A. X. Vаxidov, D. A. Abdullaеva avtomatikaning tеxnik vositalari toshkеnt- 2011




Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/73
Sana17.11.2023
Hajmi2,39 Mb.
#100404
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Bog'liq
avtomatikani texnik vositlar

2.3.1. Potensiometrik datchiklar 
 
Potensiometrik datchiklarda nazorat qilinayotgan xarakat sezgir elementga 
uzatilib uning qarshiligi hisobiga o’zgaruvchan yoki o’zgarmas kuchlanishga 
aylantiriladi (2.3- rasm). 
Potensiometrning xarakatlanuvchi kontakti nazorat qilinayotgan xarakatga 
bog’langan bo’lib, ob’ektning holati o’zgarilganda uning qarshiligi ham va 
ikkilamchi asbobdagi ko’rsatgich o’zgariladi. Ikkilamchi asbob esa nazorat 
qilinayotgan parametrlar birligida darajalangan. Kuchlanishning tebranishlarini 
ta’sirini yo’qotish maqsadida stabillashgan manbalardan foydalanish tavsiflanadi. 


31
2.3-rasm. Potensiometrik datchiklar va ularning tavsifnomalari. 
Potensiometrik datchikning statik tavsifnomasini chiziqlikga yaqinlashtirish 
maqsadida unga muvofiq ish rejimini (2.3.-rasm, b, g) topshirishadi yoki reostatni 
o’rash usulini o’zgartiradi. 
Agar chiqish tok yoki kuchlanish belgisi xarakat yo’nalishiga muvofiqligi 
kerak bo’lsa, unda o’rta nuqtali potensiometrdan foydalanishadi (2.3.-rasm, v). 
Uning tavsifnomasi rasmda keltirilgan. (2.3.- rasm, g) 
Burchak xarakatlarini nazorat qilish uchun halqasimon potensiometrik 
datchiklar qo’llanadi (2.3.-rasm, d). Kontaktsiz datchiklar sifatida suyuqlik 
potensiometrik datchiklar qo’llanadi (2.3.-rasm, e). 
Potensiometrik datchikning tavsifnomalari va sezgirligi analitik usulda 
hisoblanadi. Ko’rsatilgan sxema uchun quyidagi tenglamani tuzsa bo’ladi. 
Rx
X
Ix
Ra 
------ = ---- -: ----- = --------
(2.4)

l Ia
Rx 
I= Ix+Ia. Uct=I(R-Rx)+IaRa. (2.5) 
Potensiometrik datchiklar yuqori darajadagi aniqlik va tavsifnomalari 
o’zgarmas, sodda, kichik gabaritlari va arzonligi bilan ajralib turadi. Bundan 


32
tashqari, ulardan foydalanilayotganda qo’shimcha kuchaytirigichlarni ishlatishni 
xojati yo’q, chunki ularning chiqish quvvati ikkilamchi asboblar uchun yetarli. 
Lekin xarakatlanuvchi kontaktning mavjudligi ularning puxtaligini pasaytiradi.

Download 2,39 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. X. Vаxidov, D. A. Abdullaеva avtomatikaning tеxnik vositalari toshkеnt- 2011

Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish