A. X. Vаxidov, D. A. Abdullaеva avtomatikaning tеxnik vositalari toshkеnt- 2011




Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/73
Sana17.11.2023
Hajmi2,39 Mb.
#100404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
Bog'liq
avtomatikani texnik vositlar

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


26
2-bob. Avtomatika datchiklari 
 
2.
1. Datchiklar haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi. 
Хar xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko’rsatkichlari 
xaqida ma’lumot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi o’zgartirgichlar 
(yoki datchiklar) keng qo’llaniladi. Datchik deb nazorat qilinayotgan yoki 
rostlanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida 
qo’llash uchun qulay qiymatga o’zgartiradigan vositaga aytiladi. 
Qishloq va suv xo’jaligi ishlab chiqarishida qo’llaniladigan o’zgartirgichlar 
asosan olti guruxga bo’linadi: mexanik; elektromexanik; issiqlik; 
elektrokimyoviy; optik va elektron - ion. 
Mexanik o’zgartirgichlar mexanik kirish ko’rsatkichlarni (bosim, kuch, 
tezlik, sarf va x.k.) mexanik chiqish ko’rsatkichlarga ( aylanish chastotasi, bosim 
va x.k.) o’zgartirib berish bilan xarakterlanadi. Bunday o’zgartirgichlarning 
sezgirlik elementi sifatida elastik elementlar (membrana, prujini, balka kabilar) 
poplavoklar, krilchatkalar va drosselli qurilmalar ishlatiladi. 
Elektromexanik birlamchi o’zgartirgichlar (yoki elektrik datchiklar) kirish 
mexanik ko’rsatkichlarni (bosim, kuch, sarf kabilar) chiqish elektrik 
ko’rsatkichlarga (kuchlanish, tok, qarshilik, induktivlik va kabilar) o’zgartirib 
berish uchun xizmat qiladi. Elektromexanik o’zgartirgichlar parametrik va 
generator o’zgartirgichlarga (yoki datchiklarga) bo’linadi. 
Parametrik datchiklarda chiqish ko’rsatkichini elektr zanjir kattaliklari 
(qarshilik, induktivlik, o’zaro induktivlik, elektr sig’imi va kabilar) tashkil topadi. 
Bunday turdagi datchiklarda elektr toki va kuchlanishi sifatida chiqish signalini 
olish uchun ularni maxsus elektr sxemalariga (ko’prikli, differensialli) ulash hamda 
allohida energiya manbasiga ega bo’lishi kerak . 
Generator datchiklarida bevosita sezgir elementda kirish signali Х chiqish 
signali U o’zgartiriladi. Ushbu o’zgartirish kirish signali energiyasi hisobiga 


27
bo’ladi va chiqish signali E.YU.K. ko’rinishida hosil bo’ladi. Generator datchiklari 
juda oddiy bo’ladi, chunki ular qo’shimcha energiya manbaisiz ulanadi. 
Aniqlik darajasi bo’yicha datchiklar 0,24; 0,4, 0,6; 1; 1,5; 2,5; 4 aniqlik 
sinflariga muvofiq bo’lishlari lozim. Ish prinsipi bo’yicha elektrik datchiklar 
rezistivli, elektromagnitli, sig’imli va taxometrik (generatorli) ko’rinishlarga ega 
bo’ladi (2.1-rasm).

Download 2,39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. X. Vаxidov, D. A. Abdullaеva avtomatikaning tеxnik vositalari toshkеnt- 2011

Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish