61
2.8. Generator datchiklari
Generator datchiklarida bevosita sezgir elementlar kirish signali (x) chiqish
signaliga (u) o’zgartiriladi. Ushbu o’zgartirish kirish
signali energiyasi hisobiga
bo’ladi va chiqish signali elektr yurituvchi kuch ko’rinishida hosil bo’ladi. Bu
turdagi datchiklar juda sodda tuzilgan bo’ladi va qo’shimcha energiya manbaisiga
ega bo’lishi shart emas.
Generator
datchiklari induksion, fotoelektrik, p’ezoelektrik
va termoelektrik
datchiklari (termoparalar) guruxiga bo’linadi.
2.8.1. Induksion datchiklar
Induksion datchiklarning ish prinsipi elektromagnit
induksiya qonuniga
asoslangan bo’ladi, ya’ni magnit oqimi o’zgartirilayotgan konturda EYUK ҳosil
bo’ladi:
dt
dФ
W
E
2
−
=
(2.30)
Induksion datchiklar 3 hil ko’rinishga ega: 1. Cho’lg’amli 2. Ferromagnit
detali xarakatlanuvchi 3. Тaxogeneratorli
Induksion datchiklar qishloq va suv xo’jaligi sohasida keng qo’llaniladi.
Don o’rish kombayni bunkeri og’irligini induksion
datchiklar orqali uzluksiz
nazorat qilish sxemasi 2.25-rasmda keltirilgan.
Uning ishlash prinsipi quyidagicha: Bunkerni (1) donni to’lishi va uning
og’irligini o’zgarishi natijasida prujina (2) siqiladi. Magnitlanmagan po’lat o’zak
(3) ketma-ket ulangan cho’lg’amlardan (W
1
va W
2
) iborat g’altak (4)
ichida
xarakatlana boshlaydi. Bu ikkita cho’lg’amlar ko’prik sxemaning (5) ikki qo’shni
yelkasini tashkil etadi. Sxemadagi ko’prikning bitta diagonaliga o’lchov asbobi
ulangan, ikkinchisiga esa maxsus ta’minlash blokidan o’zgaruvchan
kuchlanish
uzatiladi.
62
2.24-rasm. Don o’rish kombayni bunkeri og’irligini induksion datchiklar orqali
uzluksiz
nazorat qilish sxemasi