60
bug’lanish jarayonida xaroratning kamayishi hisobiga uning qarshiligi nisbatan
yuqori bo’ladi. Хavo namligi qanchalik kam bo’lsa, nam trupka sirtidan suvning
parlanishi tezroq bo’ladi. Bunda Rk va Rn orasidagi farq katta bo’ladi va
o’zgartirgichdagi (U) chiqish signali kuchliroq bo’ladi.
Rk R
k
U
t
R
1
R
2
2.23-rasm. Elektropsixrometrning prinsipial sxemasi.
Maxsulotlar namligini aniqlaydigan elektrik datchiklar konduktometrik
(muxitning elektr o’tkazuvchanligi o’zgarishi), dielkometrik (dielektrik
singdiruvchanligi E o’zgarishi), radioizotopli, elektroabsorbsionli, ultrotovush va
SVCh (o’ta yuqori chastotali) datchiklarga bo’linadi.
Konduktometrik va dielkometrik datchiklar silindrik yoki tekis xavo
kondensatorlaridan yasalgan elektrodlardan yoki igolkali elektrodlardan ham
tashkil topgan bo’ladi. Maxsulot kondensatorlar orasiga joylashtirib, uning namligi
aniqlanadi.