|
A. X. Vаxidov, D. A. Abdullaеva avtomatikaning tеxnik vositalari toshkеnt- 2011Bog'liq avtomatikani texnik vositlar«RUS» sath o’lchagichi elektr o’tkazuvchan va elektr
o’tkazmaydigan suyuqliklarning sathini uzluksiz ravishda uzoq masofadan
o’lchash va uni chiqishda o’zgarmas tok signali ko’rinishiga keltirish uchun
mo’ljallangan.
Bu asbob agressiv va portlash hususiyatiga ega bo’lgan suyuqliklar
muhitida ham ishlashi mumkin. «RUS» sath o’lchagichi gidromelioratsiya
ob’ektlarida texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish,
shuningdek, ochiq kanallarda sath o’lchash datchigi sifatida ham qo’llaniladi.
«RUS» sath o’lchagichi melioratsiya sohasida keng qo’llanilayotgan
datchiklardan hisoblanadi, chunki bu asbob yordamida olingan chiqish
signali o’zgarmas tok signaliga aylantirilib uni uzoq masofaga uzatish
imkonini beradi. Olingan tok signali statsionar o’zgartkich orqali chastotaviy
yoki kodlashtirilgan signalga aylantirilib telemexanik sistema orqali
dispecher punktiga uzatilishi mumkin. Ye-832 o’zgartkichi shunday
elementlardan biri hisoblanib, u o’zgarmas tok signalini chastotaga aylantirib
beradi. Ushbu o’zgartkich bilan laboratoriya ishini bajarayotganda tanishish
mumkin. Sath o’lchagich tarkibiga birlamchi o’zgartkich (BO’) va uzatuvchi
o’lchov o’zgartgichi (O’O’) kiradi.
«RUS» qurilmasining tarkibiy tuzilish sxemasi 2.18 - rasmda ko’rsatilgan.
Birlamchi o’zgartkich (BO’) quyidagi elementlardan tashkil topgan:
51
sig’imli sezgir element I (yuqori karroziyaga qarshi xususiyatga ega bo’lgan
fotoplastik izolyatsiyali PNFD nikelli o’tkazgich), sig’imli generator -
o’zgartkich 3 kalibrli sig’imlar batareyasi 2 va o’zgarmas tok ko’prik
sxemasi (4) dan tashkil topgan elektron blok.
Sezgir elementning o’lchash uchun ajratilgan qismigacha bo’lgan
sig’im quyidagicha aniqlanadi:
S
n
=S
on
+kh/H
(2.16)
bu yerda S
ON
- o’lchov qismining boshlang’ich sig’imi;
K – proporsionallik koeffitsiyenti (sezgir elementning konstruksiyasi va
tekshirilayotgan muhit bilan xarakterlanadi);
h – sathning o’zgarayotgan qiymati;
H – o’lchov diapazon;
Birlamchi o’zgartkich tekshirilayotgan suyuqlik sathini o’zgarishini
elektr sig’imga (S) aylantirib so’ngra yana bu signalni o’zgarmas tokli
kuchlanishga o’zgartirib berish uchun xizmat qiladi.
Uzatuvchi o’lchov o’zgartkichi (O’O’) o’zgarmas tok kuchaytirgichi 5 va
chiqish signalini bir me’yorga keltiruvchi kuchaytirgich 6 dan tashkil topgan.
Bu o’zgartkichning vazifasi:
h-sath o’lchagichning barcha qismlarini stabil o’zgarmas kuchlanish bilan
ta’minlash;
H-qayta bog’lanish signalini hosil qilish;
- bir hil qiymatga ega bo’lgan o’zgarmas tokning chiqish signalini hosil
qilish.
Sxemadagi qayta bog’lanish chiqishdagi tok signalining
o’lchanayotgan suyuqlikning sathiga nisbatan chiziqli bog’lanishini hosil
qiladi. Chiqish signalini bir mе’yorga keltiruvchi 6 kuchaytirgichdan olingan
signal suyuqlik sathining h holatiga to’g’ri proporsional bo’lib, sath
ko’rsatkichi hisoblanadi.
|
| |