A. X. Vаxidov, D. A. Abdullaеva avtomatikaning tеxnik vositalari toshkеnt- 2011




Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/73
Sana17.11.2023
Hajmi2,39 Mb.
#100404
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73
Bog'liq
avtomatikani texnik vositlar

 
3.4. Elektromagnitli relelar 
 
Yuqorida aytilgan relelarning orasida qiishloq xo’jaligi avtomatikasida eng 
keng qo’llaniladigani elektromagnit relelaridir. Eng oddiy elektromagnit relesining 
sxemasi 3.3 -rasmda ko’rsatilgan. 


76
3.3-rasm. Elektromagnitli relening sxemasi
Cho’lg’amdagi 3 kuchlanish ta’sirida hosil bo’lgan magnit maydon 
xarakatlanuvchi yakorni 1 qo’zg’almas o’zakka 2 tortadi. Yakorning xarakati 
natijasida kontaktlar 5 ulanadi. Kuchlanish ajratilsa prujina 4 ta’sirida kontaktlar 
eski holatiga qaytadi. Qoldiq magnit oqimi ta’sirida yakor tez ajratish maqsadida 
uzoqqa nomagnitik materialdan bajarilgan shtift qotiriladi. Cho’lg’amdagi tokning 
ko’rinishi bo’yicha elektromagnit relelar o’zgarmas hamda o’zgaruvchan tok 
sanoat va yuqori chastotali relelarga ajratiladi. Relelarning to’g’ri va puxta ishi 
ularning tortish va mexanik tavsifnomalari o’zaro moslanganlikka bog’liq. Тortma 
tavsifnoma - bu cho’lg’amning elektromagnit kuchlanganligi va yakor bilan o’zak 
o’rtasidagi havo oralig’i oralaridagi bog’liqlik. Mexanik tavsifnoma esa 
prujinaning kuchlanganligi bilan yakorning so’rilish oralaridagi ochiqlilik relening 
ishga tushish sharti – uning tortish tavsifnomasi (9.4, b-rasm) mexanik 
tavsifnomasi ustida bo’lishi kerak. Qo’yib yuborish sharti esa aksincha. tortish 
tavsifnomalari minimumdan maksimumgacha o’zgarilayotganda har hil amper - 
o’ramlar soni uchun gepper bolalar oilasidir. Relening qo’yib yuborishi e.k.yu. 
nuqtasida amalga oshadi. Тok oshishi bilan yakor 4 nuqtasida siljiydi lekin uzoqqa 
faqat 3 nuqtasida e.i.t. nuqtasida yopishadi. 
 


77
4-bob. Mantiqiy elementlar 
4.1. Mantiq algebrasining asosiy tushunchalari 
Хalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida mehnat unumdorligi bilan mos 
ravishda avtomatlashtirish darajasining o’sishi elektr qurilmalari sxemalarining 
murakkablashuviga olib keladi. Bu sxemalardagi asosiy qurilma rele hisoblanadi. 
U qoidaga binoan, elektr signallarining ko’payishi, kuchayishi va bloklash uchun 
xizmat qiladi. Relelar ishining ishonchligi esa yuqori emas. Relening 
qo’zg’aluvchan elementlari deyiladi, tebranishdan vintli birikmalarning mexanik 
mustaxkamligi buziladi, kontaktlar kuyadi va xokazo. Shuningdek tashqi omillar,
ya’ni xaroratning ko’tarilishi, chang, agressiv muhit ta’siri metall narsalarning 
oksidlanishiga, elektr ulanishning buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari rele juda 
hajmdor qurilma. U ishlayotganda shovqin va tebranishlar tarqatadi. Ular katta 
og’irlikka va inersionlikka ega.
Zamonaviy elektronikada rele qurilmalari o’rniga ularning vazifasini to’la 
bajara oladigan kontaktsiz elementlar qo’llaniladi. Releli va kontaktsiz sxemalarda 
signalning o’tishi maxsus matematik apparat yordamida yoziladi. Bu to’g’rida 
quyida tushuncha beriladi. Mantiq algebrasi fikrlar orasidagi turli mantiqiy 
bog’lanishlarni o’rganadi va faqat ikkita qiymat xaqiqiy “I” va sohta “O” bilan ish 
ko’radi. Mantiq algebrasida uchta asosiy mantiqiy funksiya bor. 
1. Mantiqiy ko’paytiruv, ya’ni kon’yunksiya “VA”. 
2. Mantiqiy qo’shuv, ya’ni diz’yunksiya “YoKI”. 
3. Mantiqiy inkor “YO’Q”.
Logika algebrasi - bu 0 va 1 qiymatlarini qabul qilib, o’zgaruvchan 
kattaliklar o’rtasidagi bog’liqliqni o’rganadigan analiz va sintez matematik 
apparatidir. Bu ikkita qiymatga har hil o’zaro qarama-qarshi hodisalar, shart va 
holatlar qo’yiladi. Masalan, kontaktning ulanishi-1, kontaktning ajralishi-0: signal 
mavjudligi-1, signalning yo’qligi-0: yopiq zanjir-1, ochiq zanjir-0. Bu 
yerda 


78
shuni nazarda tutish kerakki, 0 va 1 raqamlari miqdoriy nisbatni anglatmaydi va 
son ham emas, balki ular simvol hisoblanadi. 

Download 2,39 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73




Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. X. Vаxidov, D. A. Abdullaеva avtomatikaning tеxnik vositalari toshkеnt- 2011

Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish