53
Qo’ng’iroqchali tizimlarda bosimlar farqi ∆F = F1 – F2 qo’ng’iroqchani
aralashuvini hosil qiladi va natijada F1 bosimni aniqlash imkoniyati tug’iladi.
Gidostatik tizimlarda xalqali tarozili kameraning burilish burchagi bosimlar
farqi ∆F = F1 – F2 ga proporsional bo’ladi.
2.19-rasm. Suyuqlikli bosim datchiklarining turlari:
a) – U-shaklli; b) – qo’ngiroqchali; v) –
gidrostatik, g) – membranali, d) –
silfonli, ye) – manometrik trubkali.
Suyuqlikli bosim datchiklari aniq va bir me’yorda ishlashi bilan bir qatorda
ularning ekspluatatsion noqulayliklari (kichik oraliqlarda o’lchash
sharoitlari,
faqatgina vertikal holatda ishlashi, katta o’lchamlarga ega bo’lganligi kabilar)
sababli oxirgi paytlarda ularni o’rnini takomillashgan datchiklar egallamoqda.
Membranali
datchiklarda
(2.19,a-rasm) elastik plastina (membrana) nazorat
qilinayotgan muxit bosimi ta’sirida bo’ladi va kontaktli
tizim bilan mustaxkam
bog’langan shtokka ta’sir ko’rsatadi. Bunday turdagi datchiklar sodda tuzilishi,
puxtaligi, o’lchovlarni yetarlicha aniqlik bilan o’lchashi sababli ularni qo’llash yil
sayin ko’payib bormoqda.
Silfonli
datchiklar
(2.19,b-rasm) egiluvchan materialdan yasalgan
gofrirovanli yupqa devorli trubkadan tashkil topgan bo’ladi. Тashqi
va ichki
bosimlar farqini unga ta’sir qilayotgan kuch hosil qiladi. Bu kuch ta’sirida
silfonning cho’zilishi va qisilishi hosil bo’ladi. Silfonning bo’sh uchini siljishi
ko’rsatkich strelkasi va xarakatlanuvchan kontaktlari orqali amalga oshiriladi.