|
Stasionar va nostasionar ARSlar, determenik va stoxastik ARSlar, statik va astatik sistemalar
|
bet | 23/71 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 5,68 Mb. | | #260470 |
Bog'liq 0 2023 TJA Ma\'ruzalar matniStasionar va nostasionar ARSlar, determenik va stoxastik ARSlar, statik va astatik sistemalar.
ARS larning yana muhim xususiyatlaridan biri sistema parametrlarining vaqt mobaynida qanday o‘zgarishidir.
Agar ishlash jarayonida sistema parametrlari o‘zgarmasa sistema statsionar sistema, aks holda esa nostatsionar sistema deyiladi.
Sistemalarning yuqorida keltirilgan xususiyatlari kechayotgan jarayon matematik xarakteristikaining ko‘rinishini belgilab beradi. Shu bilan birga deyarli barcha sistemalar inersionlik xossasiga ega ekanligini ham nazarda tutish kerak. Shuning uchun sistemalarda o‘tish jarayonini va barqarorlashgan rejimini kuzatish mumkin. Bunday hollarda matematik xarakteristikaning eng maqbul usuli differensial tenglamalar (uzluksiz sistemalar uchun) va farq tenglamalaridir (diskret sistemalar uchun). Differensial tenglamaning ko‘rinishi ARS ega bo‘lgan asosiy xususiyatlariga bog‘liq. Eng oddiy hollarda bu doimiy koeffitsientli chiziqli differensial tenglamalar hisoblanadi.
Tashqi ta’sirlar (vazifa va g‘alayonli) xarakteriga ko‘ra determenik va stoxastik sistemalar sistemalar mavjud. Determenik ARSlarda tashqi ta’sirlar doimiy vaqt funksiyasi ko‘rinishida bo‘ladi. Stoxastik sistemalarda esa tashqi ta’sirlar tasodifiy funksiya ko‘rinishida bo‘ladi. Odatda asosan determenik sistemalar o‘rganiladi.
Barqarorlashgan rejimda xatolik (chetlashish) xususiyatiga ko‘ra statik va astotik sistemalar mavjud.
Agar vaqt mobaynida biron bir doimiy barqaror qiymatga intiladigan g‘alayonli ta’sir natijasida rostlanayotgan kattalikning chetlashishi ham ta’sir kattaligiga bog‘liq holda doimiy qiymatga intilsa, bunday rostlash sistemasi g‘alayonli ta’sirga nisbatan statik sistema deyiladi.
Agar vaqt mobaynida biron bir doimiy barqaror qiymatga intiladigan g‘alayonli ta’sir natijasida rostlanayotgan kattalikning chetlashishi ta’sir kattaligiga bog‘liq bo‘lmagan holda nolga intilsa, bunday rostlash sistemasi g‘alayonli ta’sirga nisbatan astatik sistema deyiladi.
Yчиқ
|
| |