11
Kirish
Qishloq va suv xo’jaligidagi ko’plab tarmoqlarda qo’llanilayotgan ilg’or
texnologiyalar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlaridan
foydalanishni talab qiladi. Shuning uchun soha bo’yicha tayyorlanayotgan
mutaxassislar avtomatikaning texnik vositalari, avtomatik nazorat, avtomatik
rostlash, avtomatik boshqaruv tizimlari, operativ xizmat tarmog’i haqida maxsus
bilimga ega bo’lishlari zarur.
O’zbekiston Respublikasining «Тa’lim to’g’risida»gi qonuni va «Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi» mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilishning asosini
yaratib berdi. Bu esa Oliy ta’lim dargohlarida sifat jihatdan yangi raqobatbardosh
milliy kadrlarni tayyorlashda negiz hisoblanadi. Ko’rsatilgan masalalarni hal
qilishda Oliy o’quv yurtlarining «Eektroenergetika», «Avtomatlashtirish va
boshqarish» va «Qishloq xo’jaligidagini еlektrlashtirish va аvtomatlashtirish»
ta’lim yo’nalishlari uchun «Avtomatikaning texnik vositalari» fani kiritilgan.
Avtomatika - fan va texnikaning alohida sohasi bo’lib, bu soha avtomatik
boshqarish nazariyasi, avtomatik tizimlar yaratish prinsiplari va bu tizimlarda
qo’llaniladigan texnik vositalar bilan shug’ullanadi. Avtomatika so’zi grekcha
so’zdan olingan bo’lib, o’zi xarakatlanuvchan moslamani anglatadi. Avtomatika
fan sifatida 18-asrning ikkinchi yarmida, ya’ni ip-yigiruv, tikuv stanoklari va bug’
mashinalari kabi birinchi murakkab mashina - qurilmalarining paydo bo’lish
davrida ishlatila boshlandi.
Тexnika tarixida birinchi ma’lum bo’lgan avtomatik qurilma Polzunov bug’
mashinasi (1765 y.) hisoblanadi. Bu mashina oddiy shamol va gidravlik
dvigatellarning o’rniga ishlatilgan va odam ishtirokisiz suvning sathini rostlagan.
Avtomatik rostlashning asosiy prinsiplarini ingliz olimi F. Maksvell tomonidan
1868 yilda ishlab chiqildi.
Тexnikaning rivojlanishi va odamlarning og’ir qo’l mexnatidan bo’shashiga
qaramasdan ish jarayonlari va mehnat qurollarini boshqarish kengayib va
murakkablashib bordi. Ayrim holatlarda esa maxsus qo’shimcha elementlarsiz
12
mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni boshqarish imkoniyatlari murakkablashdi.
Bu esa o’z navbatida avtomatikaning muhimligini va uni rivojlantirish kerakligini
isbotladi.
Avtomatika - mashina texnikasi rivojlanishining yuqori pog’onasi
hisoblanadi. Bunda odamlar nafaqat jismoniy mehnatdan, balki mashina,
qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishdan
holis bo’ladilar. Avtomatika mexnat unumdorligini oshirish, ish sharoitlarini
yaxshilash, jismoniy va aqliy mexnatni bir-biriga yaqinlashtirish kabi ko’plab
jarayonlar uchun hizmat qiladi.
Bugungi kunda avtomatika alohida fan sifatida o’z yo’nalishlariga ega. Bu
fan avtomatik boshqarish tizimlarining nazariyasi va uning tuzilish tamoillari bilan
shug’ullanadi.
Нozirgi davrda fan texnika taraqqiyoti shunday ilgari surildiki, mavjud
texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishda yangi, har taraflama zamon talabiga
javob beradigan texnik vositalar bilan ta’minlash zaruriyati tug’ildi. Хorijiy
mamalakatlardan keltirilayotgan yangi texnika va texnologiyalarni o’zlashtirish esa
yuqori bilim va malaka talab etadi.
Qishloq va suv xo’jaligini ishlab chiqarishda avtomatik boshqarish
tizimlarini qo’llash yuqori samaradorlikka ega, chunki ko’p bosqichli ishlab
chiqarish jarayonlarda iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun imkon boricha
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalaridan keng foydalanish talab
qilinadi.
Qishloq va suv xo’jaligini avtomatlashtirish asosan sanoatdagi texnologik
jarayonlarni avtomatlashtirishdagi tajribalarga asoslanadi. Shu bilan birga qishloq
va suv xo’jaligidagi texnologik jarayonlar, shu jumladan gidrotexnik inshootlari,
nasos stansiyalari, suvni hisobga olish kabi sohalar o’zining shunday maxsus
xususiyatlariga egaki, bu holda tanlangan texnik vositalar va elementlar ma’lum
texnologik talablarga javob berishi kerak.
Qishloq va suv xo’jaligida ish unumdorligini oshirishning asosiy yo’llaridan
biri dexqonchilik jarayonlarini avtomatlashtirish hisoblanadi. Dehqonchilik
13
sohasida mexanizatsiyalash jarayonlari yetarli darajada rivojlanish
ko’rsatkichlariga ega bo’lsada, lekin ularni avtomatlashtirish sohasi xaligacha
oqsoqlab kelmoqda. Buning asosiy sabablari, birinchi navbatda dehqonchilik
jarayonlarining murakkabligi yer va suv sharoitlarining xilma-hilligidir, jumladan:
a) jarayonlarni xarakatlanuvchan agregatlar bajarishi, tuproq va o’simlikni
esa qo’zg’almasligi;
b) agregatning xar hil ob-havo sharoitida ishlashi;
v) materialning bir jinsli bo’lmasligi (hosildorligi, namlik, ifloslik hamda
kutilmagan faktorlar);
g) relefning murakkabligi (pastlik - balandlik, chuqurlik).
Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, bo’lajak elektromexanik
mutaxassislari oldida qishloq va suv xo’jaligi ishlab chiqarishida avtomatik
boshqarish va rostlash tizimlari hamda avtomatikaning texnik vositalarini qo’llash
kabi o’ta dolzarb masalalar turibdi.
Fanning
maqsadi
talabalarda avtomatik boshqarish va rostlash tizimlari va
texnik vositalarni tahlil qilish hamda ularni qishloq va suv xo’jaligi sohalarida
foydalanish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Avtomatikaning texnik vositalariga nazorat axborotlarini qabul qiluvchi,
uzatuvchi, o’zgartiruvchi, saqlaguvchi, programmalashtirilgan axborot bilan
solishtiruvchi, buyruq axborotini shakllantiruvchi hamda texnologik jarayonga
ta’sir ko’rsatuvchi quyidagi uskunalar va texnik qurilmalar kiradi: datchiklar,
relelar, kuchaytirgichlar, logik (mantiqiy) elementlar, rostlagichlar, stabilizatorlar,
ijro mexanizmlari va boshqalar. Bunday texnik vositalar avtomatikada o’lchash
o’zgartkichlari deb ham yuritiladi
Qishloq va suv xo’jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirish jarayoni
umuman olganda uch davrga bo’linadi.
Birinchi davr - ayrim texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish. Jarayonning
ayrim parametrlari avtomatlashtirilgan agregat yaqinida o’rnatilgan yirik o’lchamli
asboblarning ko’rsatishiga muvofiq ravishda rostlanadi. Bunda asboblarni mashina
va uskunalar yaqiniga joylashtirish deyarli qiyinchiliklar tug’dirmaydi.
14
Avtomatlashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi ko’rsatadigan yirik o’lchamli
asboblar ishlatiladi. Bunda bir korpusga o’lchash asbobi, rostlagich va topshirgich
joylashtiriladi.
Ikkinchi davr - ayrim jarayonlarning kompleks avtomatlashtrish. Bunda
rostlash alohida shchitga o’rnatilgan asboblar bo’yicha olib boriladi. Yirik
o’lchamli asboblardan foydalanish bu shchitni bir necha metrga cho’zilib ketishiga
olib keladi va shchitni nazorat qilish qiyinlashadi. Avtomatlashtirishning bu
davrida shchitdagi asboblarni hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bo’ladi. Bu
masalani hal qilish uchun kichik o’lchamli ikkilamchi asboblar ishlatiladi.
Uchinchi davr - to’liq avtomatlashtirish davri. Bu davrning xarakterli
xususiyati shundaki, barcha jarayonlar yagona dispetcherlik punktiga
markazlashtiriladi. Shu bilan birga, mitti ikkilamchi asboblarni ishlatish extiyoji
paydo bo’ladi. Doimiy nazoratni talab qilmaydigan o’lchash va rostlash asboblari
(yirik gabaritli) shchitdan tashqariga o’rnatiladi.
|