiga ko‘ra aniqlanadi.
Turbogenerator statori korpus va o‘zakdan iborat. Korpus payvandlab tayyorlanadi, tores tomonlari shchitlar bilan berkitilib, boshqa qismi bilan tutashgan joylari zichlanadi. Stator o‘zagi qalinligi 0,5 mmli po‘latdan tayyorlangan, izolyatsiyalangan listlardan yig‘iladi. Listlar paket ko‘rinishida yig‘ilib ular orasida ventilyatsiya kanallari qoldiriladi. O‘zak ichidagi pazlarga uch fazali, odatda, ikki qatlamli cho‘lg‘am joylanadi.
Gidravlik turbinalarning aylanish chastotasi, odatda, nisbatan kichik (60–600 ayl/min) bo‘ladi. Suv bosimi qanchalik past, turbina quvvati qanchalik katta bo‘lsa, aylanish chastotasi shunchalik kichik bo‘ladi. Gidrogeneratorlar shu sababdan sekin yurar va o‘lchamlari, massasi katta, shuningdek, qutblari soni ko‘p bo‘ladi.
Gidrogeneratorlar ayon qutbli rotorli qilib va vali asosan vertikal joylashadigan qilib tayyorlanadi. Quvvatli gidrogeneratorlar rotorlarining diametri 14–16 m ga, statorlarining diametri esa 20–22 m ga yetadi.
Keyingi yillarda vali gorizontal joylashgan, kapsulli generator deb ataluvchi generatorlar ishlatila boshlandi. Bunday generatorlar tashqi qismini turbina orqali keladigan suv yuvib o‘tadigan suv o‘tmaydigan qobiq (kapsula) ga joylanadi. Kapsulli generatorlar bir necha o‘nlab megavolt–amper quvvatga mo‘ljallab tayyorlanadi. Bular ayon qutbli nisbatan sekin yurar (n=60...150 ayl/min) hisoblanadi.
Generatorlarning nominal parametrlari. Generatorni ishlab chiqaruvchi zavod uni ma’lum ruxsat etilgan uzoq muddatli ish rejimiga mo‘ljallaydi va bu rejim nominal rejim deb ataladi. Bu ish rejimi generatorning nominal ma’lumotlari degan nom bilan yuritiladigan va uning yorlig‘ida hamda mashina pasportida ko‘rsatiladigan parametrlar bilan tavsiflanadi.
Generatorning nominal kuchlanishi –nominal rejimda stator cho‘lg‘amining liniya (fazalararo) kuchlanishidir.
Normal sovitish parametrlarida (sovituvchi gaz va suyuqlikning harorati, bosimi hamda sarfi) va generator pasportida ko‘rsatilgan quvvat hamda kuchlanishning nominal qiymatlarida generatorning uzoq muddatli normal ishlashiga ruxsat etiladigan tok qiymati generator statorining nominal toki deb ataladi.
Generatorning to‘la nominal quvvati quyidagi ifodadan aniqlanadi (kVA):
(2–2)
Generatorning aktiv nominal quvvati uning turbina bilan komplektda uzoq muddat ishlashi uchun mo‘ljallangan eng katta aktiv nominal quvvatdir.
Aktiv nominal quvvat quyidagi ifodadan aniqlanadi (kVt):
Rnom = Snom . cos jnom (2–3)
Rotorning nominal toki –generatorning eng katta uyg‘otish toki bo‘lib, statorning kuchlanishi nominal miqdoridan ±5% atrofida o‘zgarib turganida va nominal quvvat koeffitsientida generator shu tokda nominal quvvat bera oladi.
Generatorlarning sovitishi: generatorlarni havo bilan sovitish, generatorlarni vodorod bilan sovitish, generatorlarni moy va suv bilan sovitish. Generatorlarning ishlatish muddati va cho‘lg‘amlarining izolyatsiyasi.
Sinxron generatorning ishlashi vaqtida uning cho‘lg‘amlari va aktiv po‘lati qiziydi.
Stator va rotor cho‘lg‘amlarining yo‘l qo‘yiladigan qizish harorati birinchi navbatda, foydalaniladigan izolyatsiya materiallari va sovituvchi muhit haroratiga bog‘liq GOST 533–76 ga ko‘ra V sinfdagi izolyatsiya materiallari (asfalt–bitum asosidagi lok) uchun stator cho‘lg‘amining yo‘l qo‘yiladigan harorati 105°S, rotor uchun esa 130°S chegarasida bo‘lishi kerak. Stator va rotor cho‘lg‘amlari izolyatsiyasining issiqqa chidamliligi yuqori, masalan, G‘ va N sinfida bo‘lganida yo‘l qo‘yiladigan qizish haroratining chegarasi ortadi.
Stator va rotorning qizigan cho‘lg‘amlaridan issiqlikni olib ketish usuliga qarab bilvosita va bevosita sovitish bo‘ladi.
Bilvosita sovitishda rotor toresiga o‘rnatilgan ventilyator yordamida sovituvchi gaz (havo yoki vodorod) generator ichiga yuboriladi va havo zazori hamda ventilyatsiya kanallari orqali haydaladi. Bunda sovituvchi gaz stator va rotorning cho‘lg‘amlarining o‘tkazgichlariga tegmay o‘tadi va ular ajratayotgan issiqlik gazga katta «issiqlik to‘sig‘i»–cho‘lg‘amlarning izolyatsiyasi orqali o‘tadi.
Bevosita sovitishda sovituvchi modda (gaz yoki suyuqlik) izolyatsiya va tishlarning po‘latiga tegmasdan, generator cho‘lg‘amlari o‘tkazgichlariga bevosita tegib o‘tadi.
Havo bilan sovitish. Havo bilan sovitishning ikki tizimi: oqimli va berk tizimi mavjud.
Oqimli sovitish tizimidan kamdan–kam va faqat quvvati 2 MVA gacha bo‘lgan turbogeneratorlarda, shuningdek, quvvati 4 MVA gacha bo‘lgan gidrogeneratorlarda qo‘llaniladi. Bunda generator orqali mashina zalidagi havo haydaladi, u stator va rotor cho‘lg‘amlarining izolyatsiyasini tez ifloslaydi, natijada generatorning xizmat qilish muddatini qisqartiradi.
Turbogeneratorlarni vodorod bilan bilvosita sovitish. Vodorod bilan bilvosita sovitiluvchi turbogeneratorlar bir jixatdan olganda havo bilan sovitishdagi kabi ventilyatsiya sxemasiga o‘xshash bo‘lib , bunda sovituvchi vodorodning hajmi generator korpusi bilan chegaralanadi, shuning uchun ham sovitgichlar korpusning ichiga joylashtiriladi.
Vodorod bilan sovitish havo bilan sovitishga nisbatan samaraliroq, chunki vodorod sovituvchi gaz sifatida havoga qaraganda bir qancha muhim afzalliklarga ega. U havoga qaraganda 1,54 marta katta issiqlik uzatish koeffitsientiga va 7 marta ko‘p issiqlik o‘tkazish xossasiga ega. Oxirgi xossasi izolyatsiya va pazlarning oralig‘ida vodorod qatlamining kichik issiqlik qarshilikka ega bo‘lishiga olib keladi.
Vodorodning zichligi havoga nisbatan ancha kichik bo‘lganligi uchun ventilyatsion yo‘qotishlar 8–10 marta kamayib, buning natijasida generatorning FIK 0,8–1% ga ortadi.
Turbogeneratorlarni vodorod bilan bevosita sovitish.
Cho‘lg‘am o‘tkazgichlarining bo‘sh joylari ichiga yuborilib bevosita (ichki) sovitish vodorod bilan bilvosita sovitishga nisbatan yana ham katta samara beradi.
TVF seriyasidagi generatorlarda statorning cho‘lg‘amini vodorod bilan bilvosita va rotorning cho‘lg‘amini bevosita (jadal) sovitish qo‘llaniladi. Bu turdagi generatorlarda stator cho‘lg‘ami ham bevosita sovitiladigan qilingan. Vodorod cho‘lg‘am sterjenlari ichiga o‘rnatilgan nomagnit po‘latdan tayyorlangan yupqa devorli va old tomoni ochiq naychalarga yuboriladi
Har ikkala turdagi (TGV va TVF) generatorlarning korpusidagi vodorod bosimi 0,2–0,4 MPa oralig‘ida tutiladi.
Generatorlarni suyuqlik bilan bevosita sovitish. Generatorlarni suyuqlik bilan bevosita sovitishni amalga oshirishda sovituvchi suyuqlik sifatida, vodorodga nisbatan issiqlik ajratish qobiliyati ancha yuqori bo‘lgan, distillangan suv yoki moy qo‘llaniladi va natijada generatorlarning o‘lchamlarini o‘zgartirmay birlik quvvatini yana ham orttirish imkoniyatini beradi.
|
| |