140
0,2 ... 1 kg/sm
2
oraliqda bo’ladi. Blokning proporsional qismi g’alayonlanishdan
so’ng xarakatga kelib, uning o’zi esa summator I, III va
drosselli summator II dan
tuzilgan. PR3.21 rostlovchi blokining integral qismi summator VI va kuchaytirish
koeffitsiyenti K=1 bo’lgan birinchi darajali aperoidik zvenodan tuzilgan bo’lib,
pnevmatik integrallovchi zvenodan iborat. Proporsional va integral qismlarning
chiqish signallari yacheyka II da qo’shiladi. Buning uchun integrallovchi
zvenoning chiqishi yacheyka II ning I va III summatorlari
kirishiga berilishi
lozim.
Sozlash parametrlarining (kuchaytirish koeffitsiyenti - K
r
, izodrom vaqti - Т
i
)
o’zaro bog’liq emasligi blokning muxim afzalligidir. Kuchaytirish koeffitsiyenti
(K
r
) drosselli summatordagi o’zgaruvchi drosselning o’tkazuvchanligini o’zgartirib
o’rnatiladi, drossellash diapozoni DD=3000... 5 chegarada o’zgaradi,
bu esa
kuchaytirish koeffitsiyentining qiymati 0,03 ... 20 bo’lishiga mos keladi. Izodrom
vaqti Т
i
aperiodik zveno tarkibiga kirgan o’zgaruvchi drosselning
o’tkazuvchanligini o’zgartirib o’rnatiladi va u 3 sekunddan 100 minutgacha
bo’lishi mumkin. PR3.21 rostlagich ham PR2.5 rostlagichi
ishlaydigan ikkilamchi
asboblar bilan birgalikda ishlaydi.
Maxalliy topshiriq bergich PR3.22 rostlagichi PR3.21 dan asbob kirishining
topshiriq liniyasida qo’l bilan topshiriq bergich borligi bilan farqlanadi.
PR3.26 va PR3.29 rostlagichlari kerak bo’lgan drossellash diapozonini o’rnatish
imkonini beruvchi qayta qo’shgich bilan ta’minlangan. Qayta qo’shgichning uchta
qayd qilingan xolati bor:
I. DD=2 ... 50% . II. DD=50 ...200% . III. DD=200 ... 800% .
Т
i
=0,025 minutdan
∞ gacha o’zgaradi. PR3.29 rostlagichi PR3.26
dan maxalliy
topshiriq bergichi borligi bilan farq qiladi.
Тo’g’ri chiziqli statik tavsifnomali PR3.21 va PR3.32 rostlagichlarida
drossellash diapozonini 2 ... 3000% gacha sozlash mumkin.
PR3.23 va PR3.33 nisbat rostlagichlari ikkita parametr nisbatini ushlab turish
maqsadida ijro etuvchi mexanizmga boruvchi uzluksiz rostlash ta’sirini olish
uchun xizmat qiladi. Rostlagichlarda nisbat zvenosi bo’lib,
unga doimiy drossel,
141
rostlovchi drossel va topshiriq bergichlar kiradi. Nisbatni sozlash chegarasi 1:1
dan 5:1 gacha yoki 1:1 dan 10:1 gacha.PR3.24 va PR3.34 nisbat rostlagichlari
ikkita parametr nisbatini uchinchi parametr bo’yicha to’g’rilash bilan ushlab turish
maqsadida ijro etuvchi mexanizmga boruvchi uzluksiz rostlash ta’sirini olish
uchun hizmat qiladi.