|
1 mavzu. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy tushuncha va qoidalari
|
bet | 15/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matniYopiq (berk) boshqarish prinsipi.
Berk tizim bo‘yicha boshqarish prinsipi (teskari bog‘lanish prinsipi yoki chetlashish bo‘yicha boshqarish) obyekt har qanday g‘alayonli ta’sir ostida bo‘lgan xolda ham boshqarish masalasini yechish imkonini beradi. Bu holda topshiriq beruvchining signali X taqqoslash elementining bir kirishiga beriladi. Bu elementning boshqa kirishiga teskari bog‘lanish zanjiri orqali boshqarish obyekti ishchi parametirining haqiqiy qiymati birlamchi asbob yordamida o‘lchanib uzatiladi. Taqqoslash elementining chiqishida farq signalini olamiz va bu signal vazifa va haqiqiy qiymatlar orasidagi farqdan iboratdir.
=X-Y
Rostlagich farq signalining qiymati va ishorasiga ko‘ra boshqarish signalini ishlab chiqadi. Shunday qilib, yopiq boshqarish prinsipi faqat vazifani emas, balki obyektning haqiqiy holatini va unga ta’sir etayotgan g‘alayonlarni ham hisobga olish imkonini beradi. Bunday prinsip asosida ishlaydigan sistemalar avtomatik boshqarish sistemalari (ARS) nomi bilan yuritiladi.
Rostlanayotgan parametrning og‘ishi bo‘yicha rostlash prinsipi rostlash va boshqarish nazariyasida Polzunov-Uatt kompensatsiyalash prinsipi nomi bilan ishlatiladi.
Rostlanayotgan parametrning og‘ishi bo‘yicha rostlashda boshqarish ta’siri boshqarilayotgan kattalikni berilgan qiymatidan og‘ishi hisobiga hosil bo‘ladi. Tizimning chiqishidagi signalni kirishga uzatish uchun tizimga qo‘shimcha zanjir (aloqa liniyasi) kiritiladi. Kiritilgan qo‘shimcha zanjirga teskari aloqa zanjiri deyiladi. Teskari aloqa zanjiri berk konturni hosil qiladi. Boshqarish ta’siri berk zanjir orqali uzatiladi, shuning uchun bunday tizimlarda boshqarish berk kontur orqali amalga oshiriladi.
Og‘ish bo‘yicha rostlash prinsipli tizimlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri rostlanayotgan kattalik nazorat qilinadi va rostlash nazorat qilinayotgan kattalikning qiymati bo‘yicha emas, rostlanayotgan kattalikning berilgan qiymatdan og‘ishi, ya’ni yuzaga kelgan xatolik bo‘yicha amalga oshiriladi.
I.I. Polzunovning bug‘ mashinalari qozonxonasida suyuqlik sathi balandligini avtomatik rostlash rostlagichi misolida og‘ish prinsipi bo’yicha rostlashni ko‘ramiz (3.6-rasm).
Bu yerda g‘alayonli ta’sirni, ya’ni idishdagi suyuqlik sarfi (Q2) ni nazorat qilmasa ham bo‘ladi, uning o‘rniga suyuqlik balandligi h ni talab qilinayotgan qiymat ho‘rn. bilan solishtirib turiladi. Buning uchun idishdagi suyuqlik sathi h o‘lchash elementi (O‘E) – po’kak yordamida o‘lchanadi. Idishdagi suyuqlik sathi balandligining o‘rnatilgan qiymatdan og‘ishi (hosil bo‘lgan rostlash xatoligi kattaligi) ga nisbatan O‘E ijro mexanizm – ventilga ta’sir qiladi.
Tizimning boshqarish ta’siri qiymati U suyuqlik sathini talab qilinayotgan qiymatdan farqiga bog‘liq:
∆X = ho‘rn - ho‘l.→min.
|
| |