41
O’lchash aniqligini va sezgirligini oshirish maqsadida sig’im datchiklari
ko’priksimon sxemalarga ulanadi. Yuqorida ko’rib chiqilgan prinsip asosida sig’im
manometrlari ishlaydi. (2.11-rasm).
O’lchanayotgan bosim asbobga quvur 1 orqali uzatilib, membrana 2
orqali
qabul qilinadi. Membrana o’z navbatida plastina 3 bilan kondensatorni hosil
qiladi. Kondensator sxemaga klemma 4 lar yordamida ulanadi. Bosim ta’sirida
membrana egilib plastinaga yaqinlashadi va kondensatorning sig’imini
o’zgartiradi. Shunday qilib kondensator sig’imi o’lchanayotgan bosimga
proporsionaldir.
2.11-rasm. Sig’im manometrining sxemasi.
Sig’im datchiklarining afzalliklari:
soddaligi, ixchamligi, arzonligi va kichik
inersionligi. Kamchiliklari: chiqish
signalining quvvati pastligi, o’lchov natijalari
atrof muhit ko’rsatkichlariga bog’liqligi, ulaydigan simlar va qurilma metall
qismlarning sig’imlari turlicha ta’sir qilib, detallarning o’zaro
joylashishiga
bog’liq.