147
xokazolar) bo’lishi mumkin: bular elementning parametrlarini ma’lum chegarada
o’zgartirish va zarur qiymatni o’rnatishga imkon beradi. Shunisi muximki,
sistemani bunday rostlash parametrlarga bo’lgan ruxsatlarni faqat ma’lum tashqi
sharoitlardagina qisqartira oladi.
Ekspluatatsion sabablarga: tashqi muxitning ta’siri, energiya manbai xolatinig
ta’siri, xizmat ko’rsatish sifati, eskirish va yoyilish kiradi.
Тashqi muxit, ayniqsa, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida
elementlarni va
butun sistemani ishlatish vaqtida muxit xarorati, xavoning zichligi, namligi, gaz
tarkibi o’zgaradi. Bularning xammasi avvalo alohida detallar va butun element
parametrlaning (o’tkazgichlar solishtirma qarshiligining ish suyuqligi
qovushoqligining va xokazolarning) o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Sistemani ta’minlovchi energiya manbaining
holati xam element
parametrlariga jiddiy ta’sir etadi. Masalan, manba kuchlanishining ko’tarilishi
relening yoki magnit ishga tushurgichning ishga tushish vaqtini qisqartiradi,
suyuqlik bosimining oshuvi esa gidravlik kuchaytirgich porshening siljish tezligini
oshiradi.
Avtomatik sistemalarning elementlarini to’g’ri ishlatish uchun yuqori
malakali xizmat ko’rsatuvchi xodimlar talab etiladi.
Elementlarning parametrlari ularning eskirishi va yeyilishi natijasida ham
nominaldan chetga chiqadi. Detallar nisbatan sekin eskiradi va yeyiladi.
Elementlar
ishlatishning boshlang’ich davrida eskiradi, shuning uchun turli vazifalarni
bajaruvchi muxim dettallar (masalan, elektron lampalar) zavvodan chiqarilishidan
oldin "sun’iy eskirtiriladi".
Хar bir elementga kafolatli ishlash muddati belgilanadi,
bu muddat tugagach
eskirish tezlashadi va u xaqiqiy holati qandayligidan qat’y nazar, almashtirilishi
lozim.