49
o’tkazuvchanligi o’zgaradi. Suyuqlik muxitining aktiv o’tkazuvchanligi
o’zgarishiga asoslangan elektrodli satx datchigining sxemasi 2.16, v-rasmda
keltirilgan.
a)
b) v)
2.16-rasm. Qalqovichli (a), gidrostatik (b) va elektrodli (v) satx datchiklari.
Sochiluvchan
maxsulotlarni,
shu
jumladan don
maxsulotlarining satxini
nazorat qilish suyuqlik satxini nazorat qilishga nisbatan anchagina
murakkabrokdir, chunki bu maxsulotlar anchagina elektr qarshiligiga ega hamda
ular don bunkeri to’lishi bilan gorizontal tekislik hosil qilmaydi.
Bundan tashqari
bunkerlarni don bilan to’lishida datchiklarning sezgirlik elementlari shikastlanishi
mumkin.
Don satxini elektrodli datchik yordamida nazorat qilishning prinsipial
sxemasi 2.17, b-rasmda keltirilgan. Bunday datchikning
ishlash pritsipi
quyidagicha: elektrodlararo oraliqning (E) don bilan tulishi natijasida elektrodlar
orasidagi o’tkazuvchanlik oshadi, natijada gazorazryadli lampa (YeL) yonadi va
releni (R) ishga tushiradi hamda don uzatish liniyasiga signalni uzatadi.
Sxemaga
R3 va R2 rezistorlardan tashkil topgan kuchlanish taqsimlagichi orqali 220 V
o’zgaruvchan kuchlanish beriladi. Bunday datchiklar namligi 13 foizdan yuqori
bo’lgan donlar uchun qo’llaniladi.
50
2.17-rasm. Elektrodli satx datchigining prinsipial sxemasi.