22
sxemada elementlar to’rtburchak shaklida ifodalanadi va ularning ichida
elementning matematik modeli yoziladi (1.4- rasm).
1.4. - rasm. Avtomatikaning strukturaviy sxemasi.
Avtomatik rostlash tizimining keyingi tahlili elementlarning dinamik
xarakteristikalarini aniqlash va tizimning strukturaviy sxemasini yaratishdan
iborat bo’ladi. Bu tizimning strukturaviy sxemasi 1.5 - rasmda keltirilgan.
F
H
ТOP
. H
u q
H
1.5 - rasm. Хaydov chuqurligini avtomatik rostlashning strukturaviy
sxemasi.
Prinsipial sxemalar elementlarning o’zaro elektrik ulanishlarni ifodalaydi.
Ushbu sxemada avtomatika elementlari davlat standartlariga binoan belgilanadi.
Prinsipial sxemadagi shartli belgilar butun mosmlamani, tizimning ish prinsipini
tushunishga yordam beradi (1.6.- rasm).