|
1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari
|
bet | 1/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni
1-Modul. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning umumiy asoslari
1 - mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari
Reja:
1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta’rifi.
2. Avtomatlashtirishning maqsadi. Avtomatlashgan boshqarish sistemalarining (ABS) ta’rifi.
Avtomatlashtirish_tushunchasi_va_uning_ta’rifi.___Avtomatika'>3. Avtomatik nazorat, rostlash va boshqarish tushunchalari.
1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta’rifi.
Avtomatika – bu fan va texnikaning avtomatik boshqarish nazariyasi va amaliyoti avtomatik sistemalarni qurish prinsiplari va texnik jihatlarini o’z ichiga oladi.
Avtomatlashtirish - ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo‘lib, bunda texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatika elementlari yordamida bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi.
Avtomatik boshqarish qurilmasi deb, boshqarish obyektiga boshqarish ta’sirini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan texnik vosita va qurilmalar majmuasiga deyiladi. Qandaydir texnologik jarayonni bajaradigan qurilmaga, boshqariladigan obyekt (BO) deb ataladi. Bu jarayonni to‘g’ri bajarishlik, ishlash algoritmi deb ataladigan, ko‘rsatmalarni to‘plami bilan aniqlanadi. BO ishlash algoritmini bajarishi uchun ABQ ga tashqaridan maxsus tashkil etilgan ta’sirlar bo‘lishi kerak. Bu ta’sirlarning xususiyati, boshqaruv algoritmi deb ataladigan ko‘rsatmalarning to‘plami bilan belgilanadi.
Avtomatik boshqarish qurilmasi sezgir element (o‘lchash qurilmasi), o‘zgartirgich, kuchaytirgich va ijro etuvchi qurilmalardan iborat.
Avtomatik boshqarish tizimi (yoki avtomatik tizim), o‘zaro hamkor ishlaydigan boshqariladigan obyektdan va avtomatik boshqarish qurilmasidan (ABQ) tashkil etiladi.
|
| |