• 2.1-rasm. ARS ning struktura sxemasi. ABS larning klassifikasiyasi.
  • -rasm. Rostlash obyektiga ta’sir qiluvchi o‘zgaruvchilar




    Download 5,68 Mb.
    bet7/71
    Sana05.06.2024
    Hajmi5,68 Mb.
    #260470
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
    Bog'liq
    0 2023 TJA Ma\'ruzalar matni

    2.1-rasm. Rostlash obyektiga ta’sir qiluvchi o‘zgaruvchilar


    Shunday qilib, sanoatning eng muhim talablaridan biri – texnologik jarayonning turg‘unlashgan rejimini saqlashdan iborat. Moddiy va energetik balansga rioya qiladigan mashina yoki apparat rostlanuvchi obyekt deyiladi.
    Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishning vazifasi rostlagich yordamida rostlanuvchi obyektdagi kerak bo‘lgan texnologik sharoitni avtomatik ravishda saqlash, agar bu sharoit buzilsa, uni qayta tiklashdan iboratdir. Avtomatik rostlash vaqtida (rostlanuvchi obyektga rostlagichning ta’siri tufayli) rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati berilgan qiymatiga teng yoki shunga yaqin bo‘ladi.
    Avtomatik sistemalar bir-birlari bilan ma’lum ketma-ketlikda bog‘langan bo‘lib, har biri tegishli vazifani bajaruvchi alohida elementlardan iborat. Mustaqil funksiyani bajaruvchi avtomatik sistema tarkibining biror qismi avtomatika elementi deyiladi.
    Avtomatika elementlarini ularning funksional vazifasiga ko‘ra tasniflash maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, shu avtomatik sistemani turli dinamik xususiyatlarga ega bo‘lgan va bir – birlari bilan bog‘langan sodda zvenolar shaklida tasvirlash ham mumkin. Bu holda avtomatik sistemaning sxemasi zvenolarning bog‘lanishini aks ettiradi va sistemaning tuzilish sxemasi deyiladi.
    Rostlanuvchan obyekt va avtomatik rostlagich birligi ARS ni tashkil qilib, rostlash konturi nomli tutash zanjirni hosil qiladi. Bu zanjir ARS ning tuzilish sxemasiga emas, balki funksional sxemasiga tegishli bo‘ladi.



    2.1-rasm. ARS ning struktura sxemasi.



    1. ABS larning klassifikasiyasi.

    Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini sanoatga tatbiq etish ishlab chiqarish unumdorligini, texnologik uskunalar quvvati o‘zgarmagan holda mahsulot qiymatining ko‘payishini ko‘rsatadi: xom ashyo, yarim fabrikatlar va energiya keragicha sarflangan holda tayyorlangan mahsulotning sifati yaxshilangan. Shunisi diqqatga sazovorki, bu tizimlarni yaratishga ketgan mablag‘lar, odatda bir, bir yarim yilda o‘zini qoplagan; mahsulotlarning sifati, iqtisodiy ko‘rsatiichlar yaxshilanibgina qolmay, balki mehnatning xarakteri va sharoitiga ham ijobiy ta’sir etgan.


    TJ ABT larni quyidagi belgilari bo‘yicha sinflarga bo‘lish mumkin:
    1) Avtomatlashtirilayotgan ishlab chiqarishning xarakteri bo‘yicha;
    2) Boshqarish obyektlarining murakkabligi bo‘yicha;
    3) Funksional algoritmik belgisi bo‘yicha (tizim hisoblaydigan boshqarish masalalari ko‘lami va axborot hajmi);
    4) Tizimning texnik darajasi bo‘yicha.
    Boshqarish obyektlarining murakkablik darajasi sifatida nazorat qilinayotgan parametrlar va boshqaruv ta’sirlarining qiymati ifodalanadi. Bunday sinflarga ajratish (2.1-jadval) TJABT ning nomenklatura asosini oldindan taxminan belgilab beradi va tadqiqot rejasiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
    2.1-jadval

    Download 5,68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




    Download 5,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Rostlash obyektiga ta’sir qiluvchi o‘zgaruvchilar

    Download 5,68 Mb.