|
Uchinchi bosqich (to‘liq avtomatlashtirish bosqichi)
|
bet | 6/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matniUchinchi bosqich (to‘liq avtomatlashtirish bosqichi) – agregat va sexlarni to’liq avtomatlashtirish bilan xarakterlanadi. Bu davrning xarakterli xususiyati shundaki, boshqarish yagona nazorat punktiga markazlashtiriladi. Shu bilan birga, kichik ikkilamchi asboblarni ishlatish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Doimiy nazoratni talab qilinadigan o‘lchash va rostlash asboblari (yirik o‘lchamli) shchitdan tashqariga o‘rnatiladi.
Har bir texnologik jarayon texnologik jarayon parametrlari deb ataluvchi o‘zgaruvchan fizikaviy va kimyoviy kattaliklar (bosim, sarf, sath, harorat, namlik, konsentratsiya va hokazo) bilan xarakterlanadi. Texnologik jihozlar jarayonning turli oqib o‘tishini ta’minlashi uchun muayyan jarayonni xarakterlovchi parametrlarni berilgan qiymatda saqlashi lozim.
Rostlash obyektini tavsiflovchi o‘zgaruvchilarning asosiy guruhlari.
Qiymatini stabillash – yoki bir tekisda o‘zgarishini ta’minlash zarur bo‘lgan parametrga rostlanuvchi kattalik deb ataladi.
Rostlanuvchi kattalikning qiymatini barqarorlash yoki ma’lum qonun bo‘yicha o‘zgarishini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan asbob avtomatik rostlagich deyiladi.
Rostlanuvchi kattalikning ayni paytda o‘lchangan qiymati, rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati deyiladi.
Rostlanuvchi kattalikning texnologik reglament bo‘yicha ayni vaqtda doimiy saqlanishi shart bo‘lgan qiymati rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati deyiladi.
Texnologik reglament rostlanuvchi kattalikning hozirgi va berilgan qiymatlarini vaqtning har bir onida teng bo‘lishini talab qiladi. Ammo ichki yoki tashqi sharoitlarning o‘zgarishi sababli rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati berilgan qiymatidan chetga chiqishi mumkin. Shu paytda hosil bo‘lgan qiymatlar farqini xatolik yoki nomoslik deyiladi.
Xatolik yoki nomoslik nolga teng bo‘lgan texnologik jarayon turg‘unlashgan rejim deyiladi. Turg‘unlashgan rejimda moddiy va energetik balanslar qat’iy saqlanadi.
Har qanday texnologik jarayon uchun mahsulotning eng yaxshi sifati va eng kam sarf-xarajatlarda talab etilgan samaradorlikni ta’minlovchi optimal sharoitlar mavjud. Ushbu sharoitlarning birligi normal texnologik sharoit deb ataladi.
Texnologik jarayon avtomatik tarzda rostlanayotgan sanoat uskunasi rostlash ob’ekti deyiladi. Har qanday texnologik jarayon rostlash ob’ekti sifatida quyidagi o‘zgaruvchilarning asosiy guruhi orqali xarakteristikalanadi (2.1-rasm).
1) Jarayon holatini xarakteristikalovchi o‘zgaruvchilar (ularning birligini Y(t) vektori orqali belgilaymiz). Bu o‘zgaruvchilarni rostlash jarayonida bir holatda ushlab turish yoki berilgan qonun bo‘yicha o‘zgartirish lozim. O‘zgaruvchilarni stabillashtirish aniqligi texnologiya va rostlash sistemasining imkoniyatlari taqozo etadigan talablarga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin. Odatda Y(t) vektoriga kiruvchi o‘zgaruvchilar bevosita o‘lchanadi, lekin ba’zi holatlarda ularni boshqa bevosita o‘lchanuvchi o‘zgaruvchilar bo‘yicha obyekt modelini qo‘llab hisoblash mumkin. Y(t) vektori odatda rostlanuvchi kattaliklar vektori (yoki ishchi parametr) deb ataladi. Ko‘p hollarda ishchi parametrlari tezlik (chiziqli va aylanuvchan), harorat, bosim, chiziqli va burchak siljish kabi fizik kattaliklarni ko‘rsatadi.
2) O‘zgarishi orqali rostlash sistemasi obyektni boshqarish maqsadida unga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchilar hisoblanadi. Ushbu o‘zgaruvchilar birligi U(t) vektori orqali belgilanadi va rostlovchi ta’sirlar vektori deb yuritiladi. Odatda, rostlovchi ta’sirlar sifatida moddiy oqim sarflari yoki energiya oqimi o‘zgarishi xizmat qiladi.
3) Amalda ko‘pincha xom-ashyoning sarfi va tarkibi, apparatlardagi harorat, bosim va hokazolarning o‘zgarishi kuzatiladi. Texnologik jarayonning maqsadga muvofiq ravishda oqib o‘tishiga teskari ta’sir ko‘rsatuvchi hamda sistemalardagi moddiy va energetik balansni buzuvchi o‘zgaruvchilar g‘alayonlar deb ataladi. G‘alayonli ta’sirlar o‘z o‘rnida o‘lchanadigan va o‘lchanmaydigan g‘alayonlarga bo‘linadi. G‘alayonlar ta’sirida xatolik paydo bo‘ladigan texnologik jarayon rejimi turg‘unlashmagan rejim deyiladi.
|
| |