Dilatometrik va bimetallik datchiklar




Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/73
Sana17.11.2023
Hajmi2,39 Mb.
#100404
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73
Bog'liq
avtomatikani texnik vositlar
4-mavzu, 19680008986, hoji AICHJAA-Model.pdfb tayyor, 10 sinf 6 nazorati, Hisob siyosati, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar., Baliq-skeleti-metodi, ziyovuddin, Mavjuda SOBIROVA, Muhibullo Nosirjonov, 20, To\'rayev Bexruz 2-Amaliy ish, To\'rayev Bexruz 1-ishlash 1, 3-182 Tijorat banklarning qimmatli qogozlar bilan operatsiyalari, Iqtisodiyot va moliya sohasida qaror qabul qilishda katta ma’lum-fayllar.org, Ma’lumot-axborot hujjatlari
 
2.5.2. Dilatometrik va bimetallik datchiklar 
 
Dilatometrik va bimetallik datchiklarning ishlash prinsipi xarorat 
o’zgarishidagi qattiq jism chiziqli miqdorining o’zgarishiga asoslangan. Хarorat 
o’zgarishiga bog’liq bo’lgan qattiq jism chiziqli miqdorining o’zgarishi 
quyidagicha ifodalanadi: 
L
t
=L
0
(1+B*t),
(2.15)
bu yerda: L
t

xaroratdagi qattiq jismning uzunligi; 
L
0 ―
shu jismning 0
0
S dagi uzunligi 
B

chiziqli kengayishning o’rtacha koeffitsiyenti (0
0
S
dan t
0
S gacha bo’lgan xaroratlar intervalida). 
2.13-rasmda dilatometrik termometrning tuzilish sxemasi tasvirlangan. 
Dilatometrik termometrda (2.13, a-rasm) sezgir element sifatida chiziqli 
kengayishning katta xarorat koeffitsiyentiga ega bo’lgan materialdan (jez va mis) 
tayyorlangan quvurcha qo’llanilgan. Korpusga kavsharlangan quvurcha ichida 


44
o’zak joylashgan. O’zak chiziqli kengayish koeffitsiyenti kichik bo’lgan 
materialdan (masalan, invar) ishlangan. O’lchanayotgan muxitning xarorati 
ko’tarilishi bilan birga quvurcha uzayadi. Bu hol o’zakning uzayishiga olib keladi. 
Shunda prujina shaynning bo’sh tomonini pastga tushiradi, o’z navbatida u tortqi
va tishli sektor orqali strelkani uning o’qi atrofida aylantiradi. Strelka esa shkalada 
o’lchanayotgan xarorat qiymatini ko’rsatadi va belgilangan xolatda kontaktlarni 
ulaydi. 
Dilatometrik termometrlar suyuliqlar xaroratini o’lchashda ham xaroratni 
ma’lum darajada avtomatik ravishda saqlash uchun va signalizatsiyada 
qo’llaniladi. Dilatometrik termometrlar 1.5 va 2.5 aniqlik klassida chiqariladi, 
ularning yuqori o’lchash chegarasi 500
0
S gacha bo’ladi. 150 
0
S dan oshmagan
xaroratlar uchun quvurchalar jezdan, o’zaklar esa invardan ishlanadi, undan
yuqori xaroratlar uchun quvurchalar zanglamas po’latdan, o’zaklar esa kvarsdan
ishlanadi. 
2.13-rasm. Dilatometrik va bimetallik datchiklarning sxemalari. 
Afzalliklari: ishonchlilik va sezgirlik ko’rsatkichlari yuqori. 
Kamchiliklari: asbob o’lchamlarining katta xajmligi, xaroratning bir 
nuqtada emas, xajmda o’lchanishi, issiqlik inersiyasining kattaligi, ko’rsatkichlarni
masofaga uzatish imkoniyati yo’qligi kabilar. 
Bimetalli termometrlarning sezgir elementi ikki kavsharlangan plastinkadan 
tayyorlangan prujinadan iborat. Bu plastinkalarning issiqlikdan kengayish xarorat
koeffitsiyenti turlicha bo’lgan metallardan tayyorlanadi. Хaroratning o’zgarishi 


45
plastinkalarning uzayishiga olib keladi. Plastinkalar bir-biriga nisbatan siljiy 
olmaganligi sababli prujina issiqlikdan kengayish xarorat koeffitsiyenti kam 
bo’lgan plastinka tomon og’adi. Plastinkalar uzayishining xarorat koeffitsiyenti 
farqi qancha katta bo’lsa, prujinaning xarorat o’zgarishidagi og’ishi shuncha ko’p
bo’ladi. 
2.13-rasmda yassi plastinkali bimetalli termometrning tuzilish sxemasi
ko’rsatilgan. Хarorat o’zgarishi bilan bimetall prujina pastga egiladi. Тortqi
strelkani o’q atrofida aylantiradi. Strelka shkalada o’lchanayetgan xarorat 
qiymatini ko’rsatadi va belgilangan ko’rsatkichda kontaktlarning holatini 
o’zgartiradi. Sezgir elementlar sifatida yoysimon yoki vintsimon spirallar
qo’llaniladi. Bimetalli termometrlar bilan xaroratni o’lchash chegarasi -150
0
S
dan 700 
0
S gacha, xatosi - 1...1.5%. 
Bu turdagi termometrlar xaroratni ma’lum darajada avtomatik saqlash va
signalizatsiya uchun qo’llaniladi. 
Bimetalli termometrlarning kamchiliklari: “charchash” hollari 
(daradalanishining o’zgarishi, hatto metallarning ajralishi), issiqlik inersiyasining
kattaligi, maxalliy sanoq.

Download 2,39 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish