56
Datchikning sezgirligi quyidagicha aniqlanadi:
Kd = dFs/dw = 2amwr,
(2.22)
bu yerda m - aylanayotgan yuklarning massasi;
r - yuklarning aylanish
radiusi; w – aylanish burchak tezligi.
Mexanik markazdan qochma datchiklar katta xatoliklarga ega va tezlikni
faqatgina kichik oraliqlarda o’lchashga mo’ljallangan bo’ladi.
Gidravlik datchiklar (2.21,b-rasm) asosan aylanish
chastotasini proporsional
ravishda suyuqlik bosimga yoki sarf o’zgarishiga aylantirib berish uchun hizmat
qiladi. Bunday turdagi datchiklar nasosdan 1, suyuqlik bosimi o’zgarishini
qabul
qiluvchi prujinali porshendan 2 hamda aylanish chastotasini ulab boradigan
shkalalardan tashkil topgan bo’ladi. Bu turdagi datchiklarning amalda qo’llanilishi
ularning murakkab tuzilishi va o’lchovlarni yuqori
darajada emasligi sababli
anchagina chegaralangan.
Хozirgi davrda elektrik datchiklarning qo’llanilishi keskin ravishda ko’payib
bormoqda. Bunday datchiklar odatda o’zgarmas yoki o’zgaruvchan tokli
mikrogeneratorlar (taxogeneratorlar) shaklida bajarilgan bo’ladi.
a) b)
2.21-rasm. Mexanik (a) va gidravlik (b) burchak tezligi datchiklari.
Ularning chiqish kuchlanishi U aylanish chastotasiga proporsional bo’ladi: